Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги
Download 0.53 Mb.
|
Рим-лотин 2010 shomuhamedov
- Bu sahifa navigatsiya:
- So’ng so’z
Nazorat uchun savollarVorislik turlarini sanab, tushuntirib bering. Ediktlar bilan belgilanuvchi meros huquqi nimani bildiradi? Vasiyatnoma nima? Meros mulkidan majburiy ulush olish shartlari qanday bo’lgan? Legat nima? So’ng so’zBashariyat tarixida o’ziga xos huquq tizimini, ayniqsa, xususiy mulkning huquqiy asoslarini yaratgan, uni har tomonlama tahlil qilib, ishlab chiqib, kamolga yetkazgan qadimgi Rim xususiy huquqi negizlari bilan muayyan darajada tanishib chiqish shuurimizni yoritib, huquqiy bilimimizni oshiribgina qolmay, balki umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo’lishimizga va ma’naviyatimizning boyishiga xizmat qiladi. Kelajagi o’tmishidek buyuk mustaqil o’zbek diyorida tom ma’nodagi huquqiy demokratik davlat qurish sari borayotgan yosh avlod uchun mazkur huquqiy qadriyatlar bebahodir. Bunda o’z davlatchiligimiz tarixiy tajribasining hamda umumbashariy tarix saboqlarining qiymati bir-biridan aslo kam emas. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimovning “Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston milliy markazi tuzish to’g’risida”gi farmonida markazning asosiy vazifalari sirasida Konstitutsiya, qonunlar va inson huquqlari sohasidagi umum e’tirof etgan xalqaro huquq normalarini amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish vazifasi birinchi o’rindagi vazifa qilib qo’yildi. Bunday insoniy, olijanob va bashariyat uchun nihoyatda dolzarb, shu bilan birga, nihoyat ko’p bilim va mehnat, aql va idrok talab etadigan vazifalarni maromiga yetkazib bajarish uchun umuminsoniy majburiyatlarni shuuriga singdirgan, bilimdon, insoniy qalb egasi bo’lgan fidoyi kishilar zarur. Mazkur xislatlarga ega bo’lgan yuksak malakali kadrlarni tayyorlashda Rim huquqi asoslarini atroflicha va teran o’rganishning ahamiyati beqiyos. Ushbu darslik bu sohadagi birinchi tajriba sifatida qabul qilinadi va keyinchalik to’ldirib, takomillashtiriladi degan umiddamiz. Shu sababli ham muallif mazkur darslik bo’yicha bildiriladigan har qanday fikr-mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul etadi.
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling