Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Download 0.53 Mb.
bet36/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

6-§. Sud va sudyalar


Sud va sudyalar tayin etgan kuni taraflar sud majlisiga kelganlar, uning birinchi bosqichi (in inre) peshinda boshlanib, qorong’u tushgunicha davom etgan.

Rimda amaldorlik mustahkam o’rin olgan paytdan boshlab to Grakxlar davri (mil. av. II asr)gacha an’anaga ko’ra senatorlar, Rim imperiyasining keyingi davrida esa hukmdorlardan hisoblangan suvoriylar sudyalik qilganlar.

Har bir masala uchun sudyalar pretorlar tomonidan alohida tayinlanganlar va shaxsan o’zlari sud qilganlar. Taraflarga sudya shaxsiga qarshi chiqish yoki pretor aytgan nomzodlardan birini tanlab olish yoxud uni chek tashlash yo’li bilan tanlab olish huquqi ham berilgan.

Sud majlisi Rimdagi bosh maydon Forumda o’tkazilgan Ammo sudyaga sud majlisini o’z uyida o’tkazish huquqi ham berilgan. Sudya ikki tomonni kelishtiruvchi hokim vazifasini ham bajargan. Tomonlar biroz hovurdan tushishlari uchun sudya majlisni keyinroqqa qoldirishi ham mumkin bo’lgan.

Xalqaro shartnomalarga daxldor bo’lgan va peregrin pretori alohida ko’rsatma bergan ishlarni rekuperatorlar – qaytarib beruvchilar muhokama qilganlar. Bunday sud uch kishidan iborat bo’lgan. Agar ma’lum sabablar ochilsa, rekuperat sudi jinoiy javobgarlikka tortib, jazo berishi ham mumkin bo’lgan. Xususiy sudyaning esa bunga haqi bo’lmagan.

Qullarning quldorlar bilan bo’lgan ozodlik olish masalasidagi nizolari ham rekuperat sudlarida ko’rilgan. Agar sudya u yoki bu tarafga adolatsizligi natijasida zarar yetkazsa, bunga o’z mulki bilan javob bergan. Sudga kelmaslik uni mensimaslik hisoblanib (uzrli sababsiz bo’lsa), katta mulkiy javobgarlik qo’llanishiga sabab bo’lgan.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling