Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Download 0.53 Mb.
bet143/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

Kvazikontraktlar. Deylik, bir kishi do’konining tomini shamol uchirib ketdi. Egasi bir yoqqa ketgan. Ichidagi narsalar yomg’irda qolmasligi uchun boshqalar uni tuzatib qo’ydilar. Bu ishni ular yordam sifatida qildilar. Ammo unga muayyan miqdordagi material, mablag’ sarf bo’ldi. Rimda: “Xizmatingizga tashakkur, xarajatlarni esa to’lash kerak” degan gap bor. Mana shunday holat kvazikontrakt deb atalgan. R. Zom buni “shartnomasifat sharoit” degan. Agar majburiy bo’lmay turib, hatto yanglishib, birovga haq to’lab qo’ygan paytda ham kvazikontrakt holati hech qachon chin istakni ifoda etmaydi. Shu bois bu holatda ham shartnomaning asosi bo’lmaydi va u kvazikontraktga kiradi.

Bunday holatlar uchun ikki xil da’vo o’ylab topilgan, ulardan birini kondiksion da’vo deb ataganlar. Bu so’z qadimgi Rim atamalaridan bo’lib, ma’lum pul yoki ashyo talab qilingan sivil da’voni bildirgan. Kvazikontraktda ham bu atama pul yoki ashyoni talab qilishda ishlatilgan. Ikkinchisi – biror maqsadni amalga oshirish uchun mablag’ talab qilish da’vosi. Ammo ko’zlangan vazifa bajarilmasa yoki uni bajarib bo’lmasa, kondiksiya holati vujudga kelgan, chunki bajarilmagan ish uchun pul yoki boshqa mablag’ olingan.

Bunda vindikatsion da’voni qo’llab bo’lmaydi, chunki ushbu da’vo javobgar xususiy alomatlari bilan ajralib turuvchi ashyoni olgandagina qo’llanishi mumkin.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling