Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги а.ҚОдирий номидаги жиззах давлат
Xalifalik hukmronligining Misr, Suriya, Eron, O’rta Osiyo
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
arab musulmon madaniyatining zhahon tarixida tutgan orni 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- ABBOSIYLAR XALIFALIGI (750-1258).
1.2.Xalifalik hukmronligining Misr, Suriya, Eron, O’rta Osiyo, Hindiston va Yevropa mamlakatlariga yoyilishi
Buning asoschisi yirik savdogar va qurayshiylar zodagoni Abu Sufyonning o‘g‘li Muoviyadir. Suriya hokimi etib tayinlangan Muoviya arab istilosi natijasida egalari tashlab ketgan yerlarni Sosoniy podshohlari va Rum (Vizantiya) imperiyasi molmulklarini qo‘lga kiritgan. Hijozdagi otasidan qolgan mulkni harbiy asirlardan qariyb 400 kishi kuchi bilan obod qilgan. Joylarda boshqarish ishlarini mahalliy amaldorlar ixtiyorida qoldirgan. Shuning uchun mahalliy xalq va ulardan tuzilgan qo‘shinlar Muoviyani qo‘llab quvvatlaganlar. Ancha kuch to‘plab olgan Muoviya Ali xalifaligini tan olmay, Damashqda o‘zini xalifa deb e‘lon qilgan. 658 yili ular o‘rtasida urush boshlanadi. Furot daryosining o‘ng qirg‘og‘idagi Siffin vohasida uch oy davom etgan jang natijasiz tugaydi. Ali vafotidan keyin (661 y.) arab zodagonlari va harbiy boshliqlar yordamida Muoviya yagona hukmron-xalifa bo‘lib qoladi. Xalifalik poytaxti Madinadan Damashqqa ko‘chirildi. Umaviylarning hukmronlik davri Damashq xalifaligi deb ham ataladi. Shunday qilib, xalifalik poytaxti Arab yarimorolidan chiqib ketdi. Yangi davlat Muoviya buvasining dadasi, Makkaning o‘z vaqtidagi boy a‘yonlaridan Umayya nomi bilan umaviylar deb ataldi. Umaviylar davrida qator ma‘muriy harbiy o‘zgarishlar amalga oshirildi: xalifalik lavozimi nasliy merosga aylantiriddi, davlat xazinasi va davlat arxivi tashkil etildi, arab tili davlat tili deb e‘lon qilindi, yangi oltin, kumush va mis pullari chiqarildi, harbiy-dengiz floti tashkil etildi. Xalifalik davrida butun Eron, Tabariston, Jurjon ishg‘ol etildi. 664 yrshi Kobul bosib olindi. Xalifalik nasorolikning yirik saltanati Vizantiya bilan doimiy jang qildi. Misr g‘arbiy chegaralaridan hujum qilish tufayli 647 yili Kirenaika bosib olindi, 649 yili Kipr ishg‘ol etildi, 654 yili asosan Misr kemalaridan iborat bo‘lgan Islom 20
floti Kichik Osiyo qirg‘oqlarida Vizantiya flotini tor-mor qildi. 667 yili arablar Xalkedan shahrini ishg‘ol etib, Vizantiyani xavf ostida qoldirdilar va Sitsiliyani vayron qildilar. 698 yili vizantiyaliklar Karfagendan tamoman haydab chiqarildi. 711 yili Janubiy Ispaniyaga hujum boshlanib, bir necha yil davomida butun mamlakatning beshdan to‘rt qismi bosib olindi. 712 yili Muhammad ibn Qosim as-Saqafiy tomonidan Sind viloyati (hozirgi Pokistonning janubi) bosib olindi. Daybun (Qora chi) porti va Kiyrun (Haydarobod) shahri Muhammad ibn Qosim qo‘liga o‘tdi. Markaziy Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishi VII asrning 70- yillaridan boshlandi
Xalifa Muoviya (660—680) buyrug‘i bilan Ubaydulloh ibn Ziyod boshchiligidagi arab qo‘shinlari 674 y. Poykent va Buxoroga hujum qiladilar. Bu shaharlarni talab, bir ming dirham pul, to‘rt ming asir va ko‘p miqdorda qimmatbaho o‘ljalar olib qaytadilar. 704 y. Qutayba ibn Muslim Xuroson amiri etib tayinlanadi. Unga O‘rta Osiyoda arab xalifachigi hukmronligini o‘rnatish vazifasi topshiriladi. 706 yili Qutayba Omul (Chorjo‘y), Zamma (Karki) va Buxoro shaharlarini egallab, Poykentni qamal qiladi va uni oladi, 709 y. Qutayba Zarafshon vodiysining quyi qismidaga eng kuchli Vardanza (Shopirkon) hukmdori Vardanxudot ustiga yurish qiladi, Vardanza va Buxoro ustidan g‘alaba qozondi. 710 yili Qutayba Kesh (Shahrisabz) va Nasaf (Qarshi) shaharlarini bosib oladi. 711 yili Xorazmda boshlangan ichki g‘alayonlardan foydalanib, 712 yili u Xorazmga yurish qiladi va u yerda arab hukmronligani o‘rnatadi. Shu yili Qutayba Xorazm va Buxoroda harbiy kuch to‘plab, Samarqandga yurish qiladi. Shosh (Toshkent), Farg‘ona va turklarning yordamiga qaramay Samarqand taslim bo‘ladi. Qutayba bilan Samarqand hokimi Gurek o‘rtasida bitim tuzilib, Samarqand hukumati arab xalifaligi uchun har yili ikki mln. 200 ming dirham boj to‘lash majburiyatini oladi. 713—715, yillari Qutayba Toshkent va Farg‘ona viloyatlarini bo‘ysundirib, Qashqargacha bo‘lgan yerlarni ishg‘ol etdi. Arab istilosi tufayli O‘rta Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati yo‘q qilib yuborildi. 21
Xorazm yozuvini bilganlar o‘ldirildi, ularning asarlari va tarixiy xujjatlar yoqib yuborildi. Bosib olingan yerlarda aholi arab istilochilariga qarshi qo‘zg‘alonlar ko‘tardilar. 736—737 yillar Markaziy Osiyoda Horis ibn Surayj, 739—740 yillarda Marokashda barbarlar qo‘zg‘aloni, 742 yilda Mag‘ribdagi xorijiylar qo‘zg‘aloni kabilar. Bu qo‘zg‘alonlar mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa ham, umaviylar davlati inqirozini tezlashtirdi. 747—750 yillari Abu Muslim rahbarligidagi qo‘zg‘alon oxirgi umaviylar xalifasi Marvonni taxtidan tushirdi, hokimiyat abbosiylar qo‘liga o‘tdi. Umaviylar avlodlari qirib tashlandi. Ulardan faqat Abdurahmon tirik qolib, Ispaniyaga qochib ketdi va u yerda Qo‘rtuba (Kordova) amirligiga asos soldi. Umaviylar xalifaligi Islom an‘anasida zo‘ravonlik bilan davlatni qo‘lga olgan. Xalifalar, Umar II dan boshqasi, Islomning to‘g‘ri yo‘lini buzib hukm yuritgan shaxslar deb qoralanadi va abbosiylarning taxtga chiqishi islomiy hokimiyatning qayta tiklanishi deb ta‘riflanadi.
Besh yuz yil hukm surgan arab xalifalari sulolasi. Bu sulolaga Muhammad (s.a.v) amakisi avlodlaridan Abulabbos as-Saffoh asos solgan (hukmdorlik davri 749—754). Bularning hukmronligi davrida arablar davlatni boshqarishda ikkinchi o‘ringa suriladilar, ularning xalifalikdagi irqiy va harbiy ustunligaga barham berildi. Davlatni boshqarishda ularning soni ham kamayib boradi. Xalifa al-Mansur davrida (754—773) abbosiylar xalifaligi ancha mustahkamlandi, poytaxt Damashqdan Bag‘dodga ko‘chirildi. Bag‘dod bu davrda yirik savdo-sotiq va madaniyat markazi bo‘lib, G‘arb bilan Sharq o‘rtasida vositachilik rolini o‘ynagan, xalifalikda savdo aloqalari va iqtisodiy mu-nosabatlarni rivojlantirishga, madaniy hayotning yuksalishiga ta‘sir ko‘rsatgan. Shuning uchun abbosiylar hukmronligi davri Bag‘dod xalifaligi deb ham yuritiladi. As-Saffoxdan keyingi xalifalar al-Maxdiy (775— 785), Horun ar-Rashid (786-809), al-Amin (809-813), al-Ma‘mun (813—833), Muьtasim (833—841) va
22
boshqalar davrida arab xalifaligi markazlashgan qudratli davlatga aylandi, unda feodal munosabatlar rivojlandi. Abbosiy xalifaligi juda katta hududga ega bo‘lib, unga Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika davlatlari kirgan. Xalifalikda feodal zulm kuchayishi tufayli bir necha bor xalq qo‘zg‘alonlari ham bo‘lgan (mas.: Bobak, Muqanno, Sumbod, Mug‘ rahbarligadagi qo‘zg‘alonlar, zinniylar qo‘zg‘aloni kabilar). IX asr ikkinchi yarmidan boshlab abbosiylar xalifaligining markazlashgan hokimiyati zaiflasha bo rib, uning tarkibida bir necha mustaqil davlatlar vujudga kela boshladi. Mas.: Afrikada ag‘labiylar davlati, Xuroson va Movarounnahrda somoniylar davlati, 945 yili Erondagi buvayhiylar Bag‘dodni egallab, abbosiylarni siyosiy hokimiyatdan chetlatdilar, fors tilida so‘zlashuvchi aholidan iborat katta hudud mustaqillikka erishdi. Bu vaqtda Shimoliy Afrika va keyinchalik Misrda fotimiylar xalifaligi hukm surdi (909—1171). Bular o‘zlarini Muhammadning (s.a.v) qizi Fotima avlodlaridan deb hisoblaydilar. Fotima musulmonlar, ayniqsa, shiy‘alar tomonidan muqaddas ayol sifatida sanalib, unga sig‘inadilar. Shunday qilib, qudratli abbosiylar xalifaligi parchalanib keta boshladi. Eng so‘nggi xalifa Mu‘tasim mo‘g‘ullar xoni Xulogu tomonidan 1258 yili qatl etildi. Mana shunday qilib abbosiylar xalifaligi besh asr va umuman Muhammad (s.a.v.) payg‘ambardan keyin tashkil topgan arab xalifaligi 626 yil hukm surdi. Arab xalifaligi Arabiston yarimoroli, Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini o‘z ichiga olgan yirik feodal davlat edi. Abbosiylar xalifaligi tugatilishi Islom dini taraqqiyotiga ta‘sir etmadi. Bu din dunyodagi yirik din sifatida tobora o‘z doirasini kengaytirib bordi. Islom joriy qilingan hududlarda tashkil bo‘lgan davlat boshliqlari shu din qonun-qoidalariga rioya qilib, uning ta‘limotlaridan chetga chiqmadilar. Lekin din bayrog‘i ostida o‘z yovuz niyatlarini amalga oshirgan, bosqinchilik urushlari olib borgan hukmdorlar ham kam bo‘lmagan. 23
Muhammad alayhissalom nasroniy yil hisobida 632-yil (hijriy yil hisobida 10-yili) 25-mayda o'z uylarida vafot etadilar. Payg'ambarimiz vafotidan so'ng u kishining ishonchli noiblari yoki o'rinbosarlari (arabcha xalifalar) davlatni boshqarganlar. Ana shu tariqa tarixda «arab xalifaligi» paydo bo'lgan. Islom musulmonlarida asosan ilk to'rt xalifa alohida ahamiyatga ega. Bular — Abu Bakr Siddiq (632-634), Hazrati Umar (634-644), Hazrati Usmon (644-656) va Hazrati Ali (656-661). So'ng xalifalik 661-750-yillarda ummaviylar sulolasiga o'tgan. Bu sulolaga Muoviya bin Abu Sufyon (661-680) asos solgan. Ummaviylardan so'ng xalifalik taxti Abbosiylar (750-1258) sulolasi qo'liga o'tgan. Bu sulolaning asoschisi Muhammad alayhissalomning amakilari avlodlaridan Abul Abbos As- Saffoh (750-754) edi. Muhammad alayhissalom ishining davomchilari bo'lgan xalifalar davrida islom g'oyasi yangidan yangi davlatlar va hududlarga tarqaldi. Bu din qisqa muddat ichida VI-VIII asrlarda Shimoliy Afrika, Shom yurti, Falastin, Iroq, Eron va O'rta Osiyo hududlariga tarqaldi. IX-XV asrlarda esa islom Xitoy chegaralaridan Farangiston janubigacha, Hindiston yerlaridan to Qizil O'rdagacha cho'zilgan hududlarni qamrab olib tantana qildi 10 . VII asrning o'rtalarida arablar sosoniylar Eronini istilo qilishni tugallab, Xurosonning g'arbiy chekka qismini xalifa tayinlaydigan noib - amir boshchiligidagi noiblikka aylantirdilar. VII asrning ikkinchi yarmida islomda ro'y bergan dastlabki ixtiloflar natijasida uchta yo'nalish paydo bo'ldi: sunniylar va shialar. Sunniylik eng asosiy yo'nalish bo'lib, dunyodagi barcha musulmonlarning 90 foizini birlashtiradi. Sunniylar Qur'on bilan birga Sunnaga (Qur'ondan keyin uni to'ldiruvchi hadislar manbayi, islom ilohiyoti va shariat asoslari) ham e'tiqod qiladilar. Unda Muhammad alayhissalom bilan birga Abu Bakr, Umar, Usmon va Hazrat Alini e'tirof etiladi. Shialar, asosan Eron va Iroqda tarqalgan yo'nalish bo'lib, doimo sunniylikka qarshi yo'nalishdadir. O'n foizga yaqin musulmonlarni o'z atrofiga uyushtirgan
10 R.Shamsutdinov, Sh.Karimov. Vatan tarixi. T., ―Sharq‖, 2010, 131-bet. 24
shialar Muhammad alayhissalomdan so'ng payg'ambar sifatida faqat Hazrat Alini va uning avlodlaridan bo'lgan o'n ikki imomni tan oladilar, xolos. O'rta Osiyoning qulay va go'zal tabiiy iqlim va sharoiti hamda behisob boyliklari hamisha arablarning diqqat-e'tiborini o'ziga tortib kelgan. Arablarning O'rta Osiyoga dastlabki yurishlari Ubaydulloh ibn Ziyod boshchiligida 651-yilda Marvni ishg'ol etish bilan boshlandi. Arablar Amudaryodan shimolda joylashgan yerlarga «Movarounnahr», ya'ni, «daryoning ortidagi yerlar», deb nom berishadi. 652-yilda arablar Balx shahri va Chag'aniyonni egallashga muvaffaq bo'ldilar. Bu esa ilk bor Movarounnahrni egallash edi. 654-yilda Sug'ddagi Maymurg' qal'asiga arablarning birinchi hujumi bo'ldi. 657-yilda arablar Chog'aniyonga qayta yurish qilib, eftaliylarga kuchli zarbalar berdilar. Arablar bosqini arafasida Movarounnahr hududida 15 dan ortiq kichik- kichik mulklar bo'lib, ular o'zaro urushlar olib borar edilar. Bu hoi arablar tomonidan O'rta Osiyo yerlarini bosib olishni tezlashtirdi. Arab bosqini ikki bosqichda olib borildi. Birinchi bosqich 705-yilgacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Bu davrda arablar Movarounnahr hududiga vaqti-vaqti bilan hujumlar uyushtirib turdilar, mamlakat boyliklarini taladilar, ko'plab odamlarni qui qilib, o'z yurtlariga olib ketdilar va o'lkani bosib olish maqsadida harbiy ma'lumotlar to'plash bilan shug'ullanganlar. O'rta Osiyo yerlariga birinchi bor lashkar tortib kelgan hukmdor Ziyod ibn Abu Sufyondir. U 667-yilda Amudaryo bo'ylarigacha keladi. Marvni egallab katta boylik va o'ljalar olib yurtiga qaytib ketadi. 673-yilda Ziyodning o'g'li Ubaydulloh Ziyod yana Buxoroga qo'shin tortib keladi. U Boyqand va Romiton yerlarini egallaydi. Bu davrda Buxoro taxtini malika Xotun boshqarar edi. U Buxoro hukmdori bevaqt olamdan o'tgan Bidun Buxorxudotning bevasi bo'lib, o'g'li Tog'shoda yosh bo'lganligidan davlatni o'zi boshqarmoqda edi. Xotun oqila va tadbirkor bo'lganligidan aholi qirg'in bo'lmasligi va mamlakatni vayronalikdan saqlab qolish maqsadlarini ko'zlab Ubaydulloh bilan sulh bitimi tuzadi va
25
arablarga har yili bir million dirham tovon to'lab turish majburiyatini oladi. Chunki kuchlar teng emas edi, yordamga chaqirilgan turk lashkarlari ham vaziyatni biror-bir darajada o'zgartira olmasdi. Arablar buxoroliklardan to'rt ming kishini asir qilib oldilar, juda ko'plab boylik — xazina, qurollar, kiyimlar, oltin, kumush narsalarni o'ljaga tushirdilar. Ular podsho xotinning bir poy etigi va paypog'ini ham topib oladilar. Tilla ishlatilib, har xil qimmatbaho toshlar bilan bezatilib tayyorlangan etik va paypoq sahroyi arablarni juda ham hayratga solgan. Bu etik va paypoq ikki yuz ming dirhamga baholangan 11 .
va farog'atini buzgan edi. Har ikki o'rtada shartnoma— bitim tuzilgan bo'lsada, Ubaydulloh o'rniga Xuroson amiri etib tayinlangan Said ibn Usmon 675-yil 25- noyabrdan 676-yil 13-noyabrgacha Buxoro ustiga qo'shin tortadi. U juda ko'p hiyla-nayranglar ishlatib, Buxoro va unga yordamga kelgan Sug'diyona, Kesh, Nasaf qo'shinlarini tor-mor keltirdi. Buxoro podshosi Xotun Ibn Usmonning talabi bilan uning huzuriga borishga majbur bo'ldi va juda ko'p o'lponlar to'lab, shahzoda va asilzodalardan 80 kishini garovga berdi. Shundan so'ng arablar Movarounnahr va uning poytaxti Samarqandga yurish qildilar. Ular bu joylarni egallab juda ko'p boyliklarni qo'lga kiritdilar va samarqandliklardan 30 ming kishini asirlikka oldilar. Yozma manbalarda Sa'id ibn Usmon bilan Movarounnahrga kelgan ko'p ming kishilik arab qo'shinlari qatorida Muhammadning avlodlaridan Qusam ibn Abbos ham bo'lgan, (Tarixchi Abu Tohir Xojaning ma'lumotiga qaraganda Abbos o'g'li Qusam Abbos ibn Abdulmutallib ibn Hoshim al-Qarshi al Hoshimiy Muhammad payg'ambarning amakisi). Sa'id ibn Usmon Buxoro va Samarqanddan qo'lga olgan o'ljalarni Qusam ibn Abbosga ko'rsatib: «Bu o'ljalardan har kishiga bir hissa, senga esa ming hissa beraman», deganda Qusam ibn Abbos shariat buyurganidan bir hissa ham ortig'ini olmayman, degan ekan. Qusamning taqdiri to'g'risida turlicha ma'lumotlar bor. Ba'zilar uni Samarqandda o'ldirilgan desalar, yana ba'zi birovlar u Marvda vafot etgan deb isbotlaydilar. Lekin nima bo'lganda
11 Vatan tarixi. T., ―Sharq‖, 2010, 135-bet. 26
ham Narshaxiyning «Buxoro tarixi»da yozilishicha Samarqanddagi Shohizinda maqbarasi shu shaxs nomi bilan bog'liqdir. Sa'id ibn Usmon garovga olingan buxorolik shahzodalarni Marvga qaytishda ozod qilishga so'z bergan edi. Lekin u va'dasida turmaydi va shahzodalarni aldab Madinagacha olib borib, ularni barcha zarbof kiyimlarini yechib olib qullarga aylantiradi. Erkparvar buxoroliklar bunday haqorat va pastkashlikka chiday olmasdan Sa'id ibn Usmon saroyiga bostirib kiradilar va avval uni, so'ngra o'zlarini o'ldiradilar. Xuroson amirligiga Muslim ibn Ziyod ibn Abiyx tayinlanadi. U ham o'z faoliyatini Buxoroga yurishdan boshlaydi. Buxoro hukmdori har galgidek yana turklarga va sug'dlar hokimi Tarxun(turkcha ,,tarxon``degan unvondan kelib chiqqan)ga yordam so'rab murojaat qiladi. Biroq bu safar ham musulmon arablarning qo'li baland keladi. Juda ko'p boyliklar o'lja olinadi. Har bir arab askariga 10 ming dirhamdan o'lja ulashib beriladi. Xotun bilan Muslim ibn Ziyod o'rtasida sulh tuziladi. Arablar Marvga qaytadilar. Ammo bu qaytish mol-dunyo va boylikka yuz tuban ketgan sahroyi arablarning oxirgi qaytishi emas edi. 704-yilda Xuroson taxtiga Qutayba Ibn Muslim o'tiradi va Xurosonni batamom o'ziga bo'ysundiradi. Ana shu davrdan e'tiboran arab bosqinchilari tomonidan Movarounnahrni zabt etishning ikkinchi davri boshlanadi. Endi ular O'rta Osiyoni batamom bosib olishga qaror qiladilar. Qutayba ibn Muslimning 705-yilda ushbu maqsad yo'lidagi Axorun va Shuman (Surxon va Kofirxon oralig'idagi yerlar) hududlariga uyushtirgan birinchi yurishi muvaffaqiyatsiz yakunlanadi. Tarixchi Narshaxiyning ma'lumotiga qaraganda Qutayba katta tayyorgarlikdan so'ng «sakson sakkizinchi yili (12-dekabr, 706-30-noyabr, 707) Jayhun daryosidan o'tadi. Baykand aholisi bundan xabardor bo'lib, Baykandni juda mustahkam hisor bilan o'raydilar, qadimgi vaqtlarda Baykandni shoriston deganlar va mustahkamligidan, uni «jez shahar» deb ataganlar («Buxoro tarixi», 120-bet). Musulmonlar qattiq va shiddatli janglardan so'ng bu shaharni egallaydilar. Ikki o'rtada sulh tuziladi. Qutayba Baykand shahrida amir qilib Varqo ibn Nasr Bohiliyni tayinlab, o'zi Buxoro tomon ilgari yurishni davom
27
ettiradi. Baykandda hukmron bo'lib qolgan Varqo shahar xalqiga jabr va zulm o'tkazadi, axloqiy buzuq ishlar bilan shug'ullanadi. Bunga javoban shahar fuqarolari qo'zg'olon ko'taradilar. Qutayba bu xabarni eshitib, tezda orqasiga qaytadi va qo'zg'olonni shafqatsizlik bilan bostiradi. Uning buying'i bilan arab sahroyilari shaharni talaydilar va xarob qiladilar. Rivoyat qilishlaricha, Qutayba Baykandni fath qilganda bir butxonadan og'irligi to'rt yuz dirham (bir dirham — 3,186 gr.) keladigan bitta kumush but, ko'plab kumush jomlar, har bin kabutar tuxumidek keladigan marvaridlar topiladi. O'lja olingan barcha boyliklarni tarozida tortganlarida bir yuz ellik ming misqolni (I misqol — 4,240 gr) tashkil etadi. Xalqdan talab olingan barcha oltin va kumushlarni sovg'a o'laroq Hajjojga yuborganlarida u Qutaybaga xat yozib, minnatdorchilik bildirgan va «...Xudo senga barakat bersin!» degan 12 .
qishloqlarni ham egallaydi va 707-yilda Kesh, Naxshabni fath qiladi. 708 (90)- yilda Vardan (hozirgi Vardonze) ustiga yurishga tayyorgarlik ko'rayotganda kutilmagan qarshilikka duch keladi. Turk xonlari Qutaybaga qarshi ittifoq tuzib Torob, Xunbun va Ramiton oralig'ida uni ko'p lashkar bilan o'rab oladilar 13 . Xitoy
podshosining jiyani Ko'rmag'onun ham bu ittifoqqa qo'shiladi. Natijada Qutayba og'ir ahvolga tushib qoladi. Qutaybaning yaqin kishilaridan bo'lgan Xayyoni Nabatiy ishlab chiqqan reja asosida musulmon arablar og'ir vaziyatdan eson-omon qutuladilar. Marvda biroz muddat dam olib, 709 (91)-yilda Narshaxiy bergan ma'lumotlarga qaraganda Iroq va Xurosondan yordam kuchlari olib Buxoro ustiga yurish boshlaydilar. Bu Qutaybaning to'rtinchi safar Buxoro ustiga lashkar tortib kelishi edi. Buxoro aholisi har safar islom lashkari kelganda musulmon bo'lar, qaytib ketgach esa dindan chiqar edi. Bu paytda Xotun juda qarib qolgan edi, davlatni endi uning o'gli Tog'shoda boshqarardi. Qutayba qattiq jangdan so'ng
12 R.Shamsutdinov, Sh.Karimov. Vatan tarixi. T., ―Sharq‖, 2010, 135-bet. 13 O‘sha joyda. 28
Buxoroni egallaydi. Tog'shoda islom dinini qabul qilgach, Qutayba uni Buxoro taxtida hukmron sifatida qoldiradi. Tog'shoda o'ttiz ikki yil Buxoroni boshqaradi. Tog'shoda islom dinini qabul qilgandan keyin tug'ilgan farzandiga Qutaybaga bo'lgan hurmat va e'tiqodi ramzi sifatida Qutayba deb ism qo'yadi. Qutayba otasidan so'ng Buxoro taxtiga o'tiradi. U Abu Muslim davrida dindan qaytadi. Shu bois Abu Muslim Qutayba ibn Tog'shodani o'ldiradi. Qutaybaning serdaromad va g'allakor yerlari uning birodari Bunyod ibn Tog'shodaga beriladi. Bu yerlar Ismoil Somoniy davriga qadar Bunyod hukmronligi ostida bo'ldi. Qutayba ibn Muslim shimoliy sharq tomon g'olibona bosqinchilik yurishlarini davom ettirdi. U 710- yilda Shuman, Nasaf, Keshni zabt etadi. 711-yilda aka-uka Chag'on va Hurzod janjalidan foydalanib Xorazmni bosib oladi. Shundan so'ng Qutayba endi asosiy zarbani kuchli raqib, lekin laqma siyosatdon Sug'd hokimi Tarxunga qarshi qaratadi. O'rtada tuzilgan sulh shartnomasiga qaramasdan; o'zaro kelishuv asosida Samarqanddagi masjid qurilishini tezlashtirish bahonasida shaharga g'isht teruvchilar o'rniga 4000 qurollangan arab kiritiladi. Shahar talanib, aholi xarob qilinadi. Tarxun ham qatl etiladi. Sosoniylarning eng so'nggisi Yazdigarning qizi ham asir olinadi va u xalifa Validga yuboriladi. Samarqandda qo'lga olingan oltin butlar va ularning jihozlari 50 ming misqolni tashkil etadi. Samarqandni egallashda 300 ta devorbuzar moslamalar ishlatilib, arablar Samarqandni batamom vayron etadilar. Nihoyat Samarqandning yangi hokimi G'urak (709-738) bilan Qutayba o'rtasida sulh bitimi imzolanib, bu bitimga ko'ra u arablarga yiliga 200 ming dirham to von to'lashi kerak bo'ladi. Yana arablarga 30 ming sog'lom kishini qui o'rnida berish sharti ham bor edi. Shartnomaga asosan shahar markazi arablarga bo'shatib beriladi. Qutayba u yerda masjid qurdiradi (Afrosiyobda). 713-715-yillarda u Toshkent, Ho'qand, Turkiston Chini (Sharqiy Turkiston) yerlarini to Qashg'argacha bo'lgan yerlarni egallaydi. Ana shu tariqa Qutayba ibn Muslim O'rta Osiyo yerlarini zabt etib, Xitoy hududigacha cho'zilgan o'lkada yashayotgan xalqlarni islom diniga kiritadi. 29
Farg'ona orqali Qutayba Marvga yo'l oladi. Marvda xalifa Valid vafot etgan bo'lib, xalifalik taxtiga uning raqibi Sulaymon ibn Abdumalik o'tirgan edi. Qutayba undan xavotirlanar va Sulaymonga ishonmas edi. Shu sababdan u Sulaymonga qarshi ochiq isyon ko'taradi. Ammo isyonchi sifatida o'z askarlari tomonidan o'ldiriladi. Bu voqea Vamberi bergan ma'lumotlarga ko'ra 714 (96)- yilda Qutayba ibn Muslim 47 yoshida ekanida sodir bo'lgan edi. Boshqa manbalarda esa 715-yilda arab askarlari tomonidan o'ldiriladi, deyiladi. Shunday qilib sahroyi arablar dunyoning eng qadimiy va madaniyat o'lkalaridan biri bo'lmish Movarounnahrni o'z mustamlakalariga aylantiradilar. Movarounnahr hududida yashagan ajdodlarimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotda sahroyi arablarga qaraganda anchagina oldinda edilar. Nima sababdan ularni arab istilochilari nisbatan tez va oson bosib ololdilar? Buning sabablari - birinchidan, o'lka xalqlari o'rtasida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy birlikning bo'lmaganligi va tarqoqlikning mavjudligidir. Arablar Movarounnahr yerlariga bostirib kelgan paytda o'lkada bir-biriga dushman bo'lgan 15 dan ortiq kichik-kichik feodal davlatchalar bor edi. Bu holdan arablar ustalik bilan foydalandilar. Ikkinchidan, arablar ko'chmanchi turk qabilalari bilan mahalliy o'troq xalqlar o'rtasida mavjud bo'lgan qarama-qarshiliklardan ham foydalandilar. Uchinchidan, arablar Movarounnahrga qadar juda ko'plab boshqa mamlakatlar va aholi hududlarini bosib olgan edilar. Ular bu mamlakatlarning aholi kuchlari, moddiy boylik imkoniyatlaridan ona tuprog'imiz hududlarini bosib olish chog'ida foydalandilar. To'rtinchidan, arablar Movarounnahr hududlariga bostirib kelganlarida bu yerda ko'pdinlilik hukm surardi. Bu hoi arablarga qarshi o'lkamiz hududi xalqlarining birlashuviga to'sqinlik qildi va arab bosqinchilarining g'alabasini yengillashtirdi.
Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling