Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институти


Download 2.8 Mb.
bet95/126
Sana15.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1773974
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   126
Bog'liq
Voleybol nazariyasi va uslubiyati (darslik)

I-bosqich. Targ‘ibot-tashviqot ishlarini uyushtirib, o‘quvchi bolalarni qiziqtirish, jalb qilish (suhbat, ma’ruzalar o‘tkazish, voleybol musobaqalari haqida filmlar namoyish qilish).
Ko‘rgazmali musobaqalar uyushtirish, taniqli sportchilar ishtirokida suhbatlar o‘tkazish.
II-bosqich. Baholovchi mashqlar, harakatli va halq o‘yinlari yordamida dastlabki tanlov – qabul o‘tkazish (qaddi-qomat ko‘rsatkichlari, jismoniy sifatlarning rivojlanganligini apparatlar yordamida aniqlash va hokazo). Jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha belgilangan me’yoriy ko‘rsatkichlar 16-jadvalda aks ettirilgan.
III-bosqich. Boshlang‘ich tayyorgarlik I yillik o‘rgatish davrida bolalarni maxsus sifatlari, texnik-taktik malakalari, qobiliyatlari va imkoniyatlarini baholash. Ularni nasliy xislatlarini o‘rganish. Texnik va taktik tayyorgarlik bo‘yicha tanlov o‘tkazish.
Voleybol bilan shug‘ullanishga munosibligi. BO‘SMga qabul qilish mutaxassis-murabbiy uchun o‘ta mas’uliyatli tadbirdir. Bu tadbirni amalda hamma ko‘rsatkichlarni bir-biriga taqqoslay bilish, voleybol o‘yinining mohiyatiga yaqin ko‘rsatkichga ega bo‘lgan bolalarni farqlay olish, sport turiga zarur qobiliyatlarni ajrata bilish katta ahamiyatga egadir. Shu bilan bir qatorda tanlov natijalariga ko‘ra qabul qilish haqida uzil-kesil xulosaga kelish o‘rinsiz, mavjud ko‘rsatkichlarni e’tiborga olgan holda saralovni davom ettirish darkor.
Uzluksiz tanlov (saralov) va o‘yin funksiyalarini (ixtisoslarini) belgilash. Yuqori malakali voleybolchilarni tayyorlashda mazkur bosqich tadbirlari hal qiluvchi ahamiyatga loyiq. Albatta uzluksiz tanlov-saralov hamda bolalarni muayyan o‘yin ixtisosliklariga munosibliklarini aniqlash ko‘p yillik sport tayyorgarligini barcha bosqichlarida amalga oshirib boriladi. Bu masala, ayniqsa, o‘quv trenirovka va takomillashtiruv guruhlarida alohida ahamiyat kasb etadi.
Voleybol bilan shug‘ullanishga tanlov asosida qabul qilish jarayonini kuchaytirish maqsadida mavjud tanlov vositalariga qo‘shimcha qilib tanlangan sport turi xususiyatini «e’tiborga» olgan yoki maxsus ixtisoslashtirilgan halq harakatli o‘yinlaridan foydalanish tanlovni yanada «toza», maqsadli amalga oshirish imkonini yaratib boradi. Tanlov maxsus testlar asosida o‘tkaziladi (17-jadval).
Sport o‘yinlari turlari (voleybol, basketbol, gandbol, futbol va h.k.) bo‘yicha turli yillarda nashrdan chiqarilgan BO‘SM dasturlariga muvofiq dastlabki tayyorgarlik guruhlariga qabul qilishda bolalarning yoshi, shug‘ullanuvchilar soni, guruhlar soni turlicha berilgan. Masalan, 1982-yilda Yu.D.Jeleznyak, K.A.Shvets, N.V.Dolinskaya-lar muallifligida chop etilgan BO‘SM dasturida 10, 11, 12 yoshli bolalar uchun dastlabki tayyorgarlik guruhlariga qabul qilish bo‘yicha me’yoriy test mezonlari berilgan. Guruhdagi shug‘ullanuvchilar soni 15 kishi, haftalik mashg‘ulotlar hajmi 8 soat, yillik mashg‘ulotlar hajmi 416 soat miqdorida berilgan (18,19-jadvallar).
17-jadval



Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling