Zbekiston respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi
mavzu. Jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligi
Download 0.96 Mb.
|
фуқаролик жамияти . doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Jamoatchilik nazoratining mohiyati.
11.mavzu. Jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligi.
Reja: 1. Jamoatchilik nazoratining mohiyati. 2. Jamoatchilik nazorati tizimi. 3. Jamoatchilik nazoratining subyektlari. 4. Jamoatchilik nazoratining shakllari. 1. Jamoatchilik nazoratining mohiyati. Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. Jamoatchilik nazorati bo‘lmagan yoki jamoatchilik nazorati yetarli darajada kuchga ega bo‘lmagan mamlakatda fuqarolik jamiyati shakllanishini ham tasavvvur qilish qiyin. Shuning uchun mamlakatimiz Konstitutsiyasida jamoatchilik nazoratining mamlakatimiz fuqarolari davlat boshqaruvida ishtirok etishlarining muhim vositasi ekani e’tirof etilmoqda. Jamoatchilik nazoratini tashkil qilish masalalarini tahlil qilishdan avval “jamoatchilik nazorati” tushunchasining turdosh tushunchalar bilan umumiy jihatlari va tafovutlarini aniqlab olish lozim. Hozirgi kunda matbuotda va ilmiy adabiyotlarda “jamoatchilik nazorati”, “ijtimoiy nazorat”, “fuqarolik nazorati” kabi atamalar ishlatilmoqda. Tahlil shuni ko‘rsatmoqdaki, mazkur atamalar ko‘pincha sinonim sifatida va ba’zan noo‘rin qo‘llanilmoqda. “Jamoatchilik nazorati” va “fuqarolik nazorati” tushunchalari bir-biriga juda yaqinday tuyuladi. Aslida ular o‘rtasida umumiyliklar bilan bir qatorda jiddiy tafovutlar ham mavjud. Ular o‘rtasidagi tafovutlar avvalo shundan iboratki, harbiy yuristlarning fikriga ko‘ra, fuqarolik nazorati armiya faoliyati ustidan jamoat tashkilotlari olib borayotgan nazoratni anglatadi. “Jamoatchilik nazorati” va “fuqarolik nazorati” tushunchalari o‘rtasidagi tafovut xuddi mana shu o‘rinda ko‘rinadi. Fuqarolik nazoratini hech bir jamoat birlashmasiga a’zo bo‘lmagan fuqaro ham amalga oshirishi mumkin. Jamoatchilik nazoratini esa alohida fuqarolar emas, jamoat birlashmalari va ularning vakillari amalga oshiradi. “Jamoatchilik nazorati” va “ijtimoiy nazorat” tushunchalari o‘rtasidagi tafovut avvalo, shundaki, “ijtimoiy nazorat” tushunchasi mazmun doirasiga ko‘ra “jamoatchilik nazorati” tushunchasidan kengroq. Bu tushuncha tarkibiga “jamoatchilik nazorati” tushunchasidan tashqari davlat nazorati va fuqarolik nazorati ham kiradi. Chunki ular ham mohiyatan ijtimoiy nazoratning ko‘rinishlaridir. Jamoatchilik nazoratiga turli-tuman ta’riflar berilgan. Jamoatchilik nazoratining asosiy xususiyatlarini qamrab oladigan quyidagicha ta’rifdan foydalanish o‘rinliroq bo‘ladi: “Jamoatchilik nazorati-jamoat birlashmalari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining amaldagi qonunlarga mosligini aniqlash va baholash bo‘yicha yuritadigan faoliyat”. O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”63gi Qonun 2018-yil 13-aprelda qabul qilindi. Qonun maqsadlari quyidagilardan iborat: - fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash; - davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni ta’minlash; - jamiyat manfaatlarini himoya qilish. Jamoatchilik nazoratining vazifalari quyidagilardan iborat: - davlat organlari va jamiyatning o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini ta’minlash; - davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunlarga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularning ta’minlanishi ahvoli to‘g‘risida fuqarolarni xabardor qilish; - davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunga rioya qilmaslik holatlarini aniqlash va keng jamoatchilikni xabardor qilish, ularni jamoatchilik yordamida bartaraf etish, jamiyatda ijtimoiy adolat prinsipini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish; - fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash sohasida fuqarolik jamiyati institutlari va davlat organlarining hamkorligi”. Fuqarolik jamiyati institutlari o‘z tashabbuslari bilan shakllanadigan va o‘zini o‘zi boshqaradigan institutlar hisoblanadi. Lekin ana shu o‘zini o‘zi boshqaradigan institutlar o‘ziga o‘xshash boshqa institutlar bilan mutanosib ravishda faoliyat yuritishlari uchun ular muayyan darajada rivojlangan bo‘lishlari kerak. Shuning uchun ham, fuqarolik jamiyati institutlari o‘sha muayyan darajaga yetgunlaricha ularga davlatning madadi zarur bo‘ladi. Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi bilan bog‘liq tarzda rivojlanib boradi. Fuqarolik jamiyati rivojlanib borgani sari jamoatchilik nazorati uchun kengroq imkoniyatlar va istiqbollar paydo bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, jamoatchilik nazoratining rivojlanishi fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishiga olib keladi. Rivojlangan va keng quloch yoygan jamoatchilik nazoratini fuqarolik jamiyatisiz tasavvur qilib bo‘lmaganidek, fuqarolik jamiyatining rivojlanishini ham jamoatchilik nazoratisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Fuqarolik jamiyati jamoatchilik nazorati rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratishining sababi shundaki, tom ma’nodagi samarali, mustaqil va xolis jamoatchilik nazoratini iqtisodiy va siyosiy jihatdan erkin fuqarolar va ularning birlashmalarigina amalga oshirishi mumkin. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va modernizatsiyalash sharoitida jamoatchilik nazorati mazmunida ana shunday o‘zgarishlar o‘z ifodasini topadi. Bu esa faoliyat subyekti bo‘lgan har bir shaxs o‘z zimmasiga muayyan majburiyatlarni olish bilan birga, boshqalardan, davlat hokimiyati organlaridan ularning zimmasidagi majburiyatlarni, vazifalarni bajarishlarini talab qilishi mumkinligini anglatadi. Mamlakatning barqaror rivojlanishida jamiyat va shaxsning munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy mexanizmlardan biri bo‘lgan davlat nazorati muhim rol o‘ynaydi. Ayni paytda, jamiyat, undagi fuqarolik institutlari va barcha fuqarolar jamoatchilik nazorati orqali davlat va boshqaruv subyektlarining faoliyatini mavjud ijtimoiy meyorlar, qadriyatlar, huquqiy andozalar yordamida nazorat qiladi. Jamoat tashkilotlari davlat hokimiyati organlari bilan birga nazorat ishlarini olib borishlari va zarur hollarda davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini olib borishlari ham mumkin. Bu ikki vaziyat bir-birini inkor qilmaydi. Davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiq-oshkoraligi jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratadi. Xuddi shuni hisobga olib, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. Mazkur qarorni bajarish yuzasidanSamarqand va Buxoro viloyatlarida davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha eksperiment o‘tkazildi. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish ikki yo‘nalishda olib borilmoqda. Birinchidan, davlat o‘zining bosh boshqaruv subyekti maqomini saqlagan holda jamoat tashkilotlari bilan aloqalarni yangi asosga o‘tkazmoqda. Endi, davlat o‘zining muayyan funksiyalarini jamoat tashkilotlariga o‘tkazmoqda, bir qator vakolatlarini, huquq va resurslarni ularga bermoqda. Shu yo‘l bilan davlat jamoat tashkilotlarining o‘zini o‘zi boshqarish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Ikkinchi tomondan, jamiyat jamoat tashkilotlarini rivojlantirish orqali ularning ulkan salohiyatlarini mamlakatni boshqarish yo‘nalishida faollashtirmoqda. Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda huquqiy me’yorlar poydevor vazifasini bajaradi. Huquqiy me’yorlarning asos vazifasini bajarishi jamoatchilik nazoratining har bir qadami mavjud qonunlar asosida qo‘yilishini taqozo etadi. Jamoatchilik nazoratining mohiyat jihatidan huquqiy nazorat ekani fuqarolik jamiyatining tarkibiy qismi bo‘lgan huquqiy davlatning mohiyatiga to‘la mos keladi. Ayni paytda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, huquqiy davlatni yaratish yo‘lida amalga oshirilayotgan jamoatchilik nazoratining o‘zi ham mavjud qonuniy me’yorlarga asoslanishi lozim. Davlat organi o‘zining nazorat funksiyalarini amalga oshirishda jamoatchilik nazorati subyektlaridan kelib tushadigan axborotdan foydalanadi, jamoatchilik nazorati esa, o‘zining funksiyalarini ko‘pincha tegishli davlat organlariga murojaat qilish orqali amalga oshiradi. Ana shunday o‘zaro bog‘liqlik mamlakatimizda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokama qilish jarayonida hamda mazkur qonun loyihasini hayotga tadbiq qilish bo‘yicha Buxoro va Samarqand viloyatlarida o‘tkazilgan eksperiment davomida o‘zining yorqin ifodasini topdi. NNTlarning vujudga kelishi obyektiv voqelikning in’ikosi bo‘lib, hatto eng rivojlangan demokratik mamlakatlarda ham davlat o‘zining fuqarolariga o‘z organlari va mansabdor shaxslarining suiiste’molliklardan xoli ekaniga to‘la kafolat berolmaydi. Demokratiya fenomenining yirik tadqiqotchilaridan bo‘lgan Aleksis de Tokvil demokratik tuzumning mohiyati hukumatning hokimiyatini cheklashda, deb talqin qilgan edi. Insonning huquqini hukumat emas, birinchi navbatda, qonun, shaxsning o‘zi va jamiyat himoya qilishi kerak. Demokratik jamiyatda jamoat birlashmalarining vujudga kelishi jamiyatni boshqarish qonunlaridan biri bo‘libgina qolmay, mutlaq zaruriy qonun hamdir. De Tokvilning fikriga ko‘ra, “Dunyodagi mamlakatlar orasida eng demokratik mamlakat fuqarolari maqsadga yetishishda o‘zaro maslahatlashish asosida ish ko‘radigan va mazkur jamoaviy harakat usulini boshqalardan ko‘ra ko‘proq qo‘llaydigan mamlakatdir”. Huquqni himoya qilish bo‘yicha tuzilgan jamoat tashkilotlari barcha mamlakatlarni tezkor, samarali va kam sarf bilan inson huquqlari muammosini hal qilishga ko‘maklashadigan va hokimiyat organlari suiiste’molliklaridan himoya qiladigan tashkilotlarga bo‘lgan ehtiyojni ifodalaydi. Demokratik mamlakatlarda tuzilayotgan NNTlar bir qator umumiy funksiyalarga ega. Fuqarolarning talablarini ifodalash; so‘z erkinligini ta’minlash; jamoatchilikni davlatni boshqarish va demokratik jarayonlarda ishtirok etishga safarbar qilish kabilar ana shunday funksiyalar jumlasiga kiradi. XX-asr oxiriga kelib bir qator muammolarni hal qilishda, xususan, inson huquqlarini himoya qilishda NNTlarning ishtirokini ta’minlash xalqaro-huquqiy jarayonning uzviy tarkibiy qismiga aylandi. BMT doirasida inson huquqlariga oid asosiy hujjatlarni tayyorlashni NNTlarning ishtirokisiz tasavvur qilish qiyin. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling