Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Download 0.53 Mb.
bet75/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

Nazorat uchun savollar


1. qadimgi Rim oilasining o’ziga xos tomonlari nimalardan iborat bo’lgan?

2. qadimgi Rimda nikoh qanday tuzilgan?

3. qanday sharoitlarda nikoh bekor bo’lgan?

4. Er-xotinning mulkiy munosabatlari qanday bo’lgan?

5. Ota-onalar va bolalarning huquqiy munosabatlari qanday tartibga solingan?

6. Vasiylik va homiylik qanday bo’lgan?

7. Otalik hokimiyati qanday tugatilgan?

vi bob. Rim xususiy huquqida MULK hUqUqI VA BOSHqA ASHYOVIY hUqUqLAR

1-§. Ashyoviy huquq


Jahon tarixida xususiy mulkchilik huquqini ishlab chiqishga rimliklar ulkan hissa qo’shganlar. Ular xususiy mulkni hech bir ideallashtirmay va ilohiylashtirmay, hayotda qanday bo’lsa, shundayligicha tavsiflaganlar. Bu huquq ularga ashyolardan foydalanish va ularga hukmronlik qilish, ashyolarni o’z xohishlariga ko’ra tasarruf etish huquqini bergan.

Rimliklarning: “Ashyolardan o’z ixtiyoriga ko’ra foydalanish, hatto ularni yo’q qilishgacha bo’lgan huquqi”, degan iborasi xususiy mulkchilikning klassik ifodasi bo’lib xizmat qildi.

Engels: “Rim huquqi – sof xususiy mulkchilik hukmronlik qilgan jamiyat hayotiy sharoitlarining va kelishmovchiliklarining klassik ifodasi”, degan fikrni aytib o’tgan. “Keyingi feodal qonunlari ham, burjua qonunlari ham unga arzirli o’zgarish kirita olmadi”, – deydi u davom etib.

Ashyo” tushunchasi. Rim yuristlari ham biz ashyo hisoblagan narsalarni ashyo hisobiga kiritganlar. Ularning fikricha ham, ashyo yoki narsa ma’lum hajmga vaznga ega bo’lib va muayyan makon (joy)ni egallab turishi kerak (Masalan, yer, suv, turar joy, kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy anjomlari va boshqalar). Ular inson ixtiyoridan tashqaridagi ob’yektlarni (ya’ni havo, oy, quyosh kabilarni ashyo hisobiga kiritmaganlar.

Rim huquqida egasiz narsalar bo’lganidek, jismsiz narsalar ham bo’lgan. Chunonchi, biror kishining meros huquqi, ammo bu huquq amalga oshmay, ya’ni unga tegmay qolishi mumkin (amalga oshmagan servitut va uzufrukt huquqlari kabi). Agar bir kishi boshqa kishining yeridan o’z mollarini haydab o’tish huquqini olgan bo’lsa, unda bu jismli ashyo buladi, ammo u shu yer egasining yordamisiz haydab o’tolmasa unda vujudsiz ashyo huquqi bo’lib qoladi.




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling