Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


-§. Er-xotinning mulkiy munosabatlari


Download 0.53 Mb.
bet70/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

4-§. Er-xotinning mulkiy munosabatlari


“To’g’ri” va “noto’g’ri” nikohlarda ayol ahvolining qanday bo’lishi haqida yuqorida gapirilgan edi. Xotin har qanday huquqdan mahrum, eriga tegishli ashyolar qatorida bo’lgan. Ba’zan oilaviy kengash chaqirilib, xotinning qarindoshlari ham taklif etilgan, ammo qarorni er chiqargan, u nima desa, shu bo’lgan.

Xotin agnat sifatida eriga merosxo’r, bolalari bo’lsa, ular bilan birga merosxo’r hisoblangan. O’qimishli, ziyoli yoki badavlat ayollar er asoratiga tushib qolmaslik uchun “noto’g’ri” nikohni tanlaganlar. Shu tariqa noto’g’ri nikohlar ko’paya borgan, patriarxal oilalar yemirilib, kamaya borgan. Voyaga yetgan o’g’illar ham bosib olingan viloyatlarga ishga ketib, ota zulmidan qutilishga harakat qilganlar, ya’ni pekuliy olganlar.

Klassik yuristlar davriga kelib er-xotinning mulkiy holati baravarlashib qolgan. Ular nikohga kirishdan avval ega bo’lgan mulklarini o’zlariniki hisoblab, saqlab kelganlar. Er-xotin oralarida o’z mulklarini sotish, almashish kabi ishlarni ham (hadyadan tashqari) qilish mumkin bo’lgan. Hadya qilish haqida digestda: “Er-xotinlik sof sevgi-muhabbat, ko’ngil moyilligi asosida bo’lishi kerak, hadya esa bu asosga dog’ tushiradi”, – deyilgan, tamagarlikka olib boradi deb salbiy baholangan. Ammo sovg’a qilishning boshqa tomoni ham bor: xotiniga yoki qiziga hadya bergan shaxs bu sovg’alarning bolalariga va nabiralariga o’tishini ham nazarda tutgan.

Klassik davrda ayol kishi erining ruxsatisiz ko’chmas mol-mulk savdosiga, qarz berish va shunga o’xshash ishlarga aralashmagan.




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling