Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институти


Sport takomillashuvi guruhi, 3-yil – 19-20 yosh


Download 2.8 Mb.
bet99/126
Sana15.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1773974
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   126
Bog'liq
Voleybol nazariyasi va uslubiyati (darslik)

Sport takomillashuvi guruhi, 3-yil – 19-20 yosh

T/r

Mashg‘ulotlar mazmuni

Yil davomida

Tayyorgarlik davri

M-qa davri

O‘tish davri

Tayyorgarlik davri

M-qa davri

O‘tish davri

jami

I

II

III

jami

I

II

III

1.

Nazariy tayyorgarlik

64

14

1

9

4

23

-

12

2

2

8

15

-

2.

Umumiy jismoniy tayyorgarlik

149

46

12

22

12

40

10

25

6

9

10

12

16

3.

Maxsus jismoniy tayyorgarlik

193

55

11

24

20

62

14

25

4

9

12

12

25

4.

Texnik tayyorgarlik

347

90

24

46

20

102

18

57

14

21

22

40

40

5.

Taktik tayyorgarlik

338

80

15

37

28

110

18

51

10

17

24

40

39

6.

Integral (o‘yin) tayyorgarlik

387

90

12

42

36

142

-

87

18

28

41

68

-

7.

Uslubchi va hakamlik amaliyoti

46

-

-

-

-

25

-

13

6

4

3

8

-

8.

Nazorat test mashqlari sinovi

36

15

15

-

-

6

-

-

-

-

-

15

-

JAMI:

1560

390

90

180

120

510

60

270

60

90

120

210

120

9.

Mashg‘ulot kunlari soni

221

59

15

28

16

72

12

39

10

13

16

22

24

10.

Mashg‘ulotlar soni

446

114

30

60

24

170

12

74

20

30

24

42

24

11.

Musobaqa kunlari soni

70

10

-

2

8

30

-

10

-

2

-

20

-





30-jadval


Yosh voleybolchilar o‘quv guruhlari va ularda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar hajmi



O‘quv yili

Yoshi

Soni

Yillik umumiy yuklama hajmi

Haftalik

Yillik

Shug‘ullanuvchi soni

Yillik mashg‘ulotlar soni

Yillik mashg‘ulotlar kuni

Musobaqalar kuni

Boshlang‘ich tayyorgarlik guruhi

1-chi

9

6

288/24

20

144

144

12

312

2-chi

10

6

288/24

18

144

144

12

312

3-chi

11

8

376/40

16

188

188

15

416

O‘quv-mashg‘ulot guruhi

1-chi

12

10

472/48

12

196

184

24

520

2-chi

13

12

556/68

12

240

226

34

624

3-chi

14

16

788/88

12

260

216

44

832

4-chi

15

18

886/150

12

308

216

50

936

5-chi

16

20

986/162

12

320

216

54

1040

Sport takomillashuvi guruhi

1-chi

17

22

1084/180

12

360

220

60

1144

2-chi

18

24

1183/195

12

400

220

65

1248

3-chi

19

28

1386/210

12

460

220

70

1456

«Turli yosh guruhlariga mansub voleybolchilar tayyorlash xususiyatlari» mavzusi bo‘yicha nazorat savollari

1. Turli yosh guruhlariga mansub voleybolchilar tayyorlashda qanday omillarga asoslaniladi?


2. Qanday yosh guruhlari mavjud, ularning tayyorgarlik dasturiga tavsif bering.
3. Turli yosh guruhlarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar farqi nimalardan iborat?
4. Bir yosh guruhida ikkinchi yosh guruhiga ko‘chirishda qanday omillarga asoslaniladi?
5. Turli yosh guruhlariga xos tayyorgarlik turlari bir-biriga mutanosib bo‘lishi shartli, ushbu mutanosiblik mohiyati nimadan iborat?

216


17. TEXNIK TAYYORGARLIK


Sport mahoratini ko‘p yillik takomillashuvi jarayonida texnik
tayyorgarlikning o‘rni, ahamiyati va tafsiloti

Sportchilarni musobaqalarda ishtirok etish faoliyati ularni ma’lum sport turiga xos bo‘lgan harakat malakalarini maromiga yetkazib bajarishlarini taqozo etadi. Harakat malakasini mahorat bilan ijro etish, musobaqalarda g‘alaba qozonish – bu ko‘p yillik sport trenirovkasi evaziga namoyon bo‘lishi mumkin. Harakat malakalarini ijro etish texnikasi qanchalik takomillashgan bo‘lsa, musobaqada g‘alabaga erishish imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi.


G‘alabaga erishish – bu musobaqani asosiy maqsadidir. Lekin g‘alabaga erishish sportchilarni muayyan va yakuniy maqsadlarga qaratilgan harakatlariga bog‘liq. Demak, texnik tayyorgarlik ko‘p yillik sport takomillashuvi jarayonining asosiy negizidir.
Sport texnikasi – bu ixtisoslashtirilgan bir vaqtni o‘zida, ketma-ket va ma’lum maqsadli tartibda bajariladigan harakatlar majmuasidir. Sport texnikasi – harakatni aniq, yengil, vaziyatga muvofiq, kam kuch sarf etib, yuqori samarada ijro etishga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Texnik tayyorgarlik – bu ko‘p yillik faoliyat bo‘lib, ma’lum harakatlar majmuasini texnik jihatdan ma’lum maqsadli tartibda, vaziyatga muvofiq barqaror, mukammal va samarali bajarilishini ta’minlovchi pedagogik jarayondir. Mazkur jarayon sport tayyorgarligini asosiy va ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi.
Texnik tayyorgarlikning so‘nggi maqsadi harakat yoki harakatlar majmuasini texnik tomondan har qanday vaziyatlarda va qarshi ta’sirlar sharoitida barqaror va samarali ijro etilishidan iboratdir.
Texnik tayyorgarlikning pedagogik natijasi va uni sportchilar faoliyatida namoyon bo‘lishi sportchilarning mahorati deb ataladi. Bu sifat ma’lum rejaga asosan bosqichma-bosqich nazorat mashqlari (testlar) va yozma kuzatuv uslublari yordamida mashg‘ulotlar hamda musobaqalar jarayonida baholanib turiladi.


Texnik tayyorgarlikning vazifasi, bosqichlari,
uslublari va vositalari
Texnik tayyorgarlikning asosiy vazifasi – o‘yin texnikasining biomexanik qonuniyatlarini o‘zlashtirish va harakat yoki harakatlar majmuasini texnik tomondan maqsadga muvofiq barqaror va mukammal takomillashtirishdir.
Yangi harakat texnikasini o‘rganish, o‘zlashtirish mavjud harakat tajribasiga asoslanadi.
Harakat yoki harakatlar majmuasining texnikasini o‘zlashtirish shug‘ullanuvchida kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik, egiluvchanlik kabi jismoniy sifatlarni yetarli darajada rivojlantirishni taqozo etadi. Bu sifatlarni rivojlantiruvchi mashqlarni bajarilishi tartibi va yo‘nalishi o‘rgatiladigan (o‘zlashtiriladigan) o‘yin malakasining texnikasiga mos bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Harakatlar texnikasiga o‘rgatish jarayonida quyidagi uslubiy tavsiyalarga rioya qilish lozim:
- Birinchidan, ma’lum harakat texnikasini (agar noto‘g‘ri o‘rgatilgan bo‘lsa) qaytadan o‘rgatish holiga chek qo‘yish maqsadida o‘rgatish jarayonini boshlanishidayoq to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat texnikasini eng samarali nusxasiga o‘rgatish zarur;
- Ikkinchidan, o‘rgatish jarayonida nazariy mashg‘ulotlarga alohida e’tibor berilishi zarur, toki o‘rganuvchi o‘rgatilayotgan harakat texnikasining ijro etish tartibini fikran to‘liq anglasin, xotirada yaxshi eslab qolsin va tafakkurida to‘g‘ri bajara olsin;
- Uchinchidan, o‘rgatish jarayonida o‘rganuvchi o‘rgatilayotgan harakat texnikasini har xil vaziyatda, har xil tezlikda, aniq va maqsadga muvofiq bajarilish imkonini ta’minlovchi yetarli rivojlangan jismoniy sifatlar poydevorini yaratishi shart. Chunki o‘rganuvchi jismonan zaif bo‘lsa o‘rgatilayotgan harakat texnikasi xatolar bilan ijro etiladi, samara bo‘lmaydi, o‘rgatish yo‘nalishini maqsadga muvofiq tomonga burish imkoni chegaralanadi, hatto yo‘qoladi.
Texnik tayyorgarlikni amaliyotga joriy etish o‘rgatish va takomillashtirish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:
1-bosqich. Harakat texnikasi, uni ijro etish tartibi haqida ilk bor tushuncha hosil qilish va o‘rgatiluvchini ruhiy jihatdan mazkur harakat texnikasini o‘zlashtirishga tayyorlash.
2-bosqich. Harakat texnikasiga o‘rgatish jarayonida boshlang‘ich ko‘nikma malakalarini hosil qilish, tarbiyalash, o‘zlashtirishni sekin-asta murakkablashtirish.
3-bosqich. Harakat texnikasini to‘liq va mukammal bajarish. Ortiqcha harakatlardan xalos bo‘lish.
4-bosqich. Harakat texnikasini barqaror, to‘liq va tez bajarish.
5-bosqich. Harakat texnikasini turli o‘zgaruvchan vaziyatlarda maqsadga muvofiq bajarish.
6-bosqich. «Chuqurlashtirilgan» – murakkablashtirilgan o‘rgatish va takomillashtirish jarayoni.
7-bosqich. O‘rgatilgan malakalar texnikasining mukammalligini ta’minlash, saqlash va ularning ijro usullarini kengaytirish, boyitish va takomillashtirish.

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling