Topshiriq shartnomasi. Savdo-sotiq ishlarining ba’zilarini savdogarning shaxsan o’zi bajara olmasligi singari holatlar natijasida birovga iltimos qilish, va’dasini olish hollari yuz bergan va topshiriq shartnomalari (mandatum) yuzaga kelgan. Bu shartnoma boshidanoq Yus Gensium, ya’ni xalqlar huquqi tizimida xalqaro miqyosdagi shartnoma bo’lib yuzaga kelgan. Bu shartnoma tekin hisoblanagan, ammo berilgan topshiriqqa anchagina mehnat talab qilgan taqdirda bajaruvchiga haq (gonorar) berish mumkin bo’lgan.
Topshiriq shartnomasi kuchga kirishi uchun, birinchidan, uning g’ayriqonuniy bo’lmasligi, ikkinchidan, topshiriq beruvchi, oluvchi (bajaruvchi) va boshqa shaxsning undan manfaatdorligi zarur bo’lgan. Bajaruvchi mandatariy deyilgan. Mandatariyga topshiriq beruvchi nomidan bitimlar tuzish, ularning bajarilishini talab qilish, hatto sudda qatnashish huquqlari berilgan. Shartnoma topshiriq beruvchining xohishi bilan yoki bajaruvchining raddiyasi (protesti) bilan tugatilgan. Topshiriqni bajarish xarajatlarini topshiriq beruvchi qoplagan. Mandatariy topshiriq beruvchini ogohlantirmay turib ishini to’xtatsa, javobgar bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |