Zbekiston respu blikasi xalq


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/119
Sana01.11.2021
Hajmi0.87 Mb.
#170132
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   119
Bog'liq
giologiya

 

MA'RUZA № 28 

 

SUV RESURSLARIDAN OKILONA FOYDALANISH 

VA ULARNI MUXOFAZA KILISH 

 

Yer  osti  suvlari  sifatining  va  unda  erigan  tuzlar  mikdorining  uzgarishi  ulardan  xalk  xujaligida 

foydalanishni kiyinlashtiradi. 



Yer  yuzasida  maishiy  va  sanoat  okava  suvlari  xamda  chikindilarning  tuplanishi,  suv 

xavzalarining ifloslanishi, ugit va zaxarli ximiyaviy dorilardan kup foydalanish yer osti suvlarining 

ifloslanishiga asosiy sabab buladi. 

Suv  chikarish  inshootlarini  ishlatish  davrida  chuchuk  suvli  xavzaga  shur  xamda  ifloslangan 

daryo  va  dengiz  suvlarining  surilib  kelishi  natijasida  xam  yer  osti  suvlari  ifloslanishi  mumkin. 

Shuningdek  yer  osti  suvlariga  ifloslangan  sanoat  okava  suvlarining  saklaydigan  va  tindiradigan 

joylardan aeratsiya zonasi buylab sizib kelib kushilishidan, kuduk devorlari bilan trubalar orasidagi 

tirkishlardan, suvni katlamlarga shimdirish uchun kazilgan kuduklardan va karst voronkalari orkali 

kushilishidan xam ifloslanishi buladi. 

Yer  osti  suvlarining  ifloslanishi,  asosan,  rayonning  geologik  va  gidrogeologik  sharoitlariga, 

ya'ni  suvli  katlamlarni  ajratib  turadigan  suv  utkazmaydigan  katlamlarning  bulish-bulmasligiga, 

ularning  suv  shimish  xususiyatlariga,  yer  osti  suvlarining  joylashish  chukurligiga  boglik.  Ayniksa 

yuzaki  suvlar  yukoridan  suv  utkazmaydigan  katlam  bilan  chegaralanmagani  uchun  ifloslanadi. 

Artezian  suvlari  tuplanadigan  katlamlar  yukori  va  pastki  tomonlaridan  uzidan  suv  utkazmaydigan 

katlamlar bilan chegaralangani uchun deyarli ifloslanmaydi. 

Suv chikarish va kanalizatsiya inshootlarini ishlatishda, kupincha, yer osti suvlari ximiyaviy va 

bakteriologik  ifloslanishga  duchor  buladi.  ayrim  xollarda  radioaktiv,  mexanik  va  issiklikdan 

ifloslanish xam uchraydi. 



Ximiyaviy ifloslanish yer osti suvlariga organik (karbol, naften kislotalari, zaxarli ximikatlar va 

b.),  neorganik  (tuzlar,  kislotalar,  ishkorlar),  zaxarli  (margimush,  rux,  simob,  kurgoshin  tuzlari)  va 

zaxarli  moddalar  kushilishidan  yuzaga  keladi.  Zaxarli  ximiyaviy  moddalar  yerning  chukur 

kismlarigachasizib borishi va yer osti suv okimining kiyaligi tik bulgan joylarda katta maydonlarga 

tarkalishi mumkin. 

Bakterial  ifloslanish  yer  osti  suvlarida  kasalik  tarkatuvchi  bakterialar  paydo  bulganda  yuzaga 

keladi.  Bunday  kurinishdagi  ifloslanish  ma'lum  bir  muddatgacha  bulib,  uning  davomiyligi 

ifloslanish  manbaining  mikdoriga,  gruntning  suv  shimishiga  va  bakterialarning  yashash  mikdoriga 

boglik. 


Yer  osti  suvlari  radioaktiv  moddalarga  boy  jinslardan  filtratsiyalanganda  radioaktiv 

ifloslanishga uchraydi.  



Mexanik ifloslanish yer yuzasidagi suvlar tarkibidagi mexanik aralashmalarning (kum, shlak va 

b.) yoriklar, bushliklar buylab yer osti suvlariga kushilishidan xosil buladi.  

Yer  osti  suvlariga  yukori  xaroratli  yuzaki  yoki  sanoat  okava  suvlarining  kushilishidan 

issiklikdan ifloslanish yuzaga keladi. 

Sugoriladigan  ekin  maydonlaridan  uzok  vakt  suvning  shimilishi  natijasida  grunt  suvlarining 

minerallanishi,  oksidlanishi  kuchayadi,  azot  kislotasining  tuzlari  va  ammiak  mikdori  oshadi. 

Ayniksa,  yer osti suvlari okimining xarakati sekin bulgan joyda xamda relfning past  joylarida suv 

tuplanadi.  Bunday  maydonlarda  grunt  suvlarining  vertikal  kesimi  buyicha  bakterial-ximiyaviy 

ifloslangan  zona  paydo  buladi.  Sanoat  okava  suvlarini  tindiradigan  joylardan,  sugorish 

maydonlaridan buladigan shimilish xisobiga grunt suvlari kup ifloslanadi. 

Yer  osti  suvlari  ifloslanishini  oldini  olish  uchun  kuriladigan  chora  tadbirlarga  okar  suvlarni 

tozalash,  chikindisiz  sanoat  texnologiyasini  tashkil  etish,  suv  xavzalarining  tubini  suv 

utkazmaydigan ekranlar bilan koplash, shimilayotgan iflos suvlarni zovurlar yordamida tutib kolish 

kiradi.  Zaxarli  okar  suvlarni  kuduklar  yordamida  juda  chukurdagi  suvli  katlamlarga,  tosh  tuzi 

massivlariga xaydash lozim buladi. Lekin vakti kelib, bu suvlar yukorida yotgan suvli katlamlarga 

kuduk devori bilan truba orasidagi bushlik orkali sizilib chikishi mumkin. 

Suv chikarish inshootlari yer osti suvlarining ifloslanishi mumkin bulgan joyidan okim buyicha 

yukorirokka  kurilishi  lozim.  Bunday  inshootlar  iflos  daryo  va  shur  dengiz  suvlaridan  uzokrokka 

joylashtiriladi.  Shuningdek,  ularni  sanoat  korxonalari,  mozorlar  va  kishlok  xujaligi  ekinlari 

ekiladigan maydonlarga yakin joyga joylashtirish tafsiya etilmaydi.  

Yer  osti  suvlarining  ifloslanishdan  saklashning  muxim  tadbirlaridan  biri  suv  chikarish 

inshootlari atrofida sanitariya jixatidan muxofaza kilish zonasi tashkil kilish kerak.    

 



 

 

 




Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling