Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси


Download 345.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana03.02.2023
Hajmi345.58 Kb.
#1149104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
1-Маъруза матни

Xo‘jalik hisobi
 
Operativ hisob
Statistik hisob
Buxgalteriya hisobi




 

Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
 
______________________________________________________________________ 
foydalanilmay, ularni boshqaruvchi organlarda ham foydalaniladi. Bunday 
ma’lumotlar umumlashtirilib, ichki tezkor hisobot tarkibiga kiritilishi mumkin. Tezkor 
hisobotning ko‘rsatkichlari ayrim tarmoqlar va butun iqtisodiyot miqyosida tegishli 
jarayonlarni borishi ustidan kuzatish hamda axborotni umumlashtirish uchun xizmat 
qiladi. 
Tezkor hisobning ma’lumotlari ulardan keyinchalik foydalanishda buxgalteriya 
yoki statistika hisobida qayta ishlanadi. 
Statistik hisob. Bu hisob jamiyatimizda yuz berayotgan ommaviy, ijtimoiy–
iqtisodiy, siyosiy hodisalarni o‘rganish va nazorat qilish, ular to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni yig‘ish hamda qayta ishlash tizimidan iborat. Xo‘jalik hisobining bu turi 
butun davlat iqtisodiyotini va uning tarmoqlarining rivojlanish jarayonini o‘rganishga 
yo‘naltirilgan. Uning obyekti alohida korxona, tashkilot, butun bir iqtisodiyot yoki 
uning biror tarmog‘i bo‘lishi mumkin. 
Statistik hisobda o‘rganayotgan obyekti va qo‘yilgan maqsadiga qarab natura, 
mehnat va pul o‘lchov birliklaridan, umumlashgan ko‘rsatkichlarni olish uchun 
operativ va buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan keng foydalaniladi.
Statistik hisobni yuritish, tashkil qilish belgilangan nizom va yo‘riqnomalar 
bilan tartibga solinadi. Statistik hisobot shakllari Moliya Vazirligi, Davlat 
Statistika Qo‘mitasi, teshli idoralar tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Bu 
hisobning o‘ziga hos xususiyati shundaki, birinchidan bir turli ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlarni o‘rganish, kuzatish va tahlil qilishda ko‘p qo‘llaniladi, ikkinchidan, 
boshlanish va tugallash muddatlari belgilanadi. Statistik hisobni operativ hisobdan 
farqi birinchidan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar to‘liq sodir etilgandan keyingina 
olib boriladi, ikkinchi farqi o‘tkazilgan kuzatish natijalari belgilangan 
hisobot shakllarida yaxlit va umumlashtirilgan holda ko‘rsatiladi. 

Download 345.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling