Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Mavzuning asosiy tayanch tushunchalari
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-mavzu: Fan falsafasi Siz quyidagilarni o‘rganasiz
- Fan tushunchasi.
Mavzuning asosiy tayanch tushunchalari: madaniyat, moddiy va ma'naviy madaniyat, sivilizatsiya, qadriyat, qadriyatlar tizimi, qadriyat turlari, qadr, meros, vorislik, an'ana.
Takrorlash uchun savollar: 1. Madaniyat, deb nimaga aytiladi? 2. Moddiy va ma'naviy madaniyatning barkamol avlod tarbiyasidagi ahamiyati? 3. “Sivilizatsiya” va “madaniyat” tushunchalarini taqqoslang? 4. “Qadriyat” va “meros” tushunchalarining farqi nimada? 11-mavzu: Fan falsafasi Siz quyidagilarni o‘rganasiz: fan to‘g‘risidagi falsafiy ta'limot; ilmiy bilish jarayonini dialektik uzluksiz ekanligini falsafiy anglash; Mavzuning maqsadi: faylasuflarning fanning vujudga kelishi to‘g‘risidagi qarashlari bilan tanishtirish; fan falsafasining asosiy tushunchalarini berish; kundalik va va ilmiy bilish o‘rtasidagi farqlarni aniqlash; fanning funksiyalari va tarkibini aniqlash. Fan tushunchasi. Ilmiy bilish predmet va hodisalarning qonuniyatlarini, ularning mohiyatini bilishdir. Ilmiy bilish natijasida hosil qilingan bilimlarning ma'lum tizimlari fanlarni vujudga keltiradi. Fanlar ilmiy bilishning shakllaridir. Fanlar borliq va uning turli ko‘rinishlari: tabiat, jamiyat, inson tafakkuri to‘g‘risi-dagi ilmiy bilish jarayonida yuzaga kelgan bilimlar tizimlaridan iboratdir. Fanlar jamiyat taraqqiyoti moddiy va ma'naviy jihatdan ma'lum yetuklikka erishgan davrda, insoniyat ilmiy bilishi borliq haqida ma'lum miqdordagi bilimlarni hosil qilishi natijasida vujudga keladi. Fanning turli ta'riflari mavjud. Quyida ularningba'zilarini keltiramiz. Fan - bu rivojlanuvchi,o‘suvchi bilim tizimi, insonning atrof-olamni surunkali o‘zlashtirishga, o‘zini qurshagan voqyelikning bor-lig‘i haqida aniq va teran axborot olish, bunday axborotni saqlash, qayta ishlash va undan foydalanishiga yo‘naltirilgan ijtimoiy ongning alohida shaklidir. Fan insonning ma'naviy faoliyati shakli bo‘lib, u tabiat, jamiyat, bilish haqida bilimlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan bo‘lib, haqiqatni aniqlash va real faktlarni umumlashtirish asosida ob'ektiv qonuniyatlarni bilish uning maqsadidir. Fan – yangi bilimlarni egallashga qaratilgan ijodiy faoliyat bo‘lib, shunday faoliyatning natijasi hamdir. Hozirgi zamon ijtimoiy borlig‘idagi jadal rivojlanayotgan ijtimoiy institutlardan biri sifatida fan ko‘plab ijtimoiy muhim rollar o‘ynamoqda, evristik, epistemologik, axborot, amaliy, texnikaviy-texnologik fnksiyalarni bajarmoqda. Fanning funksiyalari orasida quyidagilarni qayd etish mumkin: - fanning moslashtiruvchi funksiyasi hayotiy faoliyatning tabiiy va ijtimoiy sharoitlariga moslashish qobiliyatini shakllantiradi; - fanning faollashtiruvchi funksiyasi jamiyatda tabiatga nisbatan amaliy o‘zgartiruvchi faoliyatga moyilliklarni shakllantiradi; - fanning variativ funksiyasi o‘zini qurshagan muhitga nisbatan jamiyatning maqbul xulq-atvorini shakllantiradi; - fanning monitoring funksiyasi tabiatni kuzatish va nazorat qilish global tizimini , masalan,ekologik laboratoriyalar, meteorologik stansiyalar va yo‘ldoshlar, astrofizik observatoriya-lar, har xil qo‘riqxonalar va hokazolarni barpo etishni nazarda tutadi; - fanning informativ funksiyasi odamlarga atrof-olam haqidayangi ilmiy bilimlar, aniq ilmiy axborot beradi. Fanning rivojlanishi va taraqqiyoti bosqichlari to‘g‘risida bir necha qarashlar bor. Ularning biriga ko‘ra, (osiyoliklarga xos) jamiyatda fanlarningrivojlanishi va ularning ijtimoiy ahamiyati ortib borishida uch muhim bosqich farq qilinadi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling