Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Download 1.89 Mb.
|
А.Жўраев Автореферат 14.03.2023
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda tinchlikparvarlik va uning milliy taraqqiyotdagi ahamiyatini ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berish davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
“tinchlikparvarlik” tushunchasining tamoyil sifatidagi axloqiy mohiyati anglashda tarixiylik va zamonaviylik prinsiplarini hisobga olish, tinchlikni ehtiyoj va ijtimoiy zaruriyat sifatida his qilish hamda daxldorlik hissini jamiyat a’zolarida shakllantirishning integrativ va kommunikativ mezonlariga oid amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi hamkorligida tinchlikparvarlik axloqiy faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari va istiqbollari doirasida bir qator teleradio eshittirishlar “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Hamroh” dasturlari senariylarida foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 15 fevraldagi 04-25-224-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari yoshlar dunyoqarashida tinchparvarlik axloqiy tamoyilining bugungi kunda O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim aspekti ekanligini argumentlash, yangicha yondashuvlar asosida siyosiy savodxonlik va ijtimoiy mas’uliyatini oshirishga xizmat qilgan. globallashuv sharoitida tinchlikparvarlikni ta’minlashning metodologik va konseptual gipotezalari shakllantirishning insonparvarlik, adolatparvarlik, erkparvarlikka bog‘liqligi, tinchlikni ta’minlashga nisbatan davlatlararo hamkorlik dinamikasining indikator va indikslarga bog’liqligiga oid olingan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Jimoniy tarbiya va sport vazirligi ta’lim tizimida, xususan, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tayyorlanadigan 5610500 Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha), 5210200 Psixologiya (sport), 5111000 Kasb ta’limi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan “Sport sotsiologiyasi” fanidan Jismoniy tarbiya va sportning tinchlikni ta’minlashdagi ahamiyati, mavzusida “O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” fanidan jamiyat barqarorligini ta’minlashning ijtimoiy asoslari, Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, mavzularini, “Jismoniy tarbiya va sportning sotsiologik konsepsiyasi”, “Jismoniy tarbiya va sportning tinchlikni ta’minlashdagi ahamiyati” mavzularni o‘qitishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2021 yil 15 fevraldagi 13-07-08-520-son ma’lumotnomasi). Natijalar, yoshlarning dunyoqarashidagi tinchlikparvarlikka nisbatan yangi yondashuvlar shakllanishiga xizmat qilgan; tinchlikparvarlikni dunyoning ilmiy manzarasida aks ettirishda pragnozlashtirishning tarixiy analogiya, ekstropolyatsiya, modellashtirish kabi metodlaridan foydalanishga didaktik, axloqiy, ijtimoiy-ma’naviy mezonlarga asoslanishning falsafiy jihatlariga oid g‘oyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 3 martdagi 1-son 1-ilova “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida” ma’naviy-ma’rifiy immunitetini mustahkamlashga doir chora tadbirlar dasturining 3 bob “Dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritish oid tadbirlar doirasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ‘ibot materiallari, ma’ruzalar, bukletlar, flaerlar o‘quv-uslubiy materiallarda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 16 martdagi 02/07-253-son ma’lumotnomasi). Natijada, tinchlik va tinchlikparvarlik ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga hamda ahalida vatanparvarlik, sadoqat va ogohlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishilgan; yoshlarga tinchlikparvarlik g‘oyasining mazmun-mohiyatini zamonaviy axloqiy tarbiya targ‘ibot texnologiyalari asosida singdirishning hamda ularning axloqiy faoliyatni jadallashtirishga yo‘naltirilgan amaliyotga erishishning samarali omillar, motivatsiyasini oshirishga qaratilgan ta’lim va tarbiya dialektikasiga erishishning nazariy asoslariga oid g‘oyalardan O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligining “Yoshlar-kelajagimiz” davlat dasturini Toshkent viloyati hududlarida bajarilishida, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi kuzatuv kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ega bo‘lgan tinchlikparvarlik va uning milliy taraqqiyotdagi ahamiyatining ilmiy xulosalaridan foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 26 dekabr 4-13-23-4480-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar dunyoqarashida tinchlikparvarlikning ta’limiy va tarbiyaviy asoslari takomillashtirish, yoshlar o‘rtasida o‘z Vataniga, mahallasiga bo‘lgan muhabbatining yanada ortib borishi, yurt tinchligi va xalq farovonligini yuksalishiga xizmat qildi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling