Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги
Download 0.53 Mb.
|
Рим-лотин 2010 shomuhamedov
4-§. VasiyatnomaHar bir shaxsning o’zining vafoti munosabati bilan mol-mulkini tasarruf etish bo’yicha bergan bir tomonlama, fuqaroviy huquqqa asoslangan rasmiy farmoyishi “vasiyatnoma” deyilgan. Unda marhum o’ziga merosxo’r (voris) yoki merosxo’rlar tayinlash, ba’zi vorislarni merosdan mahrum etish, qullarni ozod qilish, xotini va yosh bolalariga vasiy tayinlash, ko’mish marosimlari, maqbara yasash, tosh qo’yish kabilar haqida o’z xohish-irodasini izhor qilishi mumkin bo’lgan. Vasiyatnoma yozish huquqi aktiv yoki passiv bo’lgan mumkin. To’liq fuqarolik huquqiga ega kishilarga aktiv huquq berilgan. Pekuliy olgan farzandlar shu pekuliy doirasida vasiyat qilishlari mumkin bo’lgan. Qadimdan vasiyat huquqidan mahrum ayollar vasiyning roziligi bilan bu huquqqa ega bo’lganlar. Adrian davrida (76–138) ayollar ham fuqarolik va vasiyatnoma qoldirish huquqini olganlar. Napoleon kodeksida ham vasiyatnoma qoldirish ayollarning birdan-bir imtiyozlari sifatida belgilangan. Vasiyatnoma, tuzilgan vaqtidan qat’i nazar, faqat vasiyatchi vafot etganidan keyingina kuchga kirgan. Peregrinlarga vasiyat qilish huquqi berilmagan. Shuningdek intestabel (axloqiy jinoyatlari uchun huquqdan mahrum etilgan)lar, ruhiy bemorlar va keyingi imperiya davrida xristianlikdan chekinganlar ham bu huquqdan mahrum etilganlar. Merosxo’r tayinlashda ham turli to’siqlar bo’lishi mumkin bo’lgan. Masalan, qullar meros olmaganlar, agar meros katta bo’lsa (100 ming assdan ortiq) unga ayol kishini merosxo’r qilib tayinlash mumkin bo’lmagan, chunki ayollarda isrofgarchilik erkaklarga nisbatan ko’proq hisoblangan. Vasiyatnomada merosxo’rlarning nomlari aniq ko’rsatilishi kerak bo’lgan. Hali tug’ilmay, ona qornida bo’lgan farzandlar bundan mustasno bo’lgan. Ishlab chiqarish bilan shug’ullanmaydigan xayriya jamiyatlari ham voris bo’lishlari mumkin bo’lgan.
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling