Turli xizmatlar ko’rsatish uchun xizmatchini yollash. Xizmatchi sifatida yollash qullardan boshlangan va keyinchalik mardikor va batraklar, ustalar (hunarmandlar) ham xizmatga yollangan. Bunday yollanish rimliklarining obro’ini tushirgan bo’lsa, peregrinlar uchun oddiy hol bo’lgan. Albatta, jamiyat yurist, tabib, yer o’lchovchi kabi mutaxassislarning xizmatiga muhtoj bo’lgan, ammo ular yollanib haq olmaganlar, balki shunday odamgarchilik yuzasidan yordam bergandek bo’lganlar, ammo ularga ham hadya berish orqali haq to’langan.
Xizmatchi yollashning umumiy qoidalari:
yollanma xizmatchining mehnatidan foydalanuvchi shaxs yollanganga doimiy ish haqi to’lab turishi kerak;
yollangan shaxsning bemorligi yoki nogiron bo’lib qolishi uni haq talab qilish huquqidan ham mahrum qiladi;
agar xizmatga yollangan shaxs vafot etsa va ko’rsatiladigan xizmat uning shaxsi bilan bog’liq bo’lmasa adolat yuzasidan shartnoma bajarilishi lozim.
Pudrat. Pudratda ko’rsatiladigan xizmat emas, ishning, faoliyatning oxirgi natijasi hisobga olingan. Masalan, bir imoratni qurish pudratga berilgan bo’lsa, hisob-kitob qilish uchun imorat shartnomada ko’rsatilganidek bitishi shart bo’lgan.
Pudratchi (ishchi) quyidagilar uchun javobgar bo’lgan:
uning aybi bilan ish natijasining sifatiga zarar yetganligi;
malakaning yetishmasligi oqibatida ishni bajara olmaganlik yoxud sifatsiz bajarganlik;
pudratchining o’zi yollagan shaxslar (yordamchilar, mardikorlar) ishining natijasi uchun ham javobgarligi.
Bitmagan ish natijasi yoki narsaning yo’qolishi, kuyishi, buzilishiga ham pudratchi (masalan, tikuvchi) javobgar bo’lgan. Faqat tabiiy ofatlar oqibatida ish natijasiga yetgan zararlar uchun u javobgar bo’lmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |