Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi
Download 1.89 Mb.
|
А.Жўраев Автореферат 14.03.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoning o‘rganilganlik darajasi.
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari” ustuvor yo‘nalishi doirasida bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Tinchlikparvarlikning falsafiy-axloqiy mohiyatini anglash barcha davrlar uchun muhim tadqiqot mavzusi bo‘lib kelgan. Tinchlikparvarlik dastlab e’tiqod va dunyoqarashning maqsadi sifatida shakllanib, keyinchalik ilg‘or axloqiy qadriyat sifatida rivojlandi. Buni mintaqamizda shakllangan va rivojlangan diniy qarashlar misolida kuzatish mumkin. Jumladan, Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da juda ko‘p hayotiy muammolar xususida bahs-mulohazalar mavjud. Zardusht yerni, olamni go‘zal qilish, tinchlikni sharaflab, tengsizlik, zulm va tanazzulni zaiflashtirgan kishi feruzlik tarafdoridir: “Jahon komil emas, balki komillik tomon intilishdadir” deb uqtiradi. Inson olamni komillikka yetkazmoq uchun tinchlikni pokziynatlik bilan sevishi, tinchlik yo‘lida fidoyilik bilan mehnat qilmog‘ini ta’kidlaydi. “Avesto”da tinchlikparvarlik tamoyilining nazariy va amaliy jihatlari hamda har bir mazdoparastning hayotda, ishda va amalda ularni bajarishi zarurligi belgilab berilgan: “Jahon obodligi uchun kurashish lozim. Uni durustlik bilan nigohbonlik qilish zarur. Olamni ro‘shnolik sari eltmoq barcha bandalar uchun farzdir”. Xususan, tinchlik va bunyodkorlikni yaratish odamzod andishasidagi “Kirdori nek (yaxshi sifatlar)” sifatida, notinchlik va vayronkorlikni keltirish “Kirdori bad (yomon sifatlar)” bilan izohlanib axloq me’yorlariga rioya qilishning yo‘l-yo‘riqlari bayon etilgan2. Qur’oni Karim, Hadisi Sharif kabi muqaddas kitoblarda tinchlikparvarlik Islom dinining tub mohiyatini tashkil etishi, kishilarni tinchlikni asrash va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida imon, insof, adolat, hamjihatlik va birdamlik bilan harakat qilishga, fitna va o‘zaro adovatga barham berishga chaqirishi hamda tinchlikni asrab-avaylash har bir mo‘min musulmonning zimmasidagi burch bo‘lishi zarurligi uqtirilgan3. Islom ko‘zlagan tinchlikning falsafiy-axloqiy mohiyatida butun dunyo tinchligiga erishish nazarda tutiladi. Chunonchi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Kimki tongda uyqudan uyg‘onganda oilasi tinch, tani sog‘ va uyida bir kunlik yeguligi bo‘lsa, bilsinki, unda dunyodagi barcha ne’matlar mujassam ekan”, deb ta’kidlaganlar. Sharq falsafiy tafakkur taraqqiyoti mahsuli bo‘lgan ilg‘or qarashlar asosida sharq uyg‘onishi davrida shakllangan pandnomalarda tinchlikparvarlik o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Ularda tinchlikparvarlikning axloqiy asoslari, yangi avlodni axloqiy tarbiya vositasida tinchlikparvarlikni ulug‘lashga qaratilgani va unga tizimli yondashilganligini kuzatish mumkin. Jumladan, Yusuf Xos Hojib, Nosiriddin Tusiy, Ibn Miskavayh, Jaloliddin Davvoniy, Amir Temur, Husayn Voiz Koshifiy, G‘iyosiddin Xondamir kabi musulmon Sharqining buyuk axloqshunoslarining asarlarida tinchlik va tinchlikparvarlikning ijtimoiy-ma’naviy ahamiyati hamda axloqiy zaruratiga doir qimmatli fikrlar bayon etilgan. Ular tinchlikni sevish, asrash va kurashishni shon-shavkat hamda oliy maqom fazilatlar sifatida e’tirof etganlar. Chunonchi, mamlakat va fuqarolarning tinchligini asrash hamda himoya qilishda podshohlar odobi va fazilati xususida “Axloqi Muhsiniy”ning “19-bob. Shafqat va marhamat bayonida” podshohlar “Saltanatining yuziga “ash-shafqat ala xalqilloh”, ya’ni “Alloh xalqiga shafqat qilish” holining zebosi bilan oroyish berishlari lozim” deyiladi4. XV-XIX asr G‘arb axloqshunoslari N.Kuzanskiy, J.Piko della Mirandola, N.Makiavelli, E.Rotterdam, M.Monten, F.Sanches, F.Bekon, R.Dekart, D.Yum, I.Kant, G.V.F.Gegel, B.Rassel, A.Shopengauer, G.Grotsiy, F.Nitsshe singari faylasuflar inson va jamiyat tinchligida ma’naviy-axloqiy asoslar ta’minlanishini hamda mafkuraviy va huquqiy omillar ta’sirchanligini ko‘rsatib o‘tganlar5. Xususan, G.Grotsiy “Urush va tinchlik huquqi to'g'risida” gi kitobida “Adolatli urush mumkin va hatto zarur bo‘lsa-da, urush paytida tinchlik va hatto zararga intilish kerak. Aniq shartnoma-bu ishlarning vijdonli holati o‘lchovidir va unga muqaddas rioya qilish kerak; haddan tashqari vayronagarchiliklardan va qotillikdan, hatto beixtiyor, bolalar, ayollar, qariyalar va umuman tinch aholidan saqlanish kerak” degan fikrlari bugungi kunda ham dolzarb hisoblanadi. Fridrix Nitsshening “Tinchlikni yangi urushlarning vositasi kabi seving. Buning ustiga qisqa tinchlik – uzoq tinchlikdan ko‘ra ortiqroqdir”6 deyishi tinchlik insoniyatning g‘alabasi ekanligi, kurashuvchanlik, urush va mardlik o‘z yaqinlariga ko‘rsatilgan mehr-muruvvatdan ko‘ra ulug‘vorroq bo‘lishi mumkinligiga ishoradir. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi axloqshunos olimlari A.V.Aleynikov, O.V.Korotkix, A.B.Yeryomenko, X.T.Kayumova, A.S.Moiseyev, O.V.Juravkov, A.B.Davidson7 global axborotlashuv jarayoni rivojlangan davlatlarda axborot xavfsizligini ta’minlashning taqozo etishini asoslaganlar. Ularning fikricha, hozirgi davrda insoniyat hayotida fan-texnika va axborot-kommunikatsion texnologiyalarning taraqqiyoti ta’sirida tub o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ayni paytda, axborot xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq axborot urushi, axborot terrorizmi, axborot quroli va boshqa global xavflar ham kuchaymoqda. O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki kunlaridan jamiyat osoyishtaligini ta’minlash, oqilona tinchlikparvarlik siyosatini yuritish masalalariga jiddiy e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning asarlarida tinchlik tushunchasining falsafiy-axloqiy mohiyati tahdidlarning xalqaro va mintaqaviy darajasi misolida ilmiy asoslab berilgan8. Yangilanayotgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tinchlikparvarlikni mustahkamlash maqsadida olib borayotgan tashqi va ichki siyosati yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi kabi g‘oyalarning xalq ongiga chuqurroq singishiga hamda yoshlar dunyoqarashiga bo‘layotgan tahdidlarning oqibatlarini oldini olishga yo‘nalgan tizimli faoliyatdir 9. Davlat va jamiyat taraqqiyotida tinchlikparvarlik tamoyilining ijtimoiy-falsafiy asoslari hamda metodologik jihatlari Q.N.Nazarov, A.Achildiyev, A.Abdushukurov, A.Sharipov, N.Ochilova, M.Yuldasheva, R.Norliyev kabi faylasuflarning dissertatsiyalarida10, N.Jo‘rayev, A.Erkayev, Sh.Mamadaliyev, V.Alimasov, B.R.Karimov, I.S.Saifnazarov, Abdulla Sher, J.М.Xolmo‘minov, Z.Davronov, B.T.To‘ychiyev, A.O‘.O‘tamurodov, S.Otamurodovlarning monografiya va maqolalarida tahlil etilgan11. Jumladan, tinchlikparvarlikning zarurati, ahamiyati va falsafiy mohiyatini Q.Nazarov qadriyatlar tizimidagi barqarorlik dialektikasi asosida, A.Sharipov ijtimoiy hamkorlikni ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yordamida, M.Yuldasheva oila, mahalla va ta’lim-tarbiya tizimining g‘oyaviy tarbiya jarayonidagi o‘rni orqali ochib bergan. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling