Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Shirkat (birgalikda faoliyat ko’rsatish) shartnomasi


Download 0.53 Mb.
bet140/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

Shirkat (birgalikda faoliyat ko’rsatish) shartnomasi. Rim oilasini ba’zan “konsorsium” deb ham ataganlar. U tom ma’nodagi shirkat bo’lgan desa ham bo’ladi. U oila boshlig’i qo’l ostidagi kishilarning va mol-mulkning birlashmasi bo’lgan.

Respublikaning ilk davrida turli ishlab chiqarishlarning birlashishi natijasida shirkatlar paydo bo’la boshlagan. Ular, avvalo, oilaviy munosabatlar zamirida amalga oshirilgan, ammo asta-sekin o’z xususiyatlariga ega mustaqil shartnoma sifatida shakllana boshlagan. Shirkat a’zolari sheriklar hisoblangan. Sheriklarning barchasi qonunga to’g’ri keladigan, o’zlariga ham, jamiyatga ham foydali bir maqsadga intilishlari lozim bo’lgan. Sheriklarning har biri o’z shirkat faoliyatini amalga oshirish uchun bir qism mablag’larini pul yoki ashyo bilan qo’shishlari kerak bo’lgan. Ular o’rtasidagi o’zaro kelishuv boshqa shartnomalardan ajralib turgan va doimiy bo’lgan. Sheriklardan birining o’limi yoki shirkatdan chiqishi bilan shirkat tarqalgan yoki qayta tashkil qilingan. Har bir shirkat a’zosining qo’shgan mablag’i turli miqdorda bo’lishi ham mumkin bo’lgan. Foyda shunga qarab taqsimlangan.

Qatnashchilar o’z mablag’larini birlashtirib, shirkat kapitaliga aylantirganlar, ammo istaganlar o’z mablag’ini alohida hisobda saqlashlari va agar chiqsalar olib ketishlari ham mumkin bo’lgan. Foyda va zarar barcha sheriklar o’rtasida baravar taqsimlangan. Vaqt o’tishi bilan ma’lum ishlarni bajaruvchi ixtisoslashgan shirkatlar ham vujudga kelgan. Ular o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishgach, tarqalib ketgan.

Bu shirkatlar Rim huquqida yuridik shaxs sifatida qabul qilinmagan. Buning ko’pgina sabablari bo’lgan. Xususan, ularda maxsus ma’muriy vakolatlarga ega bo’lgan rahbar shaxslar belgilanmagan. Ulpianning yozishicha, quyidagi hollarda shirkat tugatilgan: 1) qatnashchilar qolmaganda (vafot etishi, shirkatdan chiqishi va h. k.); 2) mablag’ tugab qolganda (bankrotlikda); 3) sheriklar kelishuvi bilan tarqatilganda; 4) sheriklar o’rtasida o’zaro kelishuvga erishilmaganda. Bundan tashqari, birgina maqsad uchun tuzilgan vaqtinchalik shirkatlar oldiga qo’ygan vazifasi bitgach yoki muddati tugagach, tarqab ketgan.




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling