Zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish


Download 62.08 Kb.
bet4/4
Sana09.06.2023
Hajmi62.08 Kb.
#1473724
1   2   3   4
Bog'liq
4-mustaqil ishi

Fizik va ekologik xavfsizlik
Buni fizik, dasturli-texnik, me’yoriy-huquqiy uslub bilan amalga oshirish mumkin. Tashkilot misolida olsak, butun bir tizimni tahlil qilgan holda, birinchi navbatda axborot muhofazasi bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani yaratib olish muhim ahamiyatga ega deb o‘ylayman. Negaki, aynan, shu me’yoriy-huquqiy hujjatlar keyingi amalga oshiriladigan (fizik himoya, dasturli-texnik himoya) ishlar uchun ham reja, ham dastur, ham poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun, tashkilotlarda zamon talablari asosida axborot xavfsizligini ta’minlash uchun shu soha bo‘yicha ishlab chiqilishi va qo‘llanillishi tavsiya etiladigan asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar ro‘yxati va namunalarini qisqacha keltirib o‘tishni lozim topdik. Ushbu tavsiyalar xavfsizlik bo‘yicha Xalqaro ISO 17799 standartiga asoslangan holda tuzilgan. Bu xavfsizlik standarti kompleks xarakterga ega bulib, avvalo tashkilotlarda axborot xavfsizligini ta’minlashning me’yoriy huquqiy poydevorini yaratish uchun dasturul amal bo‘lib, bu o‘z navbatida axborot tizimlari xavfsizligini boshqarish vazifalarini yengillashtiradi.
Inson ekologiyasi. Inson ekologiyasi odamlarni tashqi muhit bilan o‘zaro munosabat qonuniyatlari, aholi sonining ortib borishi, sog‘liqni saqlash va yaxshilash, insonning fizik va psixik imkoniyatlarini kengaytirish kabi masalalar bilan shug‘ullanadi. Inson ekologiyasining muhim vazifasi aholi sog‘lig‘ini saqlash va yaxshilashning tabiiy qonuniyatlarini o‘rganishdan iborat
inson ekologiyasi oldida uchta vazifa turadi:
1. ITG bilan birgalikda tabiiy muhitni bir butun holda saqlab qolish;
2. Aholi salomatligi;
3. Kishilarning uzoq yashashi va faol hayotini ta’minlash
Ilmiy texnik inqilob inson bilan biosfera o‘zaro masalasini nihoyatda dolzarb muammoga aylantirdi. Biossferaning tarkibiy qismi hisoblangan har bir tirik organizm morfologik, fiziologik va xulqiy tomonlari bilan tashki muhit bilan xayratlanarli darajada uyg‘unlik organizmning yashash muhitiga moslashishi natijasidir. Moslashish qanday namoyon bo‘ladi? Moslashish organizmning tashqi muhitda yashab qolishi yoki nobud bo‘lishi jarayonlarini muammo qilib qo‘yadi. Boshqacha qilib aytganda, tashqi dunyo tirik organizm oldiga ma’lum muammolarni ko‘yadi. Tirik organizm yashashi, ya’ni o‘sishi va rivojlanishi uchun, sog‘lom avlod qoldirishi uchun ushbu muammolarni hal etishi kerak bo‘ladi
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, sog’lom avlodni tarbiyalab o’stirish uchun alohida ahamiyat berilmoqda. Yosh avlodning va umuman tabiatning jonli qismini sog’lom o’sishi tabiatning jonsiz qismini tashkil qilgan yer, suv va havoning tozaligiga bog’liqdir. Shu sababli Respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov ekologik muhitni sog’lomlashtirishga va Orol dengizi muammosiga alohida e’tibor bermoqdalar. O’zbekiston Konstitutsiyasida fuqarolar tabiatni muhofaza qilishlari, uning boyliklarini qo’riqlashlari shart eqanligi ko’rsatilgan. Тabiatni muhofaza qilish to’g’risida 1992 yil 9 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Qonuni tasdiqlandi. Olim, mutaxassis va siyosiy arboblarni ekologiya va sog’lomlashtirish muammolariga jalb etish, shuningdek, xalqning ekologik bilimini oshirish maqsadida 1992 yilda Хalqaro EKOSAN jamg’armasi tashkil etildi. Keyingi besh yil ichida tabiatni muhofazalash, Orol dengizi, ekologik talim va tarbiya 11 muammolariga bag’ishlangan xalqaro va respublika ilmiy-uslubiy kengashlari bo’lib o’tdi; natijada ekologik nazorat kuchaytirilib, zamonaviy texnologiya va ishlab chiqarish usullariga o’tish hisobiga chiqindilar miqdorining kamayishi kuzatilmoqda. Ekologik xavf-xatar, tabiiy muhitni tashkil qiluvchilar, atmosfera, tproq va suvning zaharlanishi, zararlanishi natijasida inson hayot faoliyatining buzilishidir.

Xulosa
Bugungi kunda har bir soha raqamlanib, zamonaviy qurilmalar hayotimizni qamrab olmoqda. Tashkilotlarda hodimlar xavfsizligi muhim ro'l oynaydi. Korxonaning kadrlar xavfsizligi xavfsizlik xizmati tomonidan emas, balki xodimlarni boshqarish bo'limi tomonidan ta'minlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar
https://zaochnik.com/spravochnik/menedzhment/upravlenie-personalom/kadrovaja-bezopasnost/
hozir.org
https://iiau.uz/index.php/oz/news/962
Download 62.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling