Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Download 0.53 Mb.
bet150/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

6-§. Merosni qabul qilish


Merosni qabul qilib olishning rasmiy marosimi hamda ikki muhim qoidasi bo’lgan: birinchidan, meros beruvchining qaramog’idagi agnatlar meros ochilishi bilanoq uni birinchi bo’lib qabul qiluvchilar hisoblanganlar; ikkinchidan, ular hech qanday bahona bilan merosni rad eta olmaganlar.

Savdo-sotiq va ishlab chiqarishning taraqqiyoti, hayotning murakkablashuvi natijasida patriarxal oilalarning kamayishi, ota hokimiyatining zaiflashuvi yuz bergan. Merosxo’rlar ham foydasidan ko’ra qarzi ko’p bo’lgan meroslardan voz kecha boshlaganlar. Ana shunday holda pretor keyingi saf (navbat)dagi merosxo’rlarga murojaat etgan. Ular ham merosni rad etsalar, mulkni sotib yuborish tashkil etilgan. Merosni qabul qilish muddati 100 kun qilib belgilangan. Merosni talab qilish muddati esa meros qoldiruvchi vafotidan boshlab bir yil bo’lgan.

Imperator Fedosiy-II 450 yilda meros ochilguncha vafot etib qolgan merosxo’rning ulushini keyingi merosxo’rlar (uning o’g’li, nabirasi)ga qoldirish (vasiyat qilish) huquqini bergan.

Legat. Meros qoldirilgan mulkning bir qismini boshqa shaxslarga berish nazarda tutilgan vasiyatga “legat” deyilgan. Ushbu holda singulyar merosxo’rlik vujudga kelgan. Uni faqat tiriklar orasidagina bo’ladigan hadyadan farqlash kerak. Legatda umumiy meros mulkining bir qismi ajratiladi. Legat haqida XII jadvalda ham so’z yuritilgan.

Meros beruvchi xotini va merosga haqi bo’lmagan boshqa farzandlari och qolmasligi uchun ularga legat yo’li bilan mulkning bir qismini bergan.

Legatlar qadimgi Rim rivojlanib borgan sari kengroq qo’llanilgan. Legatlarda yo aniq ashyo ko’rsatilgan, yo tanlab olish huquqi berilgan. Keyinchalik domnatsion legatlar alohida o’rin egallagan. Bunda vorisdan uchinchi shaxsga ashyo topshirish yoki uning foydasiga biror harakat sodir etish talab qilingan. Legatlar meros mulkning ko’p qismini egallab olgan va natijada merosxo’rlar merosdan ayrilib qolgan hollar ham yuz berib turgan. Bunga qarshi chiqarilgan Falsidiyev choragi degan qonun merosxo’rlar manfaatini himoya qilib, legatlarning huquqini cheklagan, ya’ni ularning ulushi mulkning 3g’4 qismidan oshmasligi belgilab qo’yilgan.

Fideikomisslar. Bu so’z boshqalar insofiga havola ma’nosini bildiradi. Bu rasmiy bo’lmagan, ya’ni vasiyatnomada ko’rsatilmagan legat bo’lib, u meros qoldiruvchining merosxo’rlar doirasiga kirmaydigan shaxsga mulkdan biror ulushni ajratib berish yoki ularga biror xizmat ko’rsatish haqidagi iltimosidan iborat bo’lgan.

Uzoq vaqtgacha bunday holat axloqiy majburiyat hisoblanib kelgan. Imperator Avgust vaqtidagina unga rasmiy yuridik tus berilgan. Ammo uni himoya qilib sudga da’vo bilan emas, ma’muriy shaxslar, konsul yoki fideikomiss pretoriga talab bilan murojaat etish mumkin bo’lgan. Fideikomiss orqali meros qoldiruvchi shaxs xohlagan kishisiga meros mulkidan ulush bera olgan. Bu unga ko’p foydali masalalarni hal qilishda qo’l kelgan. Shunday qilib, oilaviy fideikomiss vujudga kelgan va bu Farbiy Yevropa huquqlar majmuasiga ham kiritilgan.




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling