Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Download 0.53 Mb.
bet74/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

7-§. Vasiylik va homiylik


Vasiylikni qalbaki otalik ham deydilar. Chunki vasiy ham vasiylikka olinganlar va ularning mol-mulki ustidan ota singari huquqlarga ega. Faqat vaqt o’tishi bilan vasiyning bunday qat’iy huquqlariga boshqacharoq qarala boshlangan. Ular ustidan vasiylik ostidagi bolalar foydasiga nazorat olib borila boshlangan. Davlat tomonidan tayinlanadigan vasiy eng yaqin agnat maqomini egallagan. Paterfamilias oila mulkini asrab-avaylashga yoki uni ishlatishga qodir bo’lmay qolgan paytlarda vasiylik qo’llanilgan. XII jadval qonunlaridayoq ayollarning mol-mulkni o’z xohishlari bo’yicha tasarruf etishlari taqiqlangan. Balog’atga yetmagan bolalar ham xuddi shunday. Ularga yo otaning vasiyatiga qarab, yo ommaviy hokimiyat tomonidan vasiy tayinlagan.

Agnatik vasiylik Yustinian davrigacha davom etgan, so’ngra kognatik, ya’ni qarindoshlik vasiyligi qo’llanilgan. Ayollar ustidan vasiylik esa ramziy xususiyatga ega bo’lib qolgan. Ilk respublika davrida vasiylikni qarindoshlar va kuriat (xalq) majlislari nazorat qilganlar, hokimiyat bunda kam qatnashgan. Ammo respublika davrining o’rtalariga kelib davlat amaldorlari nazoratni o’z qo’llariga olganlar, chunki bu paytda vasiylarning tartibbuzarliklari avjiga chiqqan. Vasiylarning o’zlari ham bemorlik, qarilik va boshqa sabablarga ko’ra vasiylikdan bosh tortishlari mumkin bo’lgan.

Vasiylarning o’z qaramog’idagilarga yetkazgan mulkiy zararlari undirib beriladigan bo’lgan. Imperator Konstantin zamonida vasiylarning mol-mulki vasiy qaramog’idagilarga garov qilib tayinlanadigan bo’lgan. Bu mulk vasiy mulki hisoblangan, ammo uning bir qismi yoki hammasi vasiylikdagi shaxslarga mulk qilib berilishi ham mumkin bo’lgan. qonun bo’yicha, bir yoki bir necha vasiylar bir yo’la tayinlanishlari va vasiylikni ijro etishlari ham mumkin bo’lgan. Bunday vaziyatda ulardan biri boshliq bo’lgan. Vasiylikdagi shaxs balog’atga yetgach, vasiylik tugatilgan va agar vasiy uning mol-mulkiga yoki boshqa narsasiga zarar yetkazgan bo’lsa, da’vo ko’rib chiqilgan. Xotin-qizlarga vasiylik ham yosh bolalarga vasiylik singari bo’lgan, ammo agarda ular turmushga chiqmasalar, umrlarining oxirigacha vasiyga tobelikda qolganlar.

Imperiya davridan boshlab ayollarga nisbatan vasiylik tartibi yumshatila boshlagan. Imperator Klavdiy zamonidan boshlab uch nafar bola tuqqan xotinlar ozod etila boshlagan.

Qadim zamonlardan vasiylik bilan birga, homiylik ham joriy etilgan. O’z mulklarini idora qilishga jismoniy jihatdan ojiz yoki 25 yoshga yetmagan va boshqalarga homiylar tayinlangan. Vasiy o’z vazifasini bajara olmagan taqdirda ham homiy tayinlangan.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling