Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Download 0.53 Mb.
bet34/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

4-§. Legisaksion protsess
Shaxslarning buzilgan huquqlari fuqarolik sudi protsesslarida himoya qilingan. Bu sud protsesslari uch xil bo’lgan: eng qadimiysi – “legisaksion” deb atalgan, undan keyingisi – “formulyar” va eng keyingisi – “kognitsion” sud protsesslari bo’lgan.

Legisaksion (sud) protsess ikki bosqichdan iborat bo’lgan. Birinchi bosqichda taraflar da’vo bilan magistratura (pretor)ga murojaat qilganlar. Ikkinchi bosqich sudlar tomonidan dalillarni baholash va qaror chiqarishdan iborat bo’lgan.

Qonunga, ya’ni XII jadval qoidalariga asoslangan da’volar bilan pretor yoki sudyalar “vijdonan” to’g’ri deb topgan da’volar o’rtasida katta farq bo’lgan. Ilgari sudyalar asosli deb topgan da’volar adolatga, aqlu zakovatga asoslangan bo’lsa, keyinchalik paydo bo’lganlari pul muomalasiga, mulkiy munosabatlarga asoslangan bo’lgan.

Da’volar o’z tabiati, mantig’iga ko’ra shaxsiy (in persanam) va ashyoviy (in rem) da’volariga bo’lingan. Da’vo bir tarafning o’z majburiyatlarini bajarmaganligi haqida bo’lsa, shaxsiy da’vo hisoblangan. Agar da’vo o’rtada hech qanday kelishuv bo’lmagani holda, birovning narsasini o’ziniki qilib olganligi haqida bo’lsa, u ashyoviy, ya’ni (in rem) da’vo hisoblangan.

Demak, da’vo turi asosan shaxsga bog’liq bo’lgan. U birinchi holda o’z majburiyatini bajarmagan kishi (shaxs) sifatida namoyon bo’lsa, ikkinchi holda o’z buyumi (ashyosi)ga bo’lgan egalik huquqini himoya qiladi. Shaxsiy da’voda shaxsning o’z zimmasiga olgan majburiyatlari haqida bahs yuritilsa, ashyoviy da’voda mol-mulkka bo’lgan huquqqa asoslanib ish yuritiladi.

Kviritlarda mulk egasining biror mulkini uning egasi bo’lmagan boshqa kishi olganligi tufayli qilgan da’vosi “vindikatsion da’vo” deb atalgan. Agar javobgar javob berishdan bosh tortsa, mol-mulk yoki ashyo to’g’ridan-to’g’ri da’vogarga o’tgan. O’zgalar mulkidan foydalanish huquqi uchun kurash ham ashyoviy da’voga kiritilgan. Masalan, qo’shnining yeri orqali o’tish, mol haydab o’tish, suv o’tkazish va boshqalar tufayli fuqaroning biror buyumiga yetkazilgan zararni qoplash talabi ham ashyoviy da’voga kiritilgan.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling