Zbekiston respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi


Download 0.96 Mb.
bet31/52
Sana08.05.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1441404
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   52
Bog'liq
фуқаролик жамияти . doc


Partiyaning vazifalari:
- O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash borasida demokratik jarayonlarni jadallashtirish;
- O‘zbekistonda huquqiy-demokratik davlat barpo etish borasida Vatanga sadoqatli xizmat qiladigan insonlarni tarbiyalash;
- O‘zbekiston fuqarolariga o‘z qonuniy huquqlari, erk va burchlarini anglashga ko‘maklashish, ularning siyosiy ongi, madaniyatining rivoji uchun kurashish;
- o‘zbek xalqining milliy an’analariga tayangan holda milliy qadriyatlarni tiklash, boy madaniy merosimizni o‘rganish asosida yosh avlodni tarbiyalash;
- millatlararo munosabatlarni mustahkamlash, do‘stlik va hamjihatlikni rivojlantirish, har qanday millatchilik, diniy ekstremizm, terrorizm illatlariga qarshi kurash olib borish, dinlararo bag‘rikenglikni, tinchlik va barqarorlikni, millatlararo totuvlikni targ‘ib qilish;
- davlat ijroiya tizimini takomillashtirish, davlat hokimiyati organlarida iymonli, pok, o‘z Vatani, xalqini sevadigan va elu yurtiga sadoqat bilan xizmat qiladigan rahbar va mutaxassis kadrlarning ishlashiga erishish;
- respublika fuqarolarining turmush darajasini ko‘tarish, ijtimoiy jihatdan muhtoj aholining muhofazasini ta’minlash borasida takliflar ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
- O‘zbekistonning jahon miqyosida o‘z o‘rnini egallashi, dunyodagi ilg‘or davlatlar bilan xalqaro huquq talablari asosida o‘zaro manfaatli aloqalarini rivojlantirish uchun faoliyat ko‘rsatish, milliy manfaatlariga mos keladigan tashqi siyosatni qo‘llab-quvvatlash;
- Partiyadan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining saylanadigan lavozimlariga nomzodlar ko‘rsatish, qayd etilgan saylovlarda ishtirok etish, shuningdek, saylangan organlarda faoliyat ko‘rsatish;
- malakali mutaxassislar, budjet sohalari xodimlari, pedagoglar, shifokorlar, muhandis-texnik va ilm-fan vakillari, xizmat ko‘rsatish sohalari mehnatkashlari manfaatlarini himoya qilish.
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (MTDP) 1995-yil
3-iyunda tashkil topdi. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining asosiy maqsad-vazifasi milliy an’analarni va qadriyatlarni saqlashdan iborat. Partiya huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, fan-texnika taraqqiyotini va O‘zbekistonning globallashib borayotgan jahonda munosib o‘rin egallashini ta’minlashni yoqlaydi. U biz faxrlanadigan milliy an’analar va qadriyatlarimizni saqlab qolish tarafdorlari bo‘lgan insonlar manfaatlarini himoya qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Bunday shaxslar – partiyaning asosiy ijtimoiy qatlamidir. Partiya mustaqillik yillarida boshlangan milliy qadriyatlarni tiklash, o‘zlikni anglash, milliy g‘oyalarni shakllantirish va milliy mustaqillik mafkurasini mustahkamlash, xalqning ma’naviy hayotida diniy an’analarni tiklash kabi xayrli ishlarni izchil, bosqichma-bosqich va tizimli ravishda davom ettirish tarafdoridir. Ushbu ishni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish, uning samaradorligini oshirish zarur.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasining yangilangan asosiy siyosiy shiori:
“Maqsadimiz - O‘zbekiston fuqarosi ongida o‘z mamlakatining tarixiy o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagi uchun faxrlanish tuyg‘usini tarbiyalash va mustahkamlash ! ”
Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling