Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Download 0.53 Mb.
bet71/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

Dos(Sep).Bizning tushunchamizdagi kelinning sepi rimliklarning parapherna tushunchasiga mos, chunki unda sine manu nikohidagi ayolning mulki nazarda tutiladi va ayol bu mulkni o’zi boshqarishi mumkin bo’lgan. Shu bilan birga, mulkni eri (yoki pater familias) ham boshqarishi, undan olingan daromadni esa oilaga ishlatishi mumkin bo’lgan. Mulk nobud bo’lsa, culpa concreto (beparvolik aybi) yuzaga kelgan.

Dos esa – kuyovga beriladigan sep bo’lib, kuyovning nikohdagi hayotini yengillashtirish uchun berilgan (U katta miqdordagi pul, yer maydonlari, podalar va boshqa qimmatbaho narsalar bo’lishi mumkin bo’lgan).

Otalar farzandlarini uylantirish haqida gaplashganlarida sep masalasi ham kelishib olingan. Sep kelinning boshqa buyumlaridan, chunonchi, keyinchalik sotib olgan, sovg’a sifatida kelgan narsalaridan doimo ajralib turgan va endi erining mulki bo’lgan. Xotinlarning eridan badavlatroq bo’lish hollari ham ko’p bo’lgan.

Sep berish odati qadimiy odat bo’lib, uning kelib chiqishi XII jadval qonunlaridan oldin bo’lgan. Patritsiylar plebey qizlariga uylanish huquqiga ega bo’lmaganlar. Ammo kambag’allashib qolgan patritsiy oilalari ishi yurishib, boyib borayotgan plebey oilalari bilan qudalashishga tayyor bo’lgan. Bunday erlarning plebey xotinlarini qo’yib, undan qolgan sep bilan boshqa xotinga uylanish hollari ko’p bo’lgan.

Buning oldini olish uchun sep qoidasiga o’zgartish kiritilgan. Eri o’lgan yoki erining tashabbusi bilan ajrashgan xotinlarga ularning sepi qaytarib beriladigan bo’lgan. Keyinchalik pretorlar huquqi davrida ushbu holat yanada mustahkamlangan. Agarda ajrashish xotin tashabbusi yoki uning aybi bilan sodir bo’lsa, sep erkakka qoladigan bo’lgan. Ammo er ajrashish ro’y bermasdan oldinroq ham sepga kelgan mulkni yo’q qilib yuborishi, tasarruf etishi mumkin bo’lgan. Buning oldini olish uchun 18 yil qonuni chiqqan. Unga binoan, er sep sifatida kelgan mulkni xotinining roziligisiz sotishi va boshqacha yo’llar bilan tasarruf etishi taqiqlangan.

Imperator Yustinian (VI) davrigacha sep masalalari huquqiy kategoriyalardan ko’ra ko’proq axloq-odob kategoriyasiga kirgan. Sep erakakning mulkiga aylanishi nazarda tutilib, nikoh boshidayoq erkak ma’lum sharoitlar (masalan, bolasizlik) yuz bergan taqdirda sepni qaytarib berish haqida tilxat yozgan. Mil. av. III asrga kelib noto’g’ri nikohlar ko’payishi natijasida sepga qarash ham o’zgargan. U endilikda faqat erkakning emas, balki butun oilaning mulki deb hisoblana boshlagan. Bundan agar ajralish yuz bersa, sep ayolga qaytarilishi lozimligi kelib chiqar edi. Ayol tul qolganda ham shu qoidaga amal qilingan. Ko’pincha erga sepning asosiy qismini tashkil qilgan yer maydonini tasarruf etish taqiqlangan.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling