Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Download 1.89 Mb.
bet3/24
Sana11.05.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1454404
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
А.Жўраев Автореферат 14.03.2023

I.S.Saifnazarov
ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy
kengash raisi, falsafa fanlari
doktori, professor
G.M.Ruzmatova
ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy
kengash ilmiy kotibi, falsafa
fanlari doktori, professor
J.S.Ramatov
ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy
kengash qoshidagi ilmiy seminar
raisi, falsafa fanlari doktori,
professor
KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda madaniyatlarning tranformatsiyalashuvi, globallashuv tendensiyalarining kuchayib borishi insoniyatning tinchlik, barqarorlik, xayrixohlikni anglash imkoniyatlarini kengaytirib, hayotiy ehtiyojlardan oqilona foydalanish, hayot ne’matlariga ongli munosabatda bo‘lish uchun ijtimoiy makon yaratmoqda. Bu insoniyatning ma’naviy tahdid va xavfdan holi yashashga bo‘lgan intilishini mustahkamlaydigan axloqiy tamoyillarga bo‘lgan ehtiyojini yanada kuchaytirmoqda. Endilikda odamlarda qo‘rquv, vahima, ishonchsizlik, umidsizlik kabi tahdidlar hozirgi kunning dolzarb muammosi bo‘lib qolmoqda.
Dunyoda globalashuv sharoitida shaxslar va davlatlararo munosabatlarni tashkil qilish omili sifatida ma’naviy xavfsizlikka erishish, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga nisbatan ehtiyoj sezilmoqda. Inson va jamiyat hayotiga xavf solayotgan tahdidlarning mazmuni hamda shakli tobora yangi tus olayotgan hozirgi sharoitda odamlarda ogohlik, himoyalanish va kurashuvchanlik tuyg‘ularini mustahkamlovchi bilim, ta’lim, tajribani izlash, saralash va tanlash muhim hayotiy ehtiyojga aylandi. Insoniyat hayotida muhim ahamiyat kasb etadigan axloqiy tamoyil – tinchlikparvarlikni rivojlantirish nafaqat siyosiy maqsad, balki axloqiy talab ekanligini e’tirof etmoqda va ilmiy jihatdan tadqiq qilinmoqda.
Mamlakatimizda tinchlikparvarlik faol xatti-harakat, hamkorlik, tashkilotchilikni talab qiladi. Davlatlarning barqarorligi, fuqarolarning xotirjamligi va jamiyatning farovonligini buzishga qaratilgan tahdidlarning sabablarini o‘rganish, oqibatlarini tahlil qilish ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotning muhim omiliga aylanib bormoqda. Ayniqsa, mamlakatimizda “Yurt tinchligi”, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyalarini amalga oshirishda tinchlikparvarlikning axloqiy qadriyat sifatidagi mohiyatini keng ochib berish pirovardida odamlarda tinchlikparvarlikni oqilona anglash, his qilish va hurmat qilish orqali milliy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlash imkonini beradi. Shu boisdan, “Dunyoda kechayotgan murakkab jarayonlar yaqin-uzoq mintaqalarda kuzatilayotgan ziddiyat va to‘qnashuvlar sharoitida biz yurtimizda tinchlik hamda xavfsizlikni ta’minlash borasidagi ishlarimizni yanada jadallashtirishimiz lozim”1 ekanligi tadqiqotning dolzarbligini asoslaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”, 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning tapaqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonlari, 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3160-son “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”, 2019-yil 3-maydagi PQ-4307-son “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”, 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”, 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1059-son “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling