Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси


Download 345.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/19
Sana03.02.2023
Hajmi345.58 Kb.
#1149104
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
1-Маъруза матни

Buxgalteriya hisobi – har qanday mulkchilik shaklidagi korxona xo‘jalik 
faoliyatini yalpi, uzluksiz kuzatish va nazorat qilish, sodir bo‘lgan voqea–hodisalarni 
hisob registrlarida qayd qilish, ularga ishlov berish hamda hujjatlarga asoslangan holda 
moliyaviy hisobot ko‘rinishida axborotlarni foydalanuvchichilarga taqdim qilish 
tizimidir. 
“Buxgalter” atamasi nemis tilidan tarjima qilganda, buck-kitob, halter-tutish 
so‘zlarining birikmasi bo‘lib, kitob tutuvchi degan ma’noni anglatadi. Ingliz tilida 
so‘zlashadigan mamlakatlarda buxgalteriya hisobi “accounting” deb yuritiladi.
Buxgalteriya hisobida har qanday xo‘jalik operatsiyasi bo‘yicha tegishli 
tarzda tuzilgan, barcha zaruriy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan, mas’ul shaxslar 
tomonidan imzolangan va tasdiqlangan hujjat tuzilishi kerak.
Buxgalteriya hisobining boshka hisob turlaridan farq qilib, bu hisobning 
predmeti va metodlari shakllangan bo‘lib, xo‘jalik faoliyati davomida qonunda 




 

Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
 
______________________________________________________________________ 
belgilangan moddalar bo‘yicha faoliyat yuritadi. 
Buxgalteriya hisobi yordamida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini 
baholash, foyda va zararlarini aniqlash uchun asos yaratiladi. Buxgalteriya 
hisobidagi yozuvlar asosida belgilangan muddatlarda hisobot tuziladi. 
Buxgalteriya hisobiga qo‘yiladigan asosiy talablardan biznes reja 
ko‘rsatkichlarini bajarilishini nazorat qilishdir. O‘z navbatida ichki 
imkoniyatlardan unumli foydalanishni ta’minlashdir. 
Korxona va tashkilotlarda mavjud mablag‘lar kuzatish davomida o‘zining 
tuzilishinigina emas, balki miqdoriy holatini ham o‘zgartirib boradi. Hisob turlarini 
to‘g‘ri belgilash kuzatilayotgan xodisa va jarayonlarni to‘g‘ri nazorat qilish imkonini 
berish bilan ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlaydi. 
Hisobning har bir turi bir xil xo‘jalik operatsiyasini turli vaziyatlarda ko‘rib 
chiqadi, bu esa ayrim bosqichlarda uning foydalanuvchilarini qiziqtiradigan axborot 
oqimlarining kesishishini istisno qilmaydi. Bunga erishish hisobning barcha turlariga 
hos bo‘lgan muhim xususiyat, ya’ni bir xil o‘lchovlardan: natura, mehnat va pul 
o‘lchovlaridan foydalanish tufayli mumkin bo‘ladi.
Hisob ishlarida qo‘llaniladigan o‘lchov birliklaridan alohida-alohida foydalanish 
mumkin. 
Shunday xo‘jalik jarayonlari amalga oshiriladiki, ularda bir vaqtda natural va pul 
o‘lchov birliklaridan foydalaniladi. O‘lchov birliklarini qo‘llash birinchidan hisob 
turiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan amalga oshirilayotgan xo‘jalik jarayoniga ham 
bog‘liqdir. Hisob turlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘lchov 
birliklaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi. 

Download 345.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling