1-rasm. Hurmatli respondent, aytingchi, tinchlikparvarlikni jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati qanday darajada?
Hurmatli respondent, aytingchi, tinchlikparvarlikni jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati qanday darajada? deb berilgan savolga respondentlarning 42 %i tinchlik ta’minlanmagan jamiyatda taraqqiiyot bo‘lmaydi, deb javob qaytargan bo‘lishsa, 26 %i tinchlik ta’minlanmagan jamiyatda taraqqiyot sekin kechadi deya javob qaytarishgan. Shuningdek, 24 % respondent tinchlikparvarlik ta’sirida jamiyat taraqqiy etadi deb javob qaytarishgan bo‘lsa, 4 % respondent tinchlikparvarlikni jamiyatga ta’siri sezilarli emas, 4 % respondent esa mazkur savolga javob berishim qiyin degan javob variantini tanlashgan.
2-rasm. Hurmatli respondent, aytingchi, mamlakatimizda millatlararo totuvlikni ta’minlashda qanday omil asosiy o‘ringa ega?
So‘rovda ishtirok etgan respondentlarning 44 %i davlatning oqilona siyosati ekanligini qayd etib o‘tishgan bo‘lsa, 19 % respondent tarixiy tajribani ko‘rsatib o‘tishgan. 16 % respondent millatlararo bag‘rikenlik muhiti sifatida ko‘rsatgan bo‘lishsa, 18 % respondentlar uchun esa teng imkoniyatga egalik sifatida ko‘rishlarini qayd etib o‘tishgan bo‘lsa, 3 % respondentlar javob berishim qiyin degan javoblarni bildirishgan.
3-rasm. Hurmatli respondent, aytingchi, mamlakatimizda millatlararo totuvlikni ta’minlashda qanday omil asosiy o‘ringa ega?
So‘rovda ishtirok etgan respondentlarning milliy yuksalish jarayonida milliy, etnik birdamlikka erishishning zaruriyatini aniqlashga qaratilgan “Hurmatli respondent, aytingchi, mamlakatimizda millatlararo totuvlikni ta’minlashda qanday omil asosiy o‘ringa ega?” degan savol bilan murojaat etdik. Natijalarda tinchlikparvarlikning axloqiy jihatdan anglanishida yoshlarning o‘rni 55 % bo‘lib ahamiyati yuqori, 9 % yoshlar vorisiylikni ta’minlab beradi, 26 %i yoshlarning o‘rni ta’sirida tinchlik mustahkamlanadi, 9 % katta ahamiyatga ega emas, 1 % javob berishim qiyin degan javob bilan o‘z fikrlarini bildirishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |