Zbekiston respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi
O‘zbekistonda NNTning fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlanishi
Download 0.96 Mb.
|
фуқаролик жамияти . doc
3.O‘zbekistonda NNTning fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlanishi.
Mustaqillik davrida mamlakatda fuqarolik jamiyatining asosi bo‘lgan demokratik institutlarni shakllantirish va rivojlantirish jarayonlariga doir islohotlar yildan-yilga chuqurlashib bordi. 2005-yilga kelib respublikada 402 ta respublika ahamiyatiga molik nodavlat jamoat birlashmalari faoliyat ko‘rsata boshladi. Ulardan 81 tasi xalqaro tashkilotlardan iborat edi. Nodavlat tashkilotlarning 48 tasi jamg‘arma, 78 tasi jamiyat, 4 tasi siyosiy partiya, 42 tasi federatsiya, 16 tasi kasaba uyushmalari, 2 tasi harakat, 20 tasi markaz, 48 tasi assotsiatsiya, 20 tasi uyushma, 5 tasi qo‘mita, yana 37 tasi turli nomlarda rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda davlat ro‘yhatiga olingan 1957 ta, shuningdek, hisob ro‘yxatiga olingan 2911 ta, hammasi bo‘lib 4868 ta mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan jamoat birlashmalari faoliyat ko‘rsatdi. Qisqa davr ichida ularning soni tezlik bilan o‘sdi: 2017-yilning 1- noyabr holatiga binoan 9158 ta NNT faoliyat yuritdi. 2017-yilning o‘zida 669 ta yangi tashkil etilgan NNT ro‘yxatga olindi. O‘zbekistonda NNT o‘z faoliyatlarini hududiy mansubligiga bog‘liq holda quyidagi darajalarga bo‘linadi: - umummamlakat ahamiyatiga ega bo‘lgan NNT. Ular o‘zlarining tuzilmaviy quyi tashkilotlariga (mahalliy tashkilotlari, filiallari,bo‘limlari, vakolatxonalari va boshq.) ega bo‘lib, butun mamlakat miqyosida faoliyat yuritadi; - mintaqaviy NNT. Ularga Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida faoliyat yuritadigan NNT kiradi; - mahalliy NNT. Ularga tumanlar, shaharlar, shaharcha va boshqa kichik hudularda farliyat yurituvchi NNT kiradi. O‘zbekistondagi NNTni xalqaro tashkilotlar ekspertlari quyidagicha tasniflaydi: 1.Aholining yirik qatlamlari ijtimoiy manfaatlari uchun xizmat qiladigan umummilliy tuzilmalar. 2.Ekologiya, madaniyat va sog‘liqni saqlash sohaliga ixtisoslashgan milliy-xalqaro jamg‘armalar. 3.Kasbiy va ma’naviy manfaatlar bo‘yicha tuzilgan ijtimoiy tashkilotlar. 4.Umummilliy hayriya jamiyatlari va jamg‘armalari. 5.Huquqni himoya qilish nohukumat tashkilotlari (O‘zbekiston sudlar uyushmasi, Advokatlar palatasi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va boshq.). 6.Ijodiy ziyolilarning milliy jamoat tashkilotlari (Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar uyushmasi, Kompozitorlar uyushmasi, Arxitektorlar uyushmasi, Kinematografistlar uyushmasi va boshq.). 7.Milliy-madaniy markazlar (ular O‘zbekistonda yashayotgan milliy jamoalar (ozchilik) vakillarini milliy va etnik belgilariga qarab birlashtiradi, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik jamiyatlari va boshq.). 8.Ijtimoiy ahamiyatli qatlamlar va ijodiy manfaatlar bo‘yicha birlashmalar (Avtomoto havaskorlarining ko‘ngilli jamiyati, Ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati, Turistlar klubi, Havaskor qo‘shiqchilar klubi va boshq.). Bundan tashqari, NNTlar qatoriga turli shakllarga mansub bo‘lgan tashkilotlarni kiritish mumkin: - Siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlar; - Kasaba uyushmalari; - Diniy tashkilotlar; - Turli sport federatsiyalari va uyushmalari. Mamlakatimizda 1991-yili jamoat birlashmalarining soni 200 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2000-yilda ularning soni 2300 taga, 2010-yilda – 5100 taga yetdi. Bugungi kunda jamiyat hayotining turli sohalarida 8 ming 100 dan ziyod nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu degani 2010-yilga nisbatan 1,6 marta ko‘p demakdir. Mamlakatdagi nodavlat notijorat tashkilotlarining 39 foizi hukumat va uning quyi organlari tashabbusi bilan tuzildi. Mavjud nodavlat notijorat tashkilotlarining 16,1 foizini sport, 10,4 foizini yoshlar, 10 foizini huquqiy va demokratik institutlarni mustahkamlash, 9 foizini siyosiy partiya tashkilotlari, 8,4 foizini nogiron va imkoniyati cheklanganlar huquq va manfaatini himoya qilish, 6,4 foizini madaniyat-ma’rifat va tarix yo‘nalishi, 6,3 foizini kasaba uyushmalari, 5 foizini xotin-qizlar, 4,2 foizini faxriylar, 3,8 foizini sog‘liqni saqlash, 3,4 foizini tadbirkorlar va fermerlar hamda qolgan 12,6 foizini boshqa sohalar tashkil etadi. Keyingi o‘n yilliklarga kelib O‘zbekiston ijtimoiy hayoti uchun butunlay yangi bo‘lgan nodavlat tashkilotlar tuzila boshlandi. XXI-asrda texnologik jarayonlarning ko‘payishi, avtomobil harakatlarini keskin oshishi, plastik mahsulotlarning maishiy turmushga kirib kelishi natijasida ekologik xavf kuchaydi. Ana shu xavf oqibatlariga qarshi kurash maqsadida mamlakatdagi ekologiyaga oid tashkilotlar tashabbusi bilan 2008-yil 2-avgustda O‘zbekiston Ekologik harakati tashkil etildi. Bu harakat fuqarolik jamiyati instituti sifatida faoliyat yurita boshladi. Uning asosiy shiori - “Atrof muhit ozodaligi – salomatlik garovi” aholi o‘rtasida tezlik bilan yoyilib ketdi. Bu harakatning faol harakati bilan aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirishga oid turli tadbirlarni amalga oshirish an’anaga aylan boshladi. 2019-yil 24-yanvarda Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston “Ekologik partiya”si davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Yangi partiyaning asosiy maqsadi barqaror rivojlanishga, ekologik xavfsizlikka erishish, hozirgi va kelajak avlod uchun tabiiy resurslarni saqlash va qulay atrof muhitni yaratishga yo‘naltirilgan davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni ta’minlash, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni saqlash davlat, jamiyat va mamlakat har bir fuqarosining vazifasi bo‘lishiga erishishga ko‘maklashishga qartilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda BMTning Rivojlanish Dasturlari asosida o‘nlab xorijiy nodavlat tashkilotlar o‘z vakolatxonalari va boshqa vakillik idoralarini tashkil etdi. Jumladan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakolatxonasi, BMTning Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) vakolatxonasi va boshqаlar. Davlat tomonidan moliyalashtirish (subsidiyalar, grantlar – asosan Oliy Majlis huzuridagi Ijtimoiy fond tomonidan). “Xorijiy donorlar mablag‘lari (grantlar) Kengashi” (“British Council”), Germaniya Agroaksiya tashkiloti, YUNESKO vakolatxonasi, “Global Involment” nomli ta’limga doir tashkilot, Osiyo madaniyati va rivojlanish instituti, AQShning “Mehr-muruvvat korpusi” va ekologiyaga oid “KOFUTIS” tashkiloti, Yevroosiyo jamg‘armasi, Germaniyaning “Gyote instituti”, Fransiyaning “Alyans Franse” tashkiloti, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Koreys agentligi, Rivojlanish va hamkorlik bo‘yicha Turkiya agentligi, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Yaponiya agentligi, kabi yuzdan ortiq xorijiy mamlakatlar nodavlat tashkilotlari vakolatxonalari va filiallari turli sohalarida keng faoliyat yuritmoqda Hozirgi davrda mamlakatda 50 ga yaqin xorijiy mamlakatlar NNT va ularning vakolaxonalari faoliyat olib bormoqda. Mamlakatda XXI-asr boshlarida “Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari” konseptual siyosiy dasturni amalga oshirish maqsadlaridan kelib chiqib, markaziy davlat organlarining ayrim vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarga bosqichma-bosqich berib borish asosida jamiyat qurilishini erkinlashtirish jarayonlari boshlandi. Bu sohada quyidagi yo‘nalishlarda islohotlar bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilmoqda: - birinchidan, jamiyat a’zolarining ongi, irodasi, madaniyati, ma’naviyati va bilimi yuksak darajada bo‘lishiga erishish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatiga alohida e’tibor berish; - ikkinchidan, jamiyat a’zolarining manfaatlari uyg‘unlashuvi jarayonlarini shakllantirish, jamiyat manfaatlarining shaxsiy manfaatlar bilan mushtarakligiga erishish; - uchinchidan, jamiyatning takomillashuvi va yangilanishi uchun kuchli va real siyosiy, iqtisodiy, madaniy imkoniyatlarni shakllantirish; - to‘rtinchidan, jamiyat a’zolari va tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlik asosida jamiyatning umumiy manfaatlarini uyg‘unlashtirish; - beshinchidan, jamiyatdagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy qoidalar ta’sirini kuchaytirish, ularga ongli ravishda bo‘ysunish amaliyotini vujudga keltirish; - oltinchidan, siyosiy hokimiyatning o‘z vazifalarini to‘liq bajarishiga kengroq va qulayroq imkoniyatlar yaratish, siyosiy hokimiyatga nisbatan jamiyat a’zolari ishonchini kuchaytirish, uning aholi tomonidan keng va faol qo‘llab-quvvatlanishiga erishish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida o‘zini-o‘zi boshqarish organlari (mahalla)ning o‘rni beqiyosdir. Yurtimizda ming yillar davomida sinalgan va chuqur ildiz otgan, aholini birlashtirib turadigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa, uning hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xalqimizning urf-odatlari, an’analari va qadriyatlarini saqlab qolish, ularni jipslashtirish kafolati sifatida maydonga chiqayotganligini yaqqol ko‘rib turibmiz. O‘zbekistonda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqaruvini amalga oshirishda mahalla o‘rnak bo‘ladi. Mahalla o‘zbeklarning tarixan shakllangan jamiyat taraqqiyotini yuksaltirish uchun yagona maqsad bilan yashab, faoliyat ko‘rsatish makoniga aylangan. U o‘zbek xalqining turmush tarzi, ruhiyati, ijtimoiy hayotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi, milliy an’analarini, urf-odatlarini, axloqiy-ma’naviy qadriyatlarini avloddan-avlodga yetkazuvchi muqaddas maskan bo‘lib kelgan. Mahalla insonlarning millati, yoshi, jinsi, dini, irqi, tili, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar ularni ezgulik yo‘lida jipslashtiruvchi va birlashtiruvchi katta va muqaddas oila hisoblanadi. Mahalla sharqona an’analar, urf-odatlar va marosimlarni jamoada amalga oshirib, avloddan-avlodga yetkazib kelmoqda. Mahalla faollari an’anaviy, oilaviy to‘ylar, bayramlar, motam marosimlarini o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni amalga oshirishda bosh-qosh bo‘lishadi. Ularni dabdabasiz, isrofgarchiliksiz, ortiqcha xarajatlarsiz, ixcham qilib o‘tkazish, mahalla oqsoqoli va maxsus mutasaddi komissiyalarga bog‘liq. Mahallada o‘tayottan har bir tantana yoki marosim uchun mahalla ahlining kattayu kichigi birday mas’uldir. Bunday tadbirlarda kattayu kichikka, boyu kambag‘alga, mansabdoru oddiy fuqaroga bir xil hurmat va ehtirom ko‘rsatiladi. Chunki mahallaning barcha a’zosi yagona, teng huquqli va mustahkam bitta oila hisoblanadi. Mahallada kelajak avlodimiz tarbiya topadi. Bu yerda o‘sayotgan har bir yigit-qizning axloq-odobi uchun butun mahalla ahli mas’uldir. Shuning uchun ham “Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona”, “Bir bola tarbiyasi uchun yetti mahalla ota-ona” kabi naqllar bejiz paydo bo‘lmagan. Yoshlarning har bir xatti-harakati barchaning diqqat-markazida bo‘ladi. Mahalladoshlarning har bir yosh taqdiriga javobgarligi, ularni nazorat qilishi-barkamol insonni tarbiyalab yetishtirishning negizidir. Xulq-odobi yaxshi har tomonlama namunali farzand mahallaning obro‘sidir, noqobil, axloqan nomaqbul farzand esa mahalla uchun qora dog‘idir. Mahalladan yurtga taniqli insonlar yetishib chiqsa, butun mahalla ahli, ularning avlod-ajdodlari g‘ururlanadilar. Mahalla tuzilmasi va funksiyasi vaziyatga qarab o‘zgarib turgan, ammo u o‘zini o‘zi boshqarish tamoyilini saqlab qolgan, o‘z hududida istiqomat qiluvchi kishilar o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni muvofiqlashtirib turgan. Mustaqillik yillarida mahallalar jamiyatning moddiy-ma’naviy asoslarini yaratish tayanchiga aylanib, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-siyosiy masalalarni hal etib, fuqarolar yig‘inida demokratiya tamoyillarini shakllantirish, inson omilini qadrlash makoni sifatida tiklanmoqda. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling