Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институти


mavzusi bo‘yicha nazorat savollari


Download 2.8 Mb.
bet73/126
Sana15.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1773974
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   126
Bog'liq
Voleybol nazariyasi va uslubiyati (darslik)

mavzusi bo‘yicha nazorat savollari



  1. Strategiya va taktika tushunchalari haqida qanday tasavvurga egasiz?

  2. Voleybol misolida strategiya va taktikaning mohiyatini tushuntirib bering.

  3. Sport razvedkasi va strategik reja tushunchalarini batafsil izohlab bering.

  4. Strategik reja va taktik reja nima bilan farq qiladi?

  5. Taktik fikrlash samaradorligi qanday psixologik sifatlar bilan bog‘liq?

  6. Jamoa yetakchi o‘yinchisini (liderni) o‘yin taktikasini amalga oshirishda qanday o‘rni mavjud?



12. MUSOBAQA O‘TKAZISHNING ILMIY-TASHKILIY ASOSLARI

Sport musobaqalarini tashkil qilish va o‘tkazish shu musobaqalarga rahbarlik qiluvchi (sport federatsiyasi, tashkiliy qo‘mita va h.k.), mezbon tashkilotchi, hakamlar uyushmasi hamda nazoratchi (ekspert) hakamlarga katta mas’uliyat yuklaydi. Ular musobaqa o‘tkazish joylarini (sport saroylari, kommunikatsion, tibbiy va yordamchi xonalar) rasmiy musobaqa qoidalari, musobaqa Nizomi va boshqa me’yoriy standartlar talablariga muvofiq tayyorlash ekspertiza va sinovdan o‘tkazish choralarini ko‘rish tadbirlarini amalga oshiradi. Tomoshabinlar, ishtirokchi sportchilar, murabbiylar, tibbiy va xavfsizlik xizmati xodimlari, akkreditatsiyadan o‘tgan barcha ommaviy axborot vositalari vakillariga barcha qulayliklar yaratilishi mezbon tashkilotchilar tomonidan ta’minlanadi.




12.1. Musobaqa o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish

Musobaqalar muvofiq mutasaddi tashkilot (yoki tashkilotlar) tomonidan tasdiqlangan yillik musobaqa taqvim rejasiga asosan o‘tkaziladi. Odatda musobaqa o‘tkazish joyi (mamlakat, viloyat, shahar va h.k.) va vaqti shu taqvim rejasida qayd etiladi.


Musobaqaning nomi, maqsad va vazifalari, o‘tkazish joylari va muddatlari, musobaqada ishtirok etish huquqiga ega jamoalar (klublar, terma jamoalar), musobaqada ishtirok etish shartlari, bosh hakam, musobaqaga rahbarlik qiluvchi tashkilot, musobaqa shart-sharoitlarini ta’minlovchi mezbon tashkilot, musobaqa o‘tkazish va o‘rinlarni aniqlash tizimi, rag‘batlantirish kabi masalalar musobaqa Nizomida batafsil ifodalanadi.
Musobaqa o‘tkazishdan avval nazoratchi (ekspert) hakam (yoki hakamlar) musobaqa o‘tkazish joyini qabul qilingan ilmiy-texnologik vositalar (o‘lchov asboblari) yordamida ko‘zdan kechiradi. Jumladan, musobaqa o‘tkaziladigan sport inshootida havo namligi, harorat, atmosfera bosimi, tabiiy va sun’iy yorug‘lik, maydon chiziqlari, to‘r va ustunlar, o‘rindiqlar, bo‘shlik zonalar va boshqa ko‘rsatkichlar belgilangan me’yoriy standartlar asosida ekspertizadan o‘tkaziladi.
Sportchilarga mo‘ljallangan yechinish-kiyinish, yuvinish, gigiyenik, kommunikatsion, tibbiyot va hakamlar xonalari nazoratdan o‘tkaziladi.
Amalga oshirilgan ekspert-nazorat tadbirlari natijalariga ko‘ra xulosa tayyorlanadi va bu haqida musobaqa o‘tkazuvchi mas’ul tashkilot rahbariga ma’lumot beriladi.



Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling