Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги
-§. Ota-onalar va farzandlarning huquqiy munosabatlari
Download 0.53 Mb.
|
Рим-лотин 2010 shomuhamedov
5-§. Ota-onalar va farzandlarning huquqiy munosabatlariQadimgi Rimda otaning farzandlar ustidan mutlaq hukmron bo’lganligi haqida yuqorida gapirildi. Farzand ota ixtiyoriga uch yo’l bilan tushganlar: undan tug’ilgan yoki asrandi bo’lgan (farzandlikka olingan) yoxud qonunlashtirib olingan (o’zining nikohsiz tug’ilgan bolasi). Imperator Mark qonuniy nikohdan tug’ilgan bolalar haqida 30 kun ichida ommaviy e’lon qilishni talab qilgan va ularni yozib borishni joriy etgan (121–180). Asrab olish, farzandlikka olish – qadimdan qolgan va barcha xalqlarga mansub odat. Rim tarixining keyingi davrlarida asrab olish siyosiy, dinastik yoki iqtisodiy maqsadlarda amalga oshirilgan. Asrandilik orqali plebey patritsiyga, kohin senatorga aylanishi mumkin bo’lgan. Rimda asrandi olishning ikki xil usuli bo’lgan: 1) birinchi usul huquqiy layoqatga ega kishilarga taalluqli bo’lib, unda ular uchun kurit majlisi chaqirilgan va unda oliy ruhoniy (kohin) “falonchining ustidan otalik hokimiyatini o’rnatishni” taklif etgan (patria potestas), shundan so’ng farzandlikka olinuvchi tobelikka tushgan (sui iuris). Xalq yig’inlari barham topgan davrdan boshlab bu usulni ham qo’llab bo’lmagan. Imperator Dialektian (243–316) bu usulni qonun kuchiga ega bo’lgan imperator raskripti bilan almashtirish haqida farmon bergan; 2) ikkinchi usul o’z otasi bo’lgani holda biror sababga ko’ra boshqa oilaga o’tadiganlar uchun joriy etilgan. Unda adoptatsiya (adoptio) yo’li qo’llanilgan. Bunda berilayotgan bolaning otasi uni oluvchi kishining vakiliga uch marotaba sotgan. Farzandlikka oluvchi bolani ikki marta qo’yib yuborgan, faqat uchinchi martasida ishga aralashgan va soxta da’vo yo’li bilan bolaga nisbatan otalik huquqiga (Pairia potestas) erishgan. Kichik o’g’illar, nabiralar va qizlar uchun bir marta sotishning o’zi yetarli bo’lgan. 3) qonunlashtirish usuli faqat imperiya vaqtida qo’llanadigan, e’tiborga olinadigan bo’lib, konkubinlardan bo’lgan (har xil nikohsiz tug’ilgan) bolalarga nisbatan qo’llanilgan. qonunlashtirishning eng oddiy yo’li – bolaning onasini nikohlab olish bo’lgan. Yana boshqa ikki usul ham qo’llanilgan: a) imperator reskripti – bu kamdan-kam odamga nasib etgan; b) mahalliy tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan va bolaga oid mulkiy senz (cheklangan mulkni tayinlash) orqali. Onalarga kelganda, ulov bolalarga egalik huquqiga ega bo’lmaganlar, ular ustidan hukmronlik qilmaganlar. Ammo bu qoida susayib borgan sayin onalar bilan bolalar o’rtasida o’zaro majburiyatlar va huquqlar vujudga kelgan, II asrdan boshlab esa bir-birlariga nisbatan merosxo’r voris sifatida tan olinganlar. Otaning mutlaq huquqini zolimlik deb tushunish ham to’g’ri emas, otalar ham bizning davrimizdagi kabi har xil bo’lganlar. Ko’pchiligi o’z farzandlariga mehribon bo’lganlar. Odatga ko’ra, ota o’z qaramog’idagilardan birini qattiq jazolashi kerak bo’lganda, oila kengashi chaqirilgan. Bu qoida bajarilmasa, senzor aralashgan. Respublikaning oxiri, imperiyaning boshlanish davrlaridan boshlab patriarxal oila asoslari buzila boshlagan, avvalo, yangi tug’ilgan chaqaloqlarni tashlab yuborish taqiqlangan, so’ngra bolalarni sotish cheklangan. II asrdan boshlab esa o’g’ilning ota hukmidan chiqish uchun imperiya hokimiyatiga murojaat etishiga ruxsat berilgan, otaning o’z farzandlarini qatl qilish huquqi cheklangan va taqiqlangan. Balog’atga yetgan o’g’illar oila mulkini bo’lib olishga harakat qilganlar va o’z mulklariga o’zlari egalik qila boshlaganlar, yuqorida qayd etilgan pekuliylar paydo bo’lgan. Pekuliylikni olgan o’g’il iqtisodiy mustaqillikka erishgan. Paterfamilias pekuliyga bergan mulkini qaytarib olishi mumkin bo’lgan, ammo buning uchun juda asosli sabablar bo’lishi talab etilgan. Pekuliylar vasiyatnoma qoldirmay vafot etgandagina ota uning mulkini o’zining, oilaning mulkiga qo’shib olishi mumkin bo’lgan. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling