Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
Download 345.58 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Xo‘jalik hisobi to‘g‘risida tushuncha va uning turlari, ahamiyati hamda ularda qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari
- Buxgalteriya hisobi
Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси ______________________________________________________________________ har bir ishni hisobga olish va xabar berishni ham o`z ichiga oladi. Firmalar o`rtasida qarorlar qabul qilish va taqqoslamalarni ichki va tashqi foydalanuvchilar tomonidan moliyaviy hisobotlarni tushunilishi kafolati maqsad qillib olingan. UQBT moliyaviy hisobot va auditda keng qo`llaniladi. 4 1.Xo‘jalik hisobi to‘g‘risida tushuncha va uning turlari, ahamiyati hamda ularda qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashib borishi, O‘zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi o‘z navbatida, mavjud qonunchilik asosini doimiy ravishda takomillashtirib, uni xalqaro me’yorlar va standartlarga moslashtirib borishni taqozo qiladi. Buxgalteriya hisobi – bu ichki boshqaruv va tashqi iste’molchilar uchun joriy, yakuniy ma’lumotlarni tayyorlash, taqdim qilish maqsadida ularga uzluksiz hamda o‘zaro bog‘liq kuzatishlar, o‘lchovlar, ro‘yxatga olish, ma’lumotlarni qayta ishlash va korxonalar, birlashmalar, muassasalarning xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish tizimidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik shakllari turli xil bo‘lgan subyektlarning tashkil topish jarayonida ularni boshqarish, faoliyatini nazorat va tahlil qilish; ma’muriyat tomonidan tezkor qarorlarning qabul qilinishiga asos bo‘ladigan zarur ma’lumotlarni asosan buxgalteriya hisobi takdim etadi. Shu bilan birga bu fan boshqa mamlakatlar buxgalteriya hisobini yuritish usullarining ilg‘or shakllarini iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etish yo‘llarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etishga tavsiya etadi. Kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida ham iqtisodiyotdagi hisob turlariga talab mavjud bo‘lgan. Chunki xalq xo‘jalik hisobi insoniyat uchun zarur bo‘lgan iste’mol buyumlari, kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqalarni ishlab chiqarish, taqsimlashni hisobga olish demakdir. Har bir jamiyatning ham asosiy maqsadi zaruriy buyumlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlashdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun kishilar ijtimoiy hayotida sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarni kuzatish, jamiyatda mavjud bo‘lgan mehnat buyumlari, mehnat qurollarini, hamda mehnat jarayonlarini hisobga olib borish zarur bo‘ladi. Xuddi shu vazifani esa xalq xo‘jalik hisobi bajaradi. Tovar ayirboshlash davrida xalq xo‘jalik hisobi ahamiyati ko‘paydi, chunki tovar ayirboshlash uchun umumiy ekvivalent talab etiladi. Umumiy ekvivalentga esa faqat hisob-kitobni tahlil etish, to‘g‘ri yurgizish orqaligina ega bo‘lish mumkin, ya’ni 4 Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press, 2014; 8-bet |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling