Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim yoki ilmiy tadqiqot muassasasining ilmiy tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi


Download 1.89 Mb.
bet5/24
Sana11.05.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1454404
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
А.Жўраев Автореферат 14.03.2023

Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim yoki ilmiy tadqiqot muassasasining ilmiy tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Mazkur tadqiqot O‘zbekiston Milliy universiteti Etika va estetika kafedrasining “Amaliy etikaning hozirgi zamon taraqqiyotidagi o‘rni” nomli ilmiy loyihalari asosida amalga oshirilgan.
Tadqiqotning maqsadi tinchlikparvarlik tamoyili va uning milliy taraqqiyotdagi ahamiyatini falsafiy-axloqiy jihatlarini ochib berishdan iborat Tadqiqotning vazifalari:
islohotlar samaradorligini oshirishda tinchlikparvarlik g‘oyasidan ratsional foydalanishga qaratilgan omillarning ahamiyati va falsafiy-axloqiy mohiyatini tadqiq etish;
tinchlikparvarlikni ta’minlashning insonparvarlik, adolatparvarlik, erkparvarlikka bog‘liqligi jamiyat hayotidagi o‘zgarishlar dinamikasi bag‘rikenglikka asoslanishning zaruriyatini ochib berish;
yoshlarga tinchlikparvarlik g‘oyasining mazmun-mohiyatini zamonaviy axloqiy tarbiya targ‘ibot texnologiyalari asosida singdirishning ilmiy-metodik komponentlarini ishlab chiqish;
O‘zbekistonda tinchlikparvarlikni barqaror taraqqiyotning kafolatlangan tamoyili sifatida turli tahdidlardan himoyalash va qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ta’lim, madaniyat sohasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy-axloqiy faoliyat integratsiyasiga erishishning mohiyatini ochib berishdan iborat.
Tadqiqotning obyekti sifatida tinchlikparvarlik tamoyilining axloqiy taraqqiyotga ta’sirini o‘rganish, tahlil qilish va natijadorligini ta’minlash amaliyoti olingan.
Tadqiqotning predmetini O‘zbekistonda tinchlikparvarlik siyosatiga xos umuminsoniy qadriyatlarning milliy talqini va uning jamiyat hayotidagi ta’sirchan yo‘nalishlari tashkil etgan.
Tadqiqotning usullari. Dissertatsiyada umumiy o‘zaro aloqadorlik, tizimlilik, tarixiylik tamoyillari, dialektika, tizimli tahlil, qiyosiy tahlil va umumlashtirish kabi usullardan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“tinchlikparvarlik” tushunchasining tamoyil sifatidagi axloqiy mohiyati anglashda antikvarizm va prezentizm asoslariga tayanish, tinchlikni ehtiyoj va ijtimoiy zaruriyat sifatida his qilish hamda daxldorlik hissini jamiyat a’zolarida shakllantirishning umumnisoniy qadriyatlarga bog’liqligi ochib berilgan;
globallashuv sharoitida tinchlikparvarlikni ta’minlashning metodologik va konseptual gipotezalari insoniyat tafakkur taraqqiyoti bosqichlarida insonparvarlik, adolatparvarlik, erkparvarlikka bog‘liqligi, tinchlikni ta’minlashga nisbatan davlatlararo hamkorlik dinamikasining indikator va indekslarga bog’liqligi ochib berilgan;
tinchlikparvarlikni dunyoning ilmiy manzarasida aks ettirishda prognozlashtirishning urush xavfini bartaraf etishda demobilizatsiya va reintegratsiyaga erishishning madaniy-axloqiy va an’anaviy-akseologik jihatlari ochib berilgan;
yoshlarga tinchlikparvarlik g‘oyasining mazmun-mohiyatini zamonaviy davlatni boshqarishda adolatli qonunlarga tayanish mexanizmlari, gumanizmni axloqiy mazmunda tushuntirishga erishishning fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorlikdagi tinchlik – ogohlik – daxldorlikning g‘oyaviy yaxlitligi, ma'naviy integratsiyasi va axloq uyg‘unlikni ta'minlashning tendensiyalari ochib berilgan.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling