Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
jamiyat a’zolarida urushning har qanday ko‘rinishini inkor etish, tinchlikda yashashga bo‘lgan ijobiy munosabatni rivojlantirish, dushmanlik va tajovuzkorlikka qarshi kurashning zamonaviy usul hamda vositalari samaradorligini oshirishda tinchlikparvarlikning axloqiy mazmunini takomillashtirishning ahamiyati asoslangan;
jamiyatning barsa a’zolarining dunyoqarashi va ma’naviy qiyofasini shakllantirishda ularning tafakkur tarzini yuksaltirish, ijtimoiy mas’uliyat ko‘nikmasini kuchaytirish asosida tinchlikparvarlikning axloqiy mexanizmi ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi tadqiqotni amalga oshirishdagi ilmiy usullar, nazariy ma’lumotlarning rasmiy manbalar asosida ishonchli dalillarga tayanilgani, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy konferensiyalar materiallari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi ro‘yxatida bo‘lgan maxsus jurnallar hamda xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar, taklif va xulosa, ishlab chiqilgan tavsiyalarning joriy etilishi, olingan natijalarning tegishli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanishi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati O‘zbekistonda tinchlikni mustahkamlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga oid tizimli faoliyatda, tinchlikpavrarlikning ijtimoiy-ma’naviy asoslarini o‘rganishga doir ilmiy tadqiqot ishlarida, fuqarolik jamiyati institutlarining tinchlikparvarlik nazariyasi va amaliyotidan kelib chiqqan holda strategik prognozlash hamda hal etish yo‘llari bo‘yicha loyihalarni tayyorlashda foydalanish mumkin.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari, aholi turli qatlamlarining tinchlik haqidagi dunyoqarashini boyitish, mafkuraviy immuniteti va vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, tahdidlarning yangi ko‘rinishlari, vositaliri, omillarini o‘rganish va tahlil qilishga doir o‘quvlar, seminar-treninglar, ma’ruzalarda, “Xalqaro tinchlik kuni” doirasida o‘tkaziladigan turli festival, tanlov va madaniy-ma’rifiy tadbirlarning dasturlarini tayyorlashda foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |