Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


-rasm. Sizningcha, tinchlikparvarlikning axloqiy asoslari shakllanishida qaysi ijtimoiy tuzilma muhim rol o‘ynaydi?


Download 1.89 Mb.
bet10/24
Sana11.05.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1454404
TuriReferat
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
А.Жўраев Автореферат 14.03.2023

4-rasm. Sizningcha, tinchlikparvarlikning axloqiy asoslari shakllanishida qaysi ijtimoiy tuzilma muhim rol o‘ynaydi?
So‘rovda ishtirok etgan respondentlarning 30 %i uchun oila ekanligini qayd etib o‘tishgan bo‘lsa, 29 % respondent maktab ekanligini ta’kidlashgan. 17 % respondent oliy o‘quv yurtlari, 22 % respondentlar uchun mahalla, 2 %i javob berishim qiyin degan javoblarni qayd etishgan.
Respondentlar tomonidan berilgan javoblar bo‘yicha quyidagi umumiy xulosalarni chiqarish mumkin:
birinchidan, jamoatchilikning katta qismi tinchlik, tinchlikparvarlikning mohiyati va zaruriyat ekanligini, xususan, tinchlikparvarlikning jamiyat hayotida ahamiyati yuqoriligi haqida tasavvurga ega;
ikkinchidan, so‘rovnoma ishtirokchilarining aksariyatida bugungi globallashuv sharoitida davlatlar tomonidan ichki va tashqi siyosatni tinchlik ruhida olib borish bilan birga har bir fuqaro tinchlikni qadrlashi kerakligi hamda tinchlikparvarlikni anglashda axloqning o‘rni, tinchlikni ta’minlash ijtimoiy nazorat va jamiyat bilan bog‘liqligini e’tirof etish mumkin;
uchinchidan, respondentlar tinchlikparvarlik axloqiy jihatdan insonparvarlik, adolat, xalqparvarlik, qadr-qimmat, ma’rifat kabi g‘oyalarini bugungi kunda ham ijtimoiy zaruriyatga aylanayotganligini ta’kidlashgan. Umuman olganda, mamlakatimizda tinchlikparvarlikka qaratilgan siyosat olib borilayotganligi va istiqbolli g‘oyalar ilgari surilayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz.
XULOSA
Tinchlikparvarlik tamoyili va uning milliy taraqqiyotdagi ahamiyati mavzusidagi tadqiqotimiz natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Tinchlikparvarlikni fazilatga aylantirish qat’iyatni talab etadigan ijtimoiy-axloqiy hodisa sifatida, jamiyat hayotining barcha sohalaridagi rivojlanish uchun ijtimoiy zaruriyat sifatida har bir fuqaroning burchiga aylanishi, vorisiylikka asoslangan holda yangi o‘zgarishlar, modernizatsiya natijasi ekanligi namoyon bo‘lmoqda.
2. Tinchlikparvarlik davlat axloqiy mohiyatining asosiy omili hisoblanadi va u xalqning tinch-totuv yashash, murosa-madora va o‘zaro ittifoqlikka asoslangan turmush tarzida namoyon bo‘ladi. Tinchlikparvarlik har qanday murosasizlik, nizo va urushni inkor etish vositasida inson kamoli hamda insoniyat rivojini ta’minlashga xizmat qiladi.
3. Bu makonni turli tahdidlar, xavf-xatarlardan asrash, himoya qilish uchun tinchlikparvarlikning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy mavqeyini yanada mustahkamlash yuksak ma’naviyatli yosh avlodni tarbiyalash imkonini beradi.
4. Milliy g‘oyaning asosiy tamoyili bo‘lgan “yurt tinchligi” – ozodlik, erkinlik, mustaqillik kabi yuksak ma’naviy voqelikning ijtimoiy-siyosiy mazmunini takomillashtiradi. O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki kunlaridanoq yurt tinchligini eng asosiy boylik sifatida asrab kelmoqda.
5. Turli ko‘rinishdagi g‘oyaviy tahdidlar xavfi kuchayib borayotgan hozirgi davrda “yurt tinchligi” g‘oyasining axloqiy mohiyatini tushuntirish, o‘rgatish, targ‘ib qilish va amalga oshirish orqali insonlararo mehr-oqibat, bag‘rikenglik, kelajakka ishonch kabi amaliy axloqqa oid qarashlarni rivojlantirish axloqiy talabga aylanishi zarur. Shu bois dunyoda yalpi tinchlik va barqarorlikka erishish uchun axloqqa munosabatni hamda axloqiy dunyoqarashni keskin o‘zgartirish maqsadga muvofiq.
6. Tinchlikparvarlikni umumxalq, umummilliy va umumbashariy harakatga aylantirish lozim. Bu harakatning axloqqa tayanuvchi konseptual asoslarini yaratish hamda ijtimoiy va siyosiy mazmunini boyitish, chunonchi, “Tinchlikparvarlik – O‘zbekiston axloqiy taraqqiyotining mezoni” shiori ostida tinchlikparvarlik axloqini rivojlantirishning yangi va zamonaviy ta’lim-tarbiya mexanizmlarini yaratib umumiy axloqiy tafakkurni yuksaltirishga erishish mumkin.
7. Yoshlarni tinchlikparvarlik ruhida tarbiyalashning axloqiy asoslarini, madaniyatning turli shakllarini, qadriyatlarni madaniy semantik idrok etishiga va bevosita jamiyatda imkoniyat yaratilishiga bog‘liq bo‘lmoqda.
НАУЧНЫЙ СОВЕТ DSc.30.12.2019.F.01.05. ПО ПРИСУЖДЕНИЮ УЧЕНЫХ СТЕПЕНЕЙ ПРИ НАЦИОНАЛЬНОМ УНИВЕРСИТЕТЕ УЗБЕКИСТАНА

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling