Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги а.ҚОдирий номидаги жиззах давлат
“Bayt ul-Hikma” - musulmon dunyosi ilm-fan va madaniyatining
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
arab musulmon madaniyatining zhahon tarixida tutgan orni 2
2.2.“Bayt ul-Hikma” - musulmon dunyosi ilm-fan va madaniyatining beshigi sifatida
O‘rta asr Sharq xalqlari fani va madaniyati tarixida Bag‘dodda bunyod etilgan «Bayt al-hikma» so‘zsiz, yirik ilmiy voqea sanaladi. «Bayt al-hikma» o‘zbek tilida «Hikmatlar uyi» degan mazmunni anglatadi. Bu iboradagi «hikmatlar» ortida o‘sha davrdagi qator fanlar, jumladan, falsafa, tabobat, falakiyot, riyoziyot, adabiyot, diniy ilmlar tushuniladi. Binobarin, «Bayt al-hikma» birinchi navbatda, ushbu sanab o‘tilgan fanlar qolaversa, boshqa fan yo‘nalishlarida ham ish olib borilgan ilm va tarjimalar dargohi bo‘lgan 22 .
ko‘p vaqt o‘tmay, u yerda jamlangan kitoblarni arab tiliga tarjima qilish markaziga aylandi. Keyinchalik esa, bu markaz tevaragida o‘z davrining eng yirik olim va tarjimonlari to‘planib, ijod qildilar. Ta‘kidlash joizki, ularning o‘zagini Movarounnahr va Xuroson olimlari tashkil etdi. Ayni paytda bu maskanda bir tomondan, yunon, hind va fors tillaridagi ko‘plab nodir asarlarning jamlangani, ikkinchi tomondan jamlangan kitoblarning eng noyoblari tanlab olinib, arab tiliga o‘girilgani hamda muomalaga kiritilishi, uchinchi tarafdan esa, muhim asarlarni yaratgan taniqli olimlarning «Bayt al-hikma»da to‘plangani, uni o‘rta asrlarning eng mashhur ilmiy dargohiga aylanishi va ilmiy adabiyotlarda «Bag‘dod ilmiy maktabi» va «Bag‘dod akademiyasi» degan nomlar bilan tanilishiga asos bo‘ldi. «Bayt al-hikma» ta‘sis etilgan yil haqidagi ma‘lumotlar hozirga qadar ma‘lum emas. U Bag‘dodning qaysi nuqtasida joylashgani borasida ham aniq bir xulosaga kelish qiyin. Ammo u xalifa saroyining biror-bir qismida joylashgan bo‘lishi kerak, deb taxmin qilish mumkin. Bundan tashqari, «Bayt al-hikma»ning tashkil topishi ba‘zan faqat xalifa al-Ma‘mun ismi bilan ham bog‘lab ko‘rsatiladiki, bu hakikatdan ancha yirokdir.
22 Bahrom Abduhalimov. Bayt-al-hikma. T., ―O‘zbekiston‖, 2010, 34-bet. 46
Tarixdan ma‘lumki, 749 yilda Abu-l-Abbos Saffah (749-754) xalifa Marvon II ni taxtdan ag‘dargach, xalifalikni boshqarish abbosiylar sulolasi qo‘liga o‘tadi. Bag‘dod tez orada sharqda Markaziy Osiyogacha, g‘arbda Ispaniyaga qadar kengaygan yirik davlatning poytaxtiga aylandi. Arablar, odatda, o‘zlari bosib olgan mamlakatlarning boyliklarini o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solar edilar. Shu boisdan bu mamlakatlarning ham moddiy, ham ma‘naviy boyliklari asta-sekin Bag‘dodga oqib kela boshladi. Ayniqsa, al- Mansur, Horun ar-Rashid, al-Ma‘mun kabi Abbosiy xalifalar qadimiy qo‘lyozma asarlar va yirik olimlarni o‘z saroylariga jalb etishga alohida e‘tibor qaratish bilan bir qatorda, bu borada mislsiz jonbozlik ham ko‘rsatdilar. Natijada Bag‘dod tez orada butun xalifalikda ilmiy faoliyat yuritish uchun katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan qulay shaharga aylandi. Bu esa o‘z navbatida, olimlarning o‘sha yerda ijod qilish ishtiyoqini oshirib yubordi. Saroyda qulyozma asarlarni saqlash odati ummaviylar sulolasi davrida ham mavjud bo‘lsada, bu ish abbosiy xalifalardan al-Mansur davrida doimiy jarayonga aylandi, sifat va miqdor jihati ham tubdan o‘zgardi. Al-Mansur nodir qo‘lyozma asarlarni to‘plashdan tashqari, o‘zga yurtlardagi olimlarni ham o‘z saroyiga jalb eta boshladi. Uning saroyida Gundishopur maktabidan taklif etilgan turli diniy e‘tiqodda bo‘lgan ko‘pgina olimlar, tabiblar, kimyogarlar, geograflar va muhandislar xizmat qilgan. Ular orasida Bag‘dod shahrining qurilishida ishtirok etgan astrologlar - eronlik an-Navbaxt (vaf. 777 y.) va basralik yahudiy Menassiyalar (vaf. tax. 815 y.) ham bor edi. Musulmonlar orasida «Mashallax» nomi bilan tanilgan Menassiya, al-Mansur, Horun ar-Rashid, al-Amin va al- Ma‘munlar davrida eng mashhur astrologlardan biri edi. Al-Mansur saroyida Gundishopur maktabidan Bag‘dodga taklif etilgan qator tabiblar ham faoliyat ko‘rsatgan. Ular ichida Baxtyashu oilasiga mansub bir qancha xristian tabiblari bo‘lib, ularning eng yirik namoyandasi bo‘lmish Jibril ibn Baxtyashu, xalifa al-Mansur uchun tabobatga oid ko‘pgina asarlarni yunon tilidan arab tiliga tarjima qiladi. Jibril ibn Baxtyashuning o‘zi va bu oilaning undan ortiq,
47
boshqa tabiblari Bag‘dod shahrida uzoq yillar davomida tabiblik faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Xurosonlik yirik kimyogar va tarjimon Jobir ibn Hayyon ham xalifa al- Mansur davrida yashagan. Ibrohim al-Fazariy xalifa al-Mansurning topshirig‘iga binoan, hindlarning astronomiyaga oid yirik qomusiy asari «Sindhind»ni sanskrit tilidan arab tiliga tarjima qiladi 23 .
falakiyot, riyoziyot, tarix, adabiyotga oid boshqa kitoblar ham tarjima qilingan. Xalifa al-Mansur mazkur kitoblar, yozilgan noyob qulyozma asarlarni saqlash uchun o‘z saroyidan maxsus joy ajratgan1. Shu tariqa «Bayt al-hikma»ning yaratilishiga asos bo‘lgan saroy kutubxonasi paydo bo‘ldi. Ammo bu kutubxonaning vazifasi kitobxonlarni zaruriy adabiyotlar bilan ta‘minlash emas, balki to‘plangan nodir qulyozma asarlar, turli mamlakatlardan keltirilib, arab tiliga o‘girilgan kitoblarni saqlashdan iborat bo‘lgan. Al-Mansur davrida bu maskan hali «Bayt al-hikma» deb nomlanmagan edi. Ma‘lumki, al-Mansurning o‘g‘li Muhammad al-Mahdiy ibn Mansur (775-785) va nabirasi al-Hodiy ibn al-Mahdiylar (785-786) hukmronlik qilgan yillarda ilmiy izlanishlar va tarjima faoliyatida katta siljishlar yuz berdi, deb bo‘lmaydi. Shu sababdan ham ular davrida «Bayt al-hikma» bilan bog‘liq bo‘lgan sezilarli o‘zgarishlar ruy bermagan, deb o‘ylaymiz. Abbosiy xalifalar ichida eng dong taratgani Horun ar-Rashid (786-809) taxtga o‘tirganidan so‘ng, ijtimoiy va madaniy hayotning barcha jabhalarida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu, albatta, «Bayt al-hikma»ga o‘z ta‘sirini o‘tkazmay qolmadi. O‘rta asr manbalaridagi ba‘zi ma‘lumotlar «Bayt al-hikma» Horun ar-Rashid davrida ta‘sis etilgan, degan xulosaga kelishga asos bo‘ladi. Jumladan, Ibn an- Nadim o‘zining «al-Fixrist» kitobida vazir Sahl ibn Horun, astrolog Abu Sahl al- Fadl ibn Navbaxt2 va nusxa ko‘chiruvchi A‘lon ash-Shu‘uvbiylar3 haqida so‘z
23 B.Abduhalimov.Bayt-al-hikma. T., ―O‘zbekiston‖, 2010, 36-bet. 48
yuritar ekan, ularni Horun ar-Rashidning «Bayt al-hikma»sida faoliyat ko‘rsatgan, deb ma‘lumot beradi. Bundan, «Bayt al-hikma» Horun ar-Rashid davrida mavjud edi, degan mantiqiy xulosa paydo bo‘ladi. Ehtimol, Horun ar-Rashid o‘z saroyida jamlangan katta miqdordagi kitoblar, tarjimonlar va ulamolar uchun alohida joy ajratib, unga «Bayt al-hikma» nomini bergan bo‘lishi mumkin. Shuni ham aytish kerakki, «al-Fixrist» muallifi bu markazni ba‘zan «Bayt al-hikma», ba‘zan esa «Hizanat al-hikma» iborasi bilan ataydi. Ayni paytda o‘rta asrlarning yana bir mashhur mualliflaridan Yoqut al-Hamaviy ham Ibn an-Nadimning fikrini tasdiklaydi. Umuman, Horun ar-Rashid davrida «Bayt al-hikma» turli adabiyotlar saqlanadigan maskandan tarjima va tadqiqotlar olib boriladigan markazga aylandi. U yerga kelgan taniqli ulamolar, tadqiqotchilar nafaqat turli mavzulardagi kitoblar bilan tanishish, balki ularni mutolaa qilish imkoniyatiga ham ega edilar. Bu davrda tarjima ishlariga bo‘lgan ahamiyat bag‘oyat ortib, «Bayt al-hikma»dagi asarlar soni yanada ko‘paydi. Ibn al-Kiftiyning bu markaz haqidagi fikrlari ham nihoyatda diqqatga sazovor. U shunday deb yozadi: «Hakikatan, «Bayt al-hikma» turli ilmiy yo‘nalishlar markazi bo‘lib, Horun ar-Rashid bu institut haqidagi fikrning ibtidosi edi. Uning o‘g‘li xalifa al-Ma‘mun bu ishni amalga oshirdi. «Hikmat» so‘zi musulmon olimlarining fikriga ko‘ra ilohiy ilmlar, hisob, tabobat va falakiyotni qamrab olgan»1. Fikrimizcha, Ibn al-Kiftiy sanab o‘tgan ilmlar qatoriga falsafa ham kiritilsa, Bag‘dod ilmiy maktabidan o‘rin olgan asosiy fanlar majmuasi to‘lik ifodalanadi 24 .
hikma»ning faoliyati birmuncha susaygan bo‘lsa, uning katta o‘g‘li al-Ma‘mun davrida o‘z taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarildi. Biz al-Ma‘munni - katta, al-Aminni esa kichik o‘g‘il deb shartli ataymiz, aslida ularning har ikkisi ham bir vaqtda, ya‘ni 786 yilda ikki onadan dunyoga kelgan. Al-Ma‘mun al- Amindan olti oyga katta bo‘lishiga qaramay, xalifalik kursisiga avval al-Amin
24 B.Abduhalimov. Bayt-al-hikma. T., ―O‘zbekiston‖, 2010, 36-bet. 49
o‘tirgan. «Bayt al-hikma»ning taqdirida al-Ma‘munning o‘rni bag‘oyat yuksak bo‘lgani tufayli, biz uning ilmiy va siyosiy faoliyati, shuning barobarida, har ikki aka-uka munosabatlari xususida alohida to‘xtalib o‘tamiz. Al-Ma‘mun «Bayt al-hikma»ga alohida e‘tibor bilan qaradi. Natijada uning davrida (813-833) «Bayt al-hikma»dagi ilmiy muhit misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib, u yerda yunon, fors va hind tillaridagi muhim kitoblarni arab tiliga o‘girish, sharhlash bilan bir qatorda, mustaqil ilmiy faoliyat ham olib borilib, yangi asarlar yozildi 25 . Al-Ma‘mun diniy ilmlar, falsafa, aniq fanlar bilan qiziqqan va o‘zi ham ular bilan muntazam shug‘ullangan. Shuningdek, u tarjimonlar va olimlarga har bir yozgan yoxud tarjima qilgan kitoblari uchun katta mukofotlar tayinlagan. Al-Ma‘munning bevosita homiyligi ostida Yunoniston, Hindiston, Rum, Eron va Marvdan «Bayt al-hikma»ga katta miqdorda turli mavzudagi kitoblar kelib tushgan. Ularning ba‘zilari esa harbiy yurishlardagi o‘lja sifatida Bag‘dodga olib kelingan. Al-Ma‘munning qo‘llab-quvvatlashi bilan eng sara asarlar tanlab olinib, arab tiliga o‘girildi. Umuman, bu davrda tarjimonlik ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilib, u yaxshi tashkil etilgan doimiy faoliyatga aylandi. Tarjimonlar alohida-alohida guruhlarga bo‘linib ishlaganlar har bir guruhni albatta malakali, mohir tarjimon boshqargan va so‘nggi tahrir uchun ushbu shaxs mas‘ul bo‘lgan. Tarjimalar, odatda, yunon tilidan suryoniy tiliga, so‘ngra arab tiliga, ba‘zan esa yunon tilidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri arab tiliga o‘girilgan. Aksar hollarda, tarjimalar kitob matnlarining asli bilan taqqoslab amalga oshirilgan. Har bir tarjimonlar guruhi tarkibida matn ko‘chiruvchi va kitoblarni muqovalovchi mutaxassislar bo‘lgan. Binobarin, al-Ma‘mun davriga kelib, «Bayt al-hikma» tarkibida yirik kutubxona, tarjima va asarlar yozish, ko‘chiruvchilar hamda muqovalash uchun ajratilgan maxsus xonalar mavjud edi. Bag‘dodning ash-Shammosiya mintaqasi hamda Damashq atrofidagi Qasiyun tog‘larida mavjud bo‘lgan rasadxonalar ham «Bayt al-hikma» tarkibiga kirgan. Manbalarda al-Ma‘mun tasarrufidagi bu ikki mashhur
25 O‘sha joyda. 50
rasadxonaning «Bayt al-hikma» tarkibida bo‘lganini anglatuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma‘lumotlar uchramaydi. Zero tarixdan ma‘lumki, al-Ma‘mun o‘z saroyiga to‘plagan aksariyat astronomlar, jumladan, Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al- Farg‘oniy, Ahmad al-Marvaziy, Yaxyo ibn Abu Mansur, Xolid al-Marvarrudiy, al-Abbos al-Javhariy va boshqalar mazkur rasadxonalarda kuzatuv ishlarini olib borganlar. Modomiki shunday ekan, fikrimizcha, bu ikki rasadxonani ham «Bayt al-hikma» tarkibiga kiritish mumkin. Yuqorida bayon etilgan ma‘lumotlar asosida «Bayt al-hikma»ning ta‘sis etilishi haqida quyidagicha xulosaga kelish mumkin: Bag‘dod xalifalari saroyining ma‘lum qismini egallagan «Bayt al-hikma»ning asosi - xalifa al-Mansur davrida yaratildi, Horun ar Rashidning homiyligi ostida, u ancha kengaytirildi, rivojlantirildi, o‘zining tarixiy «Bayt al-hikma» nomi bilan yuritila boshladi. Al- Ma‘mun esa u yerda mashhur allomalarni to‘plab, ularga har taraflama ko‘mak berdi, uning eng yuqori taraqqiyot darajasiga ko‘tarilishini va o‘sha davr uchun o‘ziga xos ilmiy maktabga aylanishini ta‘minladi. O‘rta asr manbalarida «Bayt al-hikma»ning tarkibi quyidagi qismlar va olimu tarjimonlardan iborat edi, deb yaqqol ko‘rsatuvchi ma‘lumotlar uchramaydi. Lekin manbalardagi u yoki bu munosabat bilan keltirilgan fikr va mulohazalar, bu markazning tarkibi haqida birmuncha tahliliy tasavvurlarni tiklash imkonini beradi. Aftidan, «Bayt al-hikma» xalifalar saroyining ma‘lum bir qismini egallagan bo‘lishi kerak. Unda to‘plangan adabiyotlarning ko‘pligi va shuhratiga qaraganda bu kutubxona, ilm va tarjima markazi kattagina binoni egallagan. «Bayt al-hikma»da astronomlar tajriba olib borgan ash-Shammosiya mintaqasi va Qasiyun tog‘idagi rasadxonalar astronomik talablarga javob beradigan alohida joyda bunyod etilgan. Ayni vaqtda olib borilgan izlanish va tajribalar mohiyati va mazmuniga ko‘ra, «Bayt al-hikma» bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Shunga o‘xshash qarashni tabiblar va shifoxonalar xususida ham bildirish mumkin. Albatta, bu astronomlar, tabiblar va umuman, Bag‘doddagi boshqa allomalar al- 51
Ma‘mun saroyining, binobarin «Bayt al-hikma»ning ajralmas qismi bo‘lgani shubhasiz. «Bayt al-hikma»da, birinchi navbatda, katta kutubxona mavjud bo‘lgan. U yerdagi kitoblarning umumiy soni haqida ma‘lumotlar saqlanmagan. Ba‘zan zamonaviy arab tadqiqotchilari bu kutubxonada, hozirgi zamon kutubxonalaridagi kabi barcha qulayliklar, ya‘ni fanlar va tillarga qarab taqsimlangan maxsus xonalar va javonlar, o‘tirib mutolaa qilish uchun moslamalar, adabiyotlarni tartibda saqlash, o‘quvchilarni kitoblar bilan ta‘minlovchi xizmatchilar, mukammal mavzu fixristlari (kataloglar) va hatto, toliqqan o‘quvchilarning hordiq chiqarishlari uchun musiqa xonalari ham mavjud edi, deb tavsiflaydilar. Bu kabi tavsiflar o‘zining ba‘zi jihatlari bilan to‘g‘ri bo‘lsa-da, biroq ularda ma‘lum ma‘noda mubolag‘a bor. Shubhasiz, «Bayt al-hikma» o‘z davrining eng namunali kutubxonasi bo‘lib,
keyingi davr
Sharq va
Fap6 davlatlaridagi kutubxonachilikning rivojiga katta hissa qo‘shgani aniq. Ehtimol, «Bayt al-hikma»da kutubxonadan tashqari, tarjima, dars o‘tish, nusxa ko‘chirish, muqovalash, hattotlik va umuman, ilmiy munozaralar yuritish hamda kitob yozish bilan bog‘liq boshqa jarayonlarga mo‘ljallangan maxsus hujra yoki xonalar ham bo‘lgan. Bunday xulosa chiqarishimizga «Bayt al-hikma» da yuqorida keltirilgan vazifalar bilan shug‘ullanuvchi mas‘ul shaxslar bo‘lgani asos bo‘ladi. Quyida bu mutaxassislarning ba‘zilari xususida qisqacha to‘xtalib o‘tish bilan bir qatorda, «Bayt al-hikma»dagi xodimlar tarkibi haqida asosiy ma‘lumotlarni bir tizimga solishga harakat qilamiz. Ma‘lumki, «Bayt al-hikma» al-Mansur, Horun ar-Rashid va al- Ma‘munlarning shaxsiy e‘tibori, homiyligi va moliyaviy yordamida faoliyat ko‘rsatgan. O‘sha davrning badavlat kishilari ulardan o‘rnak olib, kezi kelganda «Bayt al-hikma»ni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlaganlar. Bu esa, o‘z navbatida markazdagi ijodiy faoliyat uchun yanada kengroq imkoniyatlar ochib berardi. 52
Xalifalardan keyin «Bayt al-hikma»ga mas‘ul shaxs vazir Sahl ibn Horun edi. Manbalarda Sahl ibn Horunning «Bayt al-hikma» bo‘yicha maslakdoshi deb Sa‘id ibn Horun ham eslatiladi. O‘z zamonasining fozil kishilaridan sanalgan, bir qancha risolalar muallifi bo‘lgan bu shaxsga oid ma‘lumotlar deyarli saqlanmagan. Ulardan birinchisiga nisbatan manbalarda «Bayt al-hikma»ning egasi» («saxib») degan atama ishlatiladi. U «Bayt al-hikma»dagi lavozimlarning eng oliysi hisoblangan, bu sohib «Bayt al-hikma»dagi barcha ishlarni boshqarish bilan bir qatorda, ularga mas‘ul va javobgar ham bo‘lgan. Biz «saxib bayt al- hikma»ni «Bayt al-hikma»ning boshqaruvchi egasi» deb tarjima qildik. Xuddi shunday - «Bayt al-hikma»ning boshqaruvchi egasi» lavozimiga hozirga qadar ismi ham, tarjimai holi ham to‘lik aniqlanmagan «Sallam» ismli yana bir shaxs ham sazovor bo‘lgan. Manbalarda uning fors tilidan arab tiliga o‘girgan tarjimalari haqida ma‘lumotlar uchraydi. Bu hol uning ham Sahl ibn Horun kabi fors madaniyatiga mansubligini ko‘rsatadi. «Al-Fixrist» kitobida Sallamning Abu Husayn ismli shaxs bilan hamkorlikda «Al-majistiy» kitobiga yozgan tafsiri ham zikr etiladi 26 .
nisbatan «xazin», «amin», «mushrif» kabi biror faoliyatni idora etganini anglatuvchi so‘zlar uchraydi. Bunday lavozimlarga ega olimlarning soni bir vaqtning o‘zida bir nechta bo‘lganidan ish faoliyati o‘z mazmuni, tili yoki yana boshqa birorta xususiyatiga ko‘ra qismlarga bo‘lingan, deb taxmin qilish mumkin. «Bayt al-hikma»dagi bunday jarayonlarni boshqargan allomalar qatoriga Muhammad al-Xorazmiy, Hunayn ibn Is‘hoq, Yuhanna ibn Mosavayh va boshqalarni kiritish mumkin. Ularning har biri ma‘lum bir ilmiy yo‘nalishni boshqargan. Ko‘rinadiki, bunday lavozimlarga eng yetuk allomalar tayinlangan. Idora etuvchi mas‘ul boshqaruvchilar, olimlar va tarjimonlardan tashqari, «Bayt al-hikma»da nusxa ko‘chiruvchilar, hattotlar, varroqlar, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatuvchilar, muqovalovchi ustalar kabi amaliy ishlarni bajaradigan
26 Bahrom Abduhalimov. Bayt-al-hikma. T., ―O‘zbekiston‖, 2010, 38-bet. 53
xodimlar guruhi ham faoliyat ko‘rsatgan. Bu toifadagi xizmatchilar uchun alohida xonalarning ajratilganligi ehtimoldan xoli emas. Nusxa ko‘chiruvchilar, odatda, tushgan talablarga binoan «Bayt al- hikma»dagi noyob kitoblardan yangi nusxalar tayyorlaganlar. Shu bilan bir qatorda, ular yangi asarlardan nusxalar olib, «Bayt al-hikma»dagi kitob-lar sonini adabiyotlar bilan doimo boyitib borganlar. «Bayt al-hikma»dagi eng mashhur nusxa ko‘chiruvchi A‘lon ash-Shu‘uvbiy bo‘lib, u haqida keyinroq so‘z yuritamiz. O‘rta asrlardagi «varroq»lik zamonaviy tilda «kitobfurush» mazmunini beradi. Varroq kerakli asarni tanlaydi, unga munosib qog‘oz topadi, o‘zi ko‘chiradi yoki ko‘chirtiradi, ko‘chirilgan asarni ko‘zdan kechiradi, agar xatosi bo‘lsa tuzatadi, uning muqovalanishiga, do‘konlarga chiqishiga va sotilishiga javobgar bo‘ladi. Varroqlarning aksari o‘z davrining ziyoli kishilari bo‘lgan. Misol uchun, varroqlikni kasb qilganlardan biri - Ibn an-Nadim o‘zining «al- Fixrist» asarini yozgan bo‘lib, hozirda bu kitob o‘rta asrlarga oid dastlabki, eng muhim va ishonchli manbalardan biri sanaladi. Qo‘lyozmalarni jildlash yoki muqovalash ishlari bilan «Bayt al-hikma»da Ibn Abi al-Harish shug‘ullangan. O‘sha kezlari kitoblarni bezash, ularga turli jilolar berish alohida san‘at turi darajasiga ko‘tarilib, mutlaqo yangi o‘zgarishlar kiritiladi. Bu borada Ibn Muqla, Ibn al-Bavvab kabi mashhur hattotlar dovruq taratganlar. «Bayt al-hikma»da faoliyat yuritgan mutaxassislar o‘z sohasining tom ma‘nodagi mohir ustalari bo‘lib, xalifalikning turli burchaklaridan taklif etilgan, turli millat va e‘tiqoddagi kishilar edi. Ular to‘plangan ilmiy markaz - «Bayt al- hikma» esa o‘zining tarkibiy tuzilishiga ko‘ra nafaqat o‘sha davr uchun, balki keyingi davrlar uchun ham mukammal namuna bo‘lib xizmat qildi. «Bayt al- hikma»da olib borilgan ish jarayonini o‘rganish, bu markazning qanday vazifalar bajarganini aniqlash imkonini beradi. Biz kuyida «Bayt al-hikma»ning asosiy vazifalari ustida fikr yuritamiz. 54
«Bayt al-hikma», yuqorida ta‘kidlab o‘tganimizdek, dastlab kutubxona sifatida vujudga keladi. Bu esa, «Bayt al-hikma» ta‘sis etilgan ilk davrlarda uning asosiy vazifasi qo‘shni davlatlardan keltirilgan qadimgi yunon, fors va hind tillaridagi turli asarlarni saqlash, jamlash va ularni ko‘paytirishdan iborat bo‘lganini ko‘rsatadi. Kitoblar Bag‘dodda jamlanganidan so‘ng, tabiiyki, ularning mazmunini bilish va tushunishga ehtiyoj tug‘iladi. Bu esa, keltirilgan kitoblarni arab tiliga o‘girishni taqozo etardi. Shu tariqa «Bayt al-hikma»dagi eng dolzarb masala - xorijiy tillardagi kitoblarni arab tiliga o‘girish va ularda ko‘rsatilgan natijalarni tajribalar orqali qaytadan tekshirib chiqish edi. Tabiiyki, buning uchun turli tillarni biladigan, yuqori malakali tarjimonlar guruhi kerak bo‘lardi. Shu bois Bag‘dod hokimlari turli mamlakatlardan arab va boshqa qadimiy tillarni biladigan mutaxassislarni «Bayt al-hikma»ga taklif eta boshladilar va ularga tarjima ishlari uchun katta maosh tayinladilar. «Bayt al-hikma»dagi dastlabki tarjimonlarning aksari qo‘shni mamlakatlardan taklif etilgan nasroniy, majusiy, yahudiy, hind va musulmonlar bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligi nafaqat oddiy tarjimon, balki o‘z sohasining yetuk bilimdonlari va olimlari edi. Bu olimlar «Bayt al-hikma»da tarjima va sharhlash ishlaridan tashqari, o‘zlarining nodir asarlarini yozish barobarida ilmiy izlanishlar ham olib borganlar. Shu tariqa «Bayt al- hikma» tarjimonlar, faylasuflar, matematiklar, astronomlar, tabiblar, shoirlar kabi turli toifadagi olimlarning tez-tez uchrashib, ilmiy munozaralar olib boradigan, bir-birlari bilan maslaxatlashadigan maskanga aylandi. Bu bilan uning ilk tashkil etilgan vaqtdagi qo‘lyozmalarni saqlash va tarjima qilish vazifasi kengayib, ular doirasiga ilmiy-amaliy tajribalar olib borish hamda shu tajriba natijalariga asoslangan fundamental asarlarni yozish mas‘uliyati ham qo‘shildi. Ba‘zi adabiyotlarda «Bayt al-hikma»da talabalarga darslar o‘tilgani va uning qoshida shifoxonalar ham bo‘lgani xaqida so‘z yuritiladi. Darslar tashkil etilganiga oid fikrlarni tasdiqlovchi aniq dallillarga ega bo‘lmasakda, biroq o‘sha
55
davrda shifokorlik faoliyati bilan shug‘ullangan eng mashhur tabiblarning Horun ar-Rashid va al-Ma‘mun tasarrufida faoliyat yuritgani manbalarda qayd etiladi 27 .
biri bu - falakiyot edi. «Bayt al-hikma»dagi astronomlar qadimgi yunon olimlari asarlarida ta‘riflangan natijalarni, qaytadan o‘zlarining tajribalari asosida tekshirib chiqdilar. Jumladan, Batlamyusning «Al-majistiy» kitobida keltirilgan ko‘pgina tajribalar, musulmon astronomlari tomonidan yana bir karra sinovdan o‘tkazildi va erishilgan natijalar «al-Ma‘munning sinalgan jadvali» nomli mashhur asarda bayon etildi. Yuqorida biz bayon qilgan ma‘lumotlar shuni ko‘rsatadiki, «Bayt al-hikma» tez orada turli fanlar bo‘yicha ilmiy munozaralar, tadqiqotlar, amaliy tajribalar olib boriladigan hamda nodir asarlar bitilgan, shuning barobarida, astronomik tajribalar va shifokorlik bilan shug‘ullanishni keng ko‘lamda amalga oshirgan ilmiy dargohga aylandi 28 . «Bayt al-hikma»ning allomalar va tadqiqotchilar uchun yaratib bergan qulay shart-sharoitlari, u yerdagi ilm sarchashmasidan ko‘pchilikni bahramand etishi, ayniqsa, antiq davrga oid noyob ilmiy merosni saqlab qolib, uni qaytadan tiklab, dunyoning turli burchaklarida ilm yo‘lida mayoq bo‘lib kelayotgan allomalarga yetkazish markazning asosiy vazifalaridan biri edi. Yuqorida zikr etilganidek, Movarounnahr va Xuroson hududlari IX asrning boshlarida xalifa al-Ma‘mun tarafidan boshqarilgan. U Marv shahrida o‘n yil yashagan bo‘lsa, shundan to‘rt yilida arab xalifasining Marvdagi noibi edi. Keyingi olti yilida esa, u Marv shahrida istiqomat qilgani holda o‘sha yerdan butun xalifalikni idora qiladi. Quyida biz al-Ma‘munning tarjimai holi va siyosiy faoliyatini chetlab o‘tib, uning faqat ilmga munosabati ustida to‘xtalamiz. Besh asrga yaqin davom etgan Abbosiylar davlati tarixida xalifa al-Ma‘mun (813- 833) davri ilm-fanning nihoyatda rivojlangani bilan ajralib turadi. Bu esa ko‘p jihatdan al-Ma‘munning ilm va ilm ahliga
27 Bayt-al-hikma. T., ―O‘zbekiston‖, 2010, 43-bet. 28 O‘sha joyda. 56
ko‘rsatgan e‘tibori, saxovati bilan belgilanadi. Ilm taraqqiyotning negizi ekanligini yaxshi anglab yetgan al-Ma‘mun, o‘zi boshqargan davlatda ilm-fanga katta umid bilan qaradi va uni rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratishga harakat qildi. O‘z tabiatiga ko‘ra tadbirkor, bilimdon, zukko, donishmand bo‘lgan xalifa doimo kamolotga, bilimlarini chuqurlashtirishga intilgan. U har bir ilmiy masalani o‘rganishga, uning tub mohiyatiga yetishga zavqu shavq bilan kirishar edi. Ibn an- Nadimning ta‘kidlashicha, al-Ma‘munning o‘zi islom dini, tavxid, payg‘ambarlar va xalifalarga bag‘ishlangan uch asar muallifi bo‘lgan. Ayni paytda u al- Ma‘munni fiqh va kalom ilmlarini tushunadigan eng bilimdon xalifa, deb nomlaydi. Al-Ma‘mun allomalarni o‘z saroyiga to‘plab, ular bilan turli ilmiy mavzularda munozaralar olib borishning shaydosi bo‘lgan. Munozaralarda o‘sha davrning ko‘zga ko‘ringan donishmandlari ishtirok etganlar. Mazkur allomalar dunyoning turli burchaklaridan taklif etilgan bo‘lib, ular orasida musulmonlar bilan birga nasroniylar, yahudiylar va boshqa diniy e‘tiqod vakillari ham bor edi. Taqdir taqozosi bilan xalifa saroyida to‘plangan turli millat va madaniyat vakillari o‘zaro tajriba almashdilar, bir-birlaridan ilm o‘rgandilar. Natijada o‘sha davr fani va madaniyatida yirik kashfiyotlar dunyo yuzini ko‘rdi va kelajakdagi yuksalish uchun zamin hozirlandi. Al-Ma‘mun saroyida xizmat qilgan Ja‘far ibn Muhammad al-Anmotiyning xabar berishicha, Marvdan Bag‘dodga ko‘chib kelgan xalifa o‘z saroyiga Bag‘doddagi olimlar, faqihlar va mutakallimlarning katta guruhini taklif etadi. Bu yerdagi ilmiy munozaralardan keyin avvaliga yuzga yaqin, keyinroq esa, yana bir qancha faqih va donishmandlarni tanlab oladi. Yana Ja‘far al-Anmotiyga ko‘ra, ilmiy munozaralarning birida dasturxonga uch yuzdan ortiq noz-ne‘matlar tortiladi. Al- Ma‘mun har bir taomni izohlar ekan, uning nima maqsadda iste‘mol qilinishini sharhlab o‘tadi. Xususan, u safro va balg‘amga qarshi qanday taom tanovul qilinishi, vaznni oshirish va kamaytirish uchun nima yeyish maqsadga muvofiqligi, shuningdek, dasturxonga qo‘yilayotgan barcha noz-ne‘matlarning
57
inson salomatligida qanday o‘rin tutishini aytib beradi. Shunda munozaraga yig‘ilgan olimlardan biri xalifaga qarab shunday deydi: «Ey musulmonlarning amiri, agar biz tabobatni muhokama qilsak, sen uni tushunishda Joliyuvnusni, ilmi nujum haqida suhbatlashsak Hurmusni, fiqhda esa Ali ibn Abu Tolibni eslatmoqdasan. Saxovat bobida sen Hotamsan, notiqlikda tanho hamda saxiylikda Ka‘b ibn Momani ortda qoldirasan». Bunga javoban xalifa: «Ey Ja‘far, shuni bilginki, inson insondan faqat aqli, zakovati, xatti-harakatlari va boshqa xususiyatlari bilan farlanadi. Aks holda bir shaxsning ikkinchi shaxsdan farqi bo‘lmay qolgan bo‘lur edi», - deydi. Al-Ma‘munning insonlar xaqidagi fikri ham diqqatga sazovor. Uning nazdida, odamlar uch toifaga bo‘linadi: birinchisi taom singari bo‘lib, unga doimo ehtiyoj seziladi, ikkinchisi esa, dori kabi goh-gohida zarurat talab qilinadi va nihoyat, uchinchi turkum insonlar hamisha og‘riq singari kishiga zahmat yetkazishadi. Al-Ma‘mun bobosi al-Mansur, otasi Horun ar-Rashid tarafidan saroyda to‘plangan kitoblar sonini ko‘paytirdi. Saroydagi bu kutubxona Horun ar-Rashid davrida «Bayt al-hikma» deb nomlana boshlagan edi. Keyinchalik u kutubxona doirasidan chiqib, tarjima va ilm markazi vazifasini o‘tadi. Al-Ma‘munning «Bayt al- hikma»ga bo‘lgan doimiy e‘tibori natijasida, uning ismi tarixiy manbalarda doimo bu ilm dargohi bilan birga yod etilishi an‘anaga aylanib qolgan. Al-Ma‘mun Rum xukmdorining qo‘l ostidagi boy kutubxonasini «Bayt al-hikma» ixtiyoriga berishga ko‘ndira oldi. Ba‘zi kutubxonalarni esa u o‘z harbiy yurishlari natijasida qo‘lga kiritilgan o‘lja sifatida Bag‘dodga keltirdi. Shu tariqa «Bayt al- hikma» hind, yunon, fors, turkiy, suryoniy, nabatey, ibroniy (yahudiy), qibt tillarida bitilgan asarlar jamlangan eng yirik markazga aylandi. Xalifa «Bayt al-hikma»ga yig‘ilgan kitoblarni arab tiliga tarjima qilish, o‘rganish maqsadida saroyga tarjimonlarni taklif etadi. Ular orasida Hunayn ibn Is‘hoq, Yuhanna ibn Mosavayh, Abu Sahl al-Fadl ibn Navbaxt, Yoqub al-Kindiy, Banu Muso, Sobit ibn Qurra, Qusta ibn Luqa al-Baalbakkiy va boshqalar bor edi. Asarlar avval yunon tilidan suryoniy tiliga, so‘ngra arab tiliga o‘girilgan. Chunki
58
o‘sha davrdagi tarjimonlarning aksariyati suryoniy tilini biladigan nasroniylar edi. Uqliydis, Arastu, Joliyuvnus, Buqrot, Batlamyus kabi mashhur yunon mutafakkirlarining asarlari arab tiliga o‘girilib, islom olamiga taqdim etildi. Al- Mamun tarjima ishlariga katta e‘tibor berib, ularga homiylik qilardi va har bir tarjima qilingan asar uchun ba‘zi hollarda, kitob vazniga teng mikdorda oltin inom etardi. Al-Mamunning topshirig‘iga binoan, Batlamyusning «Al-majistiy» asarining arab tiliga o‘girilishi musulmon astronomlari ijodida keskin o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Ular bu kitobni katta qiziqish bilan o‘rganib chiqib, unga izoh hamda sharhlar yozishdi. «Al-majistiy»dagi ba‘zi fikrlarni qabul qilgan bo‘lsalar, boshqalariga e‘tiroz bildirib, o‘z tajribalari orqali qaytadan tekshirishga harakat qildilar. Shu tariqa ularning asarlarida yangi fikrlar va kashfiyotlar paydo bo‘la boshladi. Shunisi e‘tiborga molikki, «Bayt al-hikma»da to‘plangan donishmandlarning aksar qismini Xuroson va Markaziy Osiyo allomalari tashkil etgan. Ular o‘z vaqtida al-Mamun bilan Marvda tanishib, keyinchalik xalifaning taklifiga ko‘ra, Bag‘dodga ko‘chib o‘tgan edi. Al-Mamun saroyida ijod qilgan Markaziy Osiyo olimlaridan Muhammad al-Xorazmiy, Yaxyo ibn Abu Mansur, Habash al-Hasib al-Marvaziy, Xolid al-Marvarrudiy, al-Abbos al-Javhariy, Ahmad al-
Farg‘oniylarni sanab o‘tish mumkin. Bu olimlar al-Ma‘mun va undan keyingi xalifalar davrida ko‘plab astronomik tajribalarda faol ishtirok etganlar. Umuman, al-Ma‘munning ilm-fanga bo‘lgan e‘tibori natijasida, o‘sha davrdagi deyarli barcha fanlarda xususan, riyoziyot, falakiyot, tabobat, kimyo, geografiya, falsafa, mantiq, adabiyot, diniy ilmlarda qator yutuqlarga erishildi. Qadimgi yunon donishmandlarining falsafa va mantiqka oid asarlarining arab tiliga tarjima qilinishi al-Mamun va o‘sha davrdagi barcha allomalarda katta qizikish uyg‘otdi. Musulmon mualliflari mazkur asarlarga izoh, sharh va qisqartmalar tuza boshladilar va natijada o‘zlarining falsafa, mantiq, kalom ilmiga oid yangi asarlarini yozdilar. Ayniqsa, o‘sha davrning yirik faylasuflari bo‘lmish 59
Yoqub al-Kindiy, Ahmad ar-Ravandiylar xalifaning qanoti ostida katta ilmiy izlanishlarni olib bordilar 29 .
kalom» tez sur‘atlar bilan taraqqiy eta boshladi. Al-Mamun shoir va adiblarga katta e‘tibor bilan qaradi, uning saroyida adabiy va ilmiy mushoiralarning tez-tez o‘tkazilib turilishi doimiy ananaga aylandi. Ijtimoiy fanlar borasida asarlar yozishda qiyinchilik bo‘lmasada, biroq, tabiiy fanlarda yunon olimlarining asarlarini tajribalar orqali tekshirish, yaьni amaliy tajribalar bilan shug‘ullanish zarurati tug‘ildi. Shuning uchun al-Mamun qo‘l ostidagi barcha allomalarga yunon olimlarining falakiyot, riyoziyot, tabobat va kimyo sohasidagi meroslarini amaliy tajribalar orqali tekshirish vazifasini qo‘ydi. Rejalashtirilgan kuzatuv va tajriba ishlarini amalga oshirish maqsadida, yangi shifoxonalar, rasadxonalar qurildi hamda ular uchun zarur tibbiy va astronomik jihozlar, xususan asturloblar yasaldi. Al-Ma‘munning tashabbusi bilan Damashqdagi Qasiyun tog‘ida va Bag‘doddagi ash-Shammosiya xududida ikkita rasadxona bunyod etildi. Rasadxonada faoliyat yurituvchi astronomlar Batlamyusning «Al-majistiy» asaridagi ma‘lumotlarni tekshirishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar. Tajriba va tekshiruv natijalari esa, «Al-Ma‘munning sinalgan jadvallari» nomli mashhur astronomik asarida o‘z aksini topdi. Al-Ma‘mun bir qator o‘tkazilgan tajribalarda shaxsan o‘zi ishtirok etgan, ba‘zilarini esa kuzatib borgan. Xalifaning bevosita ishtiroki va kuzatuvi ostida olib borilgan astronomik tajribalardan biri, Bag‘dod va Damashq shaharlarida osmon ekvatorining ekliptika bilan kesishish burchagini, ya‘ni eng katta og‘ish burchagini aniqlash bo‘lgan. Erishilgan natijalar - 23°35' va 23°34'27" amalga oshirilgan tadqiqotlarning aniqligidan dalolat beradi. Al-Ma‘mun davrida bajarilgan tajribalardan yana biri 217/833 yili Suriyaning shimolidagi Sinjar dashtida yer meridiani bir darajasining uzunligini o‘lchash edi. Manbalarda mazkur tajribani, asosan, markaziy osiyolik olimlar
29 Bahrom Abduhalimov. Bayt-al-hikma. T., ―O‘zbekiston‖, 2010, 48-bet. 60
bajargani zikr etiladi. O‘lchov nati-jalarida bu mikdor 56 2/3 milya deb topildi. Bu esa zamonaviy hisoblardan deyarli farq qilmaydi. Umuman, al-Ma‘mun davrida yozilgan asarlarda falakiyot fanidagi asosiy tushunchalar, ya‘ni Yerning sharsimonligi, koinotning markazida joylashgani, Quyosh, Oy va yulduzlarning Yer atrofida aylanishi, Oyning Yerga eng yaqin samoviy jism ekani, ularning barchasi har kuni yer atrofida to‘liq, bir marotaba aylanishi e‘tirof etiladi. Al-Ma‘mun huzuridagi «Bayt al-hikma»da faoliyat ko‘rsatgan Muhammad al-Xorazmiy riyoziyot, falakiyot va geografiya kabi fanlarning rivojida o‘chmas iz qoldirdi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu olim hozirgi zamon riyoziyot fanining bir qancha tarmoq va fundamental konsepsiyalarining asoschisi hisoblanadi. Al-Ma‘mun davrida geografiya va kartografiya sohalarida dastlabki asarlar yozilgan. Jumladan, yuqoridagi Muhammad al-Xorazmiyning «Yerning tasviri» asari o‘rta asr arab xalifaligida yaratilgan ilk va muhim geografik asarlardan biri bo‘lgan. Bundan tashqari, adabiyotlarda ta‘kidlanishicha, yetmishga yaqin geograflar al-Xorazmiy rahbarligida tadqiqotlar olib borganlar va al-Ma‘mun nomi bilan mashhur bo‘lgan dunyoning ilk xaritasini yaratganlar. Bu ikki shaxs orasidagi munosabat juda iliq bo‘lib, xalifaning ilmga e‘tiborini al-Xorazmiy quyidagicha bayon qiladi: «Alloh imom al-Ma‘munga, unga meros bo‘lib o‘tgan xalifalik lavozimini in‘om qilib muruvvat etganligi, bu lavozim libosini kiydirib, uni bezaganligi va shu bilan birga unda fanlarga muhabbat va olimlarni o‘ziga yaqin tutishga intilish hissiyotini uyg‘otganligi menga jasorat ato qildi, chunki u ularning ustiga o‘z homiylik qanotini yozib, noaniq bo‘lgan narsalarni yoritishga va ular uchun mushkul bo‘lgan narsalarni osonlashtirishga yordamlashdi» 30 . Yana shuni alohida ta‘kidlash joizki, al-Ma‘mun va uning ota-bobolari tabiblarga alohida hurmat bilan qarashgan, ularga har taraflama g‘amxo‘rlik ko‘rsatganlar. Abbosiy xalifalar Bag‘dodga Gundishopur maktabining yirik
30 Bayt-al-hikma. T., ―O‘zbekiston‖, 2010, 49-bet. 61
tabiblarini taklif etishgan. Bu maktab tabiblarining eng mashhurlaridan bo‘lmish Jibril ibn Baxtyashu Horun ar-Rashidning har ikki o‘g‘li - al-Amin va al- Ma‘munni davolagan. «Bayt al-hikma»da jamlangan yunon, hind, fors va turkiy tildagi tabobatga oid asarlar, ularning arab tiliga tarjimalari, Bag‘dodda faoliyat ko‘rsatgan turli millat va elatga mansub tabiblarning tibbiy merosi, Sharq xalqlari tabobati rivojining muhim bosqichi sanaladi. Yuqorida Sharq kimyo ilmining «otasi» deb zikr etilgan Jobir ibn Hayyon ijodining eng yuqori pallasi ham al-Ma‘mun davriga to‘g‘ri keladi. Chunki o‘sha davrda iqtisodiy, ilmiy va madaniy hayotning barcha sohalarida samarali izlanishlar va yirik kashfiyotlar yuzaga keldi. Shubhasiz, bu yuksalishning yuzaga chiqishida al-Ma‘munning ilm-fanga ko‘rsatgan homiyligi muhim ahamiyat kasb etdi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling