Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси


Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси


Download 345.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana03.02.2023
Hajmi345.58 Kb.
#1149104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1-Маъруза матни

 

Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
 
______________________________________________________________________ 
almashtiriladigan tovarni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat 
miqdorini aniqlash kerak bo‘ladi. Ishlab chiqarish kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarish jarayonini o‘sishi natijasida xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qilish 
murakkablashgan va moddiy ishlab chiqarish asosida vujudga kelgan xalq xo‘jalik 
hisobi ahamiyati oshgan, jamiyat hamma sohalarida mulklarni hisobga olish 
borasidagi, iqtisodiy faoliyatini boshqarishdagi roli oshib borgan. 
Iqtisodiy faoliyatini boshqarish xalq xo‘jalik hisobi orqali olingan ma’lumotlar 
asosida olib boriladi va tegishli qaror hamda qonun-qoidalar qabul qilinib, shular 
asosida butun iqtisodiyot faoliyati boshqariladi. 
Xo‘jalik hisobi asosan qo‘yidagi funksiyalarni bajaradi: 
a) iqtisodiyot tarmoqlarida sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlarini kuzatib 
borish; 
b) kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko‘rsatmalarda ifodalash; 
v) korxona, tashkilot, muassasa xo‘jalik faoliyatlarini kuzatish nati-jalarini 
maxsus hujjatlarda qayd etish; 
g) maxsus hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va 
guruhlashtirish, xo‘jalik jarayonlari ustidan nazorat o‘rnatish hamda ularga ta’sir etish. 
Xo‘jalik hisobining yuqoridagi funksiyalari ayrim korxona, muassasa, tashkilot 
va umuman butun iqtisodiyotning iqtisodiy jihatdan asoslangan joriy va kelgusidagi 
reja ko‘rsatkichlarini tuzishda, ular bajarilishini ustidan nazorat olib borishda muhim 
ahamiyatga kasb etadi. 
Iqtisodiy jarayonlarni kuzatish, tashkil qilish tegishli manbalarni o‘zgarishiga 
olib kelish bilan birga ularga bo‘lgan talabni o‘rganish imkonini beradi. Bu 
imkoniyatni faqat hisob yuritish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin. Ishlab chiqarishni 
o‘sib borishi tovar ayirboshlashni kuchayishiga olib keladi. Tovar ayirboshlashni 
o‘sib borishi hisobni tashkil topishida alohida o‘rin tutadi. 
Iqtisodiy o‘zgarishlarni o‘rganishda, mulkiy munosabatlarni tartibga 
solishda hisobning o‘rni alohida bo‘lib, uning yordamida korxona mablag‘larini 
to‘liqligi, boshqaruv tizimini takomillashtirishda hisob ko‘rsatkichlaridan to‘g‘ri 
foydalanish, korxona harajatlarini kamaytirishga, mablag‘lardan samarali foydalanishga 
olib keladi. 
Hisobni takomillashib borishiga birinchidan, ishlab chiqarishni o‘sib borishi 
o‘z ta’sirini o‘tkazib borsa, ikkinchidan, boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlar ham 
hisobni rivojlanib borishiga asos yaratadi. 
Hisob yordamida turli mulkchilikka asoslangan korxona va tashkilotlarda 
amalga oshirilgan iqtisodiy jarayonlar (o‘zgarishlar) kuzatiladi. 
Iqtisodiy taraqqiyot omillari turlicha bo‘lib, ular bevosita mablag‘lar 
harakatini tartibga solish, kuzatish va umumlashtirish tartibi bilan bir-biridan farq 





Download 345.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling