Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Download 0.53 Mb.
bet35/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

5-§. Formulyar sud


Formulyar sud ham legitatsion sud singari ikki bosqichdan iborat bo’lgan: u avval pretor qoshida, so’ngra esa sud huzurida o’tgan. Da’vogar pretor huzuriga kelib, o’z da’vosini soddagina qilib tushuntirgan va himoya izlagan. Pretor uning da’vosini eshitgan, mulohaza yuritib, unga yarasha formula izlagan.

Bu ancha murakkab ish bo’lgan. Uning topgan formulasi u mazkur da’vo kiradigan ishlar guruhiga mansub yoki umuman hal qilinadigan bo’lishi kerak bo’lgan (masalan, qarz yoki garov masalalari kabi). Kerakli formulani topganidan keyin pretor uni mazkur da’voga moslashtirib, shaxsiylashtirishi va yozma ravishda javobgarga berishi lozim bo’lgan. Javobgar esa, javob tayyorlab, unga taqdim etgan. Da’vogar ushbu javoblar bilan tanishtirgach, o’z da’vosini bayon etishi lozim bo’lgan. Pretor ishni hal etish uchun sudya tayinlagan va shu bilan protsessning birinchi bosqichi tugagan.

Ammo pretorning quyidagi ikki xil yechimga kelish huquqi bo’lgan: 1) da’vo hujjatlarini shundayligicha sudyaga topshirib, qanday hal qilish masalasini sudyaning ixtiyoriga havola qilish, 2) pretorning o’zi bir to’xtamga kelib, da’vo yuzasidan qanday hal qiluv qarori chiqarish kerakligi haqida topshiriq berish. Bunda pretor bergan hujjatlar asosli bo’lgan holda, sud pretor ko’rsatgan qarorni chiqargan.

Gay pretor formulalari haqida gapirib, uning uchta tarkibiy qismi haqida ma’lumot bergan:

birinchisi – “intensiya” (lotinchada “ayblash” degan ma’noni anglatadi, shu bois intensiyani “talab qilish formulasi” deb ham yuritadilar). Unda da’vo va uning huquqiy asosi bayon qilingan. Bu asos XII jadval yoki boshqa Rim qonunlariga (sivil) yoki pretorlar ediktlariga (Bonitar) tayangan bo’lishi mumkin;

ikkinchisi – eksepsiya bo’lib, “mustasno”, “istisno etmoq” ma’nolarini bildiradi.

quyidagi hollarda u pretor formulasining ajralmas qismi hisoblanadi:

1) agar javobgar da’voni asossiz hisoblab, pretordan himoya talab qilsa;

2) agar da’voni butunlay rad etmay, ayni paytda uni butunlay yoki qisman bajara olmasligini aytsa;

3) agar da’voning intensiyada ko’rsatilgan asosini rad etsa.

Intensiya ham, ekssepsiya ham yo fuqaroviy (sivil), yo pretor huquqiga asoslangan bo’lishi mumkin bo’lgan. Ekssepsiya – da’voni so’ndiruvchi (yo’qotuvchi) yoki muhlat beruvchi bo’lishi mumkin bo’lgan. Yolg’ondan to’qilgan ekssepsiyalar ham keng qo’llangan va ular tufayli pretor fuqarolik huquqini taftish (reviziya) qilish imkoniga ega bo’lgan. Pretorlar uni adolat huquqi va pretorlar huquqi nuqtai nazaridan taftish qilganlar.

Pretor formulalarining uchinchi qismi – “kondemnatsiya” – hal qilish ma’nosini anglatadi va formulyar protsessining so’nggi bosqichini tashkil qiladi. Unda, agar javobgar da’vogarning da’volariga rozi bo’lsa yoki ularni rad etishga qodir bo’lmasa, ish oson ko’chgan; aks holda, sudya javobgarning qarshi talablarini ham hisobga olishi kerak bo’lgan (masalan, javobgarning to’lov qobiliyatini hisobga olib, to’lanadigan mablag’ miqdorini o’zgartirishni sudya belgilagan).

To’rtinchisi litiskontestatsiya bo’lib, u pretorning ishni sudyaga topshirishdan avval bir jumlaga sig’adigan formula tuzishi lozimligini bildirgan. Bu formula guvohlar ham imzolaganlaridan keyin da’vogarga topshirilgan, u esa javobgarga bergan. Topshirish jarayoni barchaning huzurida o’tgan va bu jarayon litiskontestatsiya deb atalgan. Ayni vaqtdan boshlab shaxsiy tortishuv ommaviy tus olgan. Pretorning “farmon-formulasi” sudya uchungina emas, har ikki tomon uchun ham ularni o’zaro bog’lovchi ma’muriy hujjatga aylangan.

Litiskontestatsiya sudlarining qarorlari uzil-kesil hisoblangan, keyin hech kim uning ustidan shikoyat qilish huquqiga ega bo’lmagan.

Hozirgi zamon chex huquqshunosi M. Bartoshek pretor formulasini Rim yuristlari ixtiro qilgan hamda ularning ijodiy kuchi, bilimdonligi va iste’dodining naqadar yuksakligini, umuman, qonuniylikning yuqori bosqichda bo’lganligini ko’rsatuv eng noyob kashfiyot deb baholaydi.

Mil. av. 160 yilda Ebutsiya qonun bilan kiritgan pretor formulasi sudlovning yangi turini joriy etgan. Bu hol uch asr davom etdi va faqat imperiya vaqtida kognitsion sudning joriy etilishi bilan oradan ko’tarilgan. 342 yildagina imperator konstitutsiyasi bilan u butunlay bekor qilingan.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling