Nikohning tugatilishi. Agar er-xotindan biri olamdan o’tsa, qamalsa, huquqidan yoki fuqarolikdan mahrum etilsa, albatta, taloq vujudga kelgan. Rasmiy nikohlar faqat erkakning xohishi bilan bekor qilingan. Rasmiyatchiliksiz tuzilgan erkin nikohlar bir tomonning xohishi bilan buzilib ketavergan. Tantanali nikohlar faqat ruhoniylar orasida uzoq saqlangan, rasmiy bo’lmagan oddiy nikoh shakli keng tarqalgan. Undagi “uzi”, ya’ni ajrashgan eri yoniga uch kun kelib ketish odati unutilgan. Klassik davrda esa taloq shakli ham o’zgargan, nikohlar har ikki tomonning kelishuvi bilan ham, bir tomonning xohishi bilan ham buziladigan bo’lgan. Gay “jahl ustida buzilgan nikoh adolatdan emas” deb ogohlantiradi.
Yustinian davrida nikohning tugatilishi sohasida ancha o’zgarishlar bo’lgan. U nikohning bekor qilinishiga olib keladigan quyidagi sabablarni belgilab bergan: xotinning eriga nisbatan xiyonati, qo’shmachilik bilan shug’ullanish, davlatga xiyonat qilish, sog’liq masalasi, monastirga ketish. Keyinchalik mazkur ko’rsatmalar xristianlarning qonunlari, Napoleon kodeksi va boshqalarga asos qilib olingan. Beva qolgan xotin bir yillik idda saqlashi lozim bo’lgan. Imperator Avgust farmonlariga binoan, eri o’lgan tul xotin ikki yildan so’ng, eridan ajrashganlar esa 18 oydan so’ng yangidan turmush qurishlari, boshqa erkak bilan nikohlanishlari mumkin bo’lgan.
Yetimlar haqini himoya qilish maqsadida, oila mol-mulkiga tegish, ya’ni ularni sotish yoki yangi eriga hadya qilish ham taqiqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |