Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги а.ҚОдирий номидаги жиззах давлат
Sharq dunyosining buyuk allomalari
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
arab musulmon madaniyatining zhahon tarixida tutgan orni 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Forobiy hikmatlaridan 32
- Imom al-Buxoriy (810-870)
- Muslim ibn al-Hajjoj (821-875).
- Imom at-Termiziy (824-893).
2.3.Sharq dunyosining buyuk allomalari Abu Nasr Muhammad Forobiy 873 yili Sayxun (Sirdaryo) qirg‘og‘idagu Forob-O‘tror degan joyda (ba‘zi kitoblarda Vosinch qishlog‘ida) turkiy qabilalardan bo‘lgan harbiy xizmatchi oilasida dunyoga kelgan. Boshlang‘ich ma‘lumotni o‘z yurtida olgach, Shosh (Toshkent), Samarqand, Buxoroda o‘qigan. Isfaxon, Hamadon, Ray shaharlarida bo‘lgan. Keyin bir qancha muddat Bag‘dodda yashab, al-Mutaddil (870-902), al- Muqtafiy (902-908), al-Muqtadir (908-932) xalifaliklari davrida O‘rta asr fani va ilmining turli sohalarini o‘rganadi, yunon falsafiy maktablari bilan chuqur tanishadi. Taxminan 941 yildan Damashqqda yashay boshlagan, Halabda ijod qilgan. Jahon madaniyati rivojiga katta hissa qo‘shgan mutafakkir Forobiy tabiiy va ijtimoiy bilimlarning qariyb barcha sohalari bilan shug‘ullangan va 160 dan ortiq asar yaratgan. «Substansiya haqida so‘z», «Qonunlar hakida kitob», «Jon (rux)ning mohiyati haqida risola», «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi», «Hajm va miqdor haqida», «Musiqa xaqida katta kitob», «Hayvon a‘zolari haqida so‘z», «Fozil shahar odamlari» shular jumlasidandir. 62
Forobiy bulardan tashqari, o‘zidan oldin o‘tgan yunon mutafakkirlari, jumladan, Aristotel asarlariga yozgan sharhlari bilan ham shuhrat qozongan va «Muallimi soniy»- ikkinchi muallim, «Sharq Arastusi» unvonlariga sazovor bo‘lgan. Gap shundaki, Forobiy o‘z salafla-rining asarlariga shunchaki munosabat bildirib, tushuntirib bermagan, balki ularning ayrim qarashlarini inkor etgan, fikrlarini to‘ldirgan. Abu Nasr bobomiz «Fozil shahar ahlining ra‘ylari», «Fuqarolik siyosati», «Baxt-saodatga erishuv haqida» kabi risolalarida o‘zining ijtimoiy qarashlarini bayon qilgan. Inson jamoasining o‘z ehtiyojlarini qondirishga bo‘lgan intilishlari asosida vujudga keladigan o‘zaro yordam, birlashuv natijasida paydo bo‘lishini, bunday jamoaning sinalgan shakli shahar ekanligini ilmiy-nazariy jihatdan asoslashga harakat qilgan ulug‘ mutafakkir butun insonlarni o‘zaro hamkorlikka chaqiradi, jahonda yagona odamlar jamoasi tuzilishini orzu qiladi. Davlatning vazifasi fuqarolarni baxt-caodat manziliga eltishdan iboratdir, bu esa ilm va xush axloq yordamida vujudga keladi, deb hisoblaydi. Olim, shuningdek, hukumatni boshqarishning saylovga, ya‘ni demokratiyaga asoslangan shakllari, tizimlarini tavsiya qiladi, har jihatdan yetuk, yurti ma‘mur, eli farovon, xalqi yoppasiga ilm- ma‘rifatli jamiyat to‘g‘risidagi fikrlarni ilgari suradi. Forobiyning dunyo ahamiyatiga molik ayrim asarlari XII asrdayoq bir qancha Ovrupo tillariga tarjima qilingan. Qomusiy olimning ilm-fanning umumiy masalalariga, inson bilish faoliyatining falsafiy omillariga, shakllari va bosqichlariga, mantiq ilmining tabiati va sirlariga, hisob- al-jabr, falakiyot, handasaga,fizika, kimyo, tibbiyot, biologiyaga, tilshunoslik, ijtimoiy-siyosiy muammolar, davlatni boshqarish masalalariga, tarbiya va axloq-odob, hukukiy bilimlarga, murabbiylik ta‘limotlariga bag‘ishlangan va boshqa yo‘nalishlardagi tadqiqotlari, hech 63
shubhasiz mazkur sohalar rivojiga katta ta‘sir ko‘rsatgan va hali-hamon ularning qimmati, ahamiyati yuksakdir 31 .
mutaxasslardan xam puxtarok biladigan, asli turkiy millatga mansub Forobiy faqat ilm bilan shug‘ullanib qolmay, ana shu til, shuningdek, mantiq asoslari bo‘yicha arabiy madrasalarda muallimlik qilib, ma‘-ruzalar o‘qigan. Forobiy o‘z bilimlari, ilmlarini mukammallashtirish maqsadida umrining oxirida xam tinib-tinchimagan, qo‘nim bilmagan. Ma‘lum muddat Misrda yashagan, keyin yana Damashqqa qaytgan va 950 yili, yetmish uch yoshida shu yerda vafot etgan. Dunyo tan olgan donishmand, shoir, adabiyotshunos, musiqashunos Forobiyning fe‘li-a‘moli, hayot tarzini ifodalaydigan bir alomat misolni hayrat bilan naql qiladilar. Olim Xalabda yashagan davrida ilmu fan kishilari zahmatini qadrlaydigan shahar hokimi Sayfutdavla unga davlat hisobidan kattagina maosh tayinlagan ekan. Forobiy maoshning bir qismini - kundalik tirikchiligiga kifoya qiladiganini olib, qolganini qaytarar ekan. Shaxsning nihoyatda halol, olijanobligidan, o‘ta kamtar va xokisorligidan va ayni vaqtda behad buyukligidan dalolat bo‘lgan bu dalil hozirgi zamon nuktai nazaridan qaraganda xalq rivoyatlariga, ertakka o‘xshaydi. Forobiy inson aqlining bilish qobiliyatlarini aniqlashga intilib, uning mantiliy tuzilishini batafsil tahlil qiladi. Shuni aytish kerakki, ruxoniylar mantiq, bilan shug‘ullanishni keskin man etar, uni o‘rganish dindan chekinishga olib keladi deb hisoblardilar. Forobiyiing bilish haqidagi ta‘limotida aql masalasiga keng o‘rin berilgan. U aqlni borliq mohiyatini bilishning muhim va asosiy vositasi deb hisoblaydi. Aql muammosini talqin qilishda ko‘plab qiziqarli va to‘g‘ri qoidalar va farazlar bilan bir qatorda mistik va teologik narsalar ham uchraydi. Biroq,o‘rta asr uchun xarakterli bo‘lgan faqat Forobiyda emas, balki undan keyingi mutafakkirlarda (Ibn Sino, Ibn Rushd va boshqalar) ham uchraydigan
31 Qamchibek Kenja. Andijondan Bog‘dodgacha. T., ―Sharq‖, 2007, 15-bet. 64
dunyoviy rux va dunyoviy aql, ularning o‘lmasligi haqidagi ta‘limot umuman mistik-idealistik bo‘lgani holda teologik kategoriyalar shaklida ifodalangan qimmatli fikr-ratsional mag‘izga ham egadir. Dunyoviy rux va dunyoviy aql individual rux va aqlniig paydo bo‘lishi va rivojlanishining sababi deb qaraladi va oqibatda individual rux va aql tananing o‘lishi va yo‘q bo‘lishi bilan yuqolib ketmaydi, balki dunyoviy rux va aql bilan qo‘shiladi. Insonning ruxi va aqli abadiylikka ketadi, biroq hech qachon qaytib kelmaydi va qayta namoyon bo‘lmaydi. Ular tanani tark etib, guyo bir butunlikka birlashadi va har bir rux va aql hayotiyligida orttirgan barcha ma‘naviy narsalar to‘planib hamisha barhayot dunyoviy rux va aqlni tashkil etadi. Forobiy hikmatlaridan 32
Baxtga erishish maqsadida birlashgan kishilar jamoasi fazilatli jamoadir. Baxtga erishish maksadida o‘zaro yordam bergan xalq fazilatli xalqdir. Shu tartibda barcha xalqlar baxtga erishmoq uchun bir-birlariga yordam bersalar, butun yer yuzi fazilatli bo‘ladi. Hap bir inson o‘z tabiati bilan shunday tug‘ilganki, u yashashi, oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi va ularga ega bo‘lishi uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj sezadi. Har kimki ilm-hikmatni o‘rganaman, desa, uni yoshligidan boshlasin, salomatligi yaxshi bo‘lishiga intilsin, axloq-odobli bo‘lsin, so‘zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlansin, xiyonat va makr-hiyladan uzoq yursin.
Shu o‘rinda yana bir O‘rta Osiyolik buyuk allomaga o‘z e‘tiborimizni qaratsak: Muhammad Myso Xorazmiy 780 yili Xiva shaxrida tavallud topgan. O‘sha davrdagi eng mashhur ilmiy va madaniy markaz hisoblangan Bag‘dodda ko‘p yillar faoliyat ko‘rsatgan. Xalifa Al-Ma‘mun (813-833 yillar), Al-Mutasim (833-842) va Al-Vosiq (842-847) davrlarida Sharqning dastlabki akademiyasi - «Bayt-ul hikma»da Xorazmiy rahbarligida arablar va boshqa xalqlar vakillari
32 O‘sha joyda. 65
bilan bir qatorda Axmad Farg‘oniy, Axmad ibn Abdulloh, Marvaziy kabi O‘rta Osiyolik olimlar tadqiqotlar olib borganlar. Xorazmiy o‘zining tabiiy fanlar sohalaridagi ilmiy faoliyati bilan ilg‘op ijtimoiy-falsafiy tafakkurga yo‘l ochdi. U «algebra» va «arifmetika»larning muallifidir. Matematikada abstraksiya tushunchasini kengaytirdi, induksiya yo‘li bilan umumiy yechish usullarini hal qildi. «Algoritm» iborasi ham uning taxallusi bilan bog‘liq. Xorazmiy nomini tarixda qoldirgan asarlaridan biri— «Aljabr val- muqobala» risolasidir. «Kitob surat al-arz» («Yerning surati») nomli geografiyaga oid noyob asarida yuzlab muhim joylar va tog‘larning geografik tafsiloti berilgan, daryolar, dengizlar va ummonlar havzasining shakli, ularda joylashgan orollarning muhim belgi jihatlari bayon qilingan. Xorazmiy Bag‘dod rasadxonasida o‘tkazgan kuzatishlari asosida yangi «Astronomik jadvallar» tuzgan, bu asar XII asrda lotin tiliga tarjima qilinib, bir necha asr davomida undan foydalanilgan. 827 yili Xorazmiy rahbarligida Yer kurrasining hajmini aniqlash maqsadida Yer meridianining bir gradusi o‘lchab chiqilgan. Xorazmiyning «Usturlob haqida risola», «Quyosh soatlari to‘g‘risida risola», «Tarix risolasi», «Musiqa risolasi» kabi asarlar yozgani ham ma‘lum. XIX asrning mashhur matematigi va tarixshunosi, fransuz olimi P. Tanneri shunday deb yozgan: «Xorazmiy asarlari... g‘arbda matematika sohasidagi ko‘pgina kashfiyotlarning manbai bo‘lib xizmat qildi. Shuning uchun ham Xorazmiy nomi Ovrupoda abadiylashib qoldi» 33 .
yerda juda ko‘p mahalliy Islom olimlari-hadisshunos (muhaddis), Qur‘on tafsirshunoslari (mufassir) va Islom dini qonun-qoidalari, yo‘l-yo‘riqlari bilan shug‘ullanuvchi yuzlab mashhur, Islom dunyosi tan olgan olimlar yetishib
33 Qamchibek Kenja. Andijondan Bog‘dodgacha. T., ―Sharq‖, 2007, 158-bet. 66
chiqdilar. Bular Islom dini borasida jahon faniga o‘zlarining ulkan hissalarini qo‘shib ketdilar. Ularning asarlari hozirgacha Islom dini hukmron yoki xalqi shu dinni qabul qilgan davlatlardagi diniy madrasa va institutlarda asosiy qo‘llanma sifatida o‘qitilib kelmoqsa. Ular Markaziy Osiyo shuhratini musulmon dunyosi miqyosiga ko‘targan mashhur olimlardir.
Payg‘ambar (s.a.v.) vafotlaridan keyin u zotning aytgan so‘zlari (hadislarni) va sunnatlari (hayot tarzlari, qilgan ishlari)ni to‘plash, kitob shakliga keltirish VIII asr oxiridan boshlanib, X asrga kelib butun Islom olami tan olgan oltita hadislar to‘plami vujudga keddi. Bular asosan Markaziy Osiyolik muhaddislar Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Ter-miziy, Imom Nasoiy, Imom Abu Dovud va Imom Mojjalar qalamiga mansubdir. Bular qatoriga yettinchi qilib Imom Dorimiy Samarqandiyni ham qo‘shadilar. Hadis olimlarining rahnamosi, alloma, imomlar imomi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al-Buxoriydir. Bu ulug‘ zot hijriy 194 (milodiy 810) yili Buxoroda tug‘ilganlar. 825 yili otalari va birodarlari bilan haj safariga borib, o‘sha yerda qolib ketganlar. U yerda ilmlarini takomillashtirib, payg‘ambar (s.a.v.) hadislarini to‘plash, tartibga solish, ulardan qaysi biri to‘g‘ri qaysi biri payg‘ambarga (s.a.v.) taalluqli emasligini aniqlash maqsadida Makka, Madina, Shom, Misr, Falastin, Iroq shaharlarini kezib, bir necha yil badaviy arablar orasida yurdilar. Shu tariqa ranju mashaqqatlar bilan jami 600 ming hadis to‘plab, bulardan 100 ming «sahih» va 200 ming «g‘ayri sahih» hadislarni yod olganlar. 600 ming hadisdan 7265 tasini «Jome as-sahih» («Ishonchli to‘plam») kitobiga kiritdilar. Imom al-Buxoriyning mashhur asarlari 15 ta bo‘lib, ulardan quyidagilarni ko‘rsatamiz: 1. «Al-Jome as-sahih». Buyuk allomaning eng buyuk va mashhur asari. Bu kitob «Sahih al-Buxoriy» nomi bilan ham yuritiladi. Bu asarga kiritilgan ishonchli hadislar soni takrorlanadiganlari bilan 7275 ta bo‘lib, takrorlanmaydigan hadislar
67
4000 tadir. Asar yozilganligiga 1200 yil vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, shu vaqtgacha u Islom olamida Qur‘ondan keyin ikkinchi o‘rinni tutadigan muhim manba vazifasini o‘tab kelmokda. O‘rta asrda yashagan ba‘zi adib va xattotlar uchun bu kitob nusxalarini ko‘chirish tirikchilik vositasi ham bo‘lib kelgan. Taniqli adib va ilohiyatchi olim an-Nuvayriy (vafoti 1332) undan 8 nusxa ko‘chirib, har birini 1000 dirhamdan sotgan. Uning 1325 yili ko‘chirilgan nodir nusxasi Istanbudda saqlanmokda. «Al-Jome‘ as-sahih»ga ko‘plab sharhlar bitilgan. U qayta-qayta nashr etilgan. Imom al-Buxoriy to‘plagan hadislarda faqat Islom dini ta‘limotiga oid qoidalar aks ettirilibgi-na qolmay, ular mehr-muhabbat, halollik-poklik, saxiylik, ota-ona, kattalarga hurmat, yetim-yesir, beva-bechoralarga muruvvat, mehnatsevarlik, vatanga muhabbat kabi oliyjanob insoniy fazilatlar majmuasidir. Hadislarda nima yaxshi, nima yomon, nimani qilish kerak, nimani qilmaslik lozimligi haqidagi zamonamiz ahli, ayniqsa, yosh avlod uchun katga tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘l-yo‘riqlar, pandu-nasihatlar va o‘gitlar o‘z aksini topgan. 2. «Al-Adab al-mufrad» (Adab haqida yagona kitob). Yuqorida zikr qilganimiz payg‘ambarimiz (s.a.v.)-ning olti nafar tan olingan hadis olimlari to‘plagan hadislarida axloq-odob masalasi asosiy o‘rinda turadi. Chunki musulmon bo‘lish uchun eng avvalo yaxshi xulqli, odobli, insofli, pok va halol bo‘lish shart. Bu borada payg‘ambar alayhissalom o‘zlari: «Men yaxshi va oliy axloqlilarni kamolotga yetkazish uchun payg‘ambar qilib yuborildim» deganlar. Shuning uchun ham Imom Buxoriy o‘zining shoh asari «Jome as-sahih»da-gi axloq-odob haqidagi hadislarni bitta kitobga jam-ladi. Bu olimni qoniqtirmagandan keyin, butun Islom olamini yaxshi xulq va odobda tarbiyalashni ko‘zda tutgan holda axloq va odobga oid hadislarni alohida bir kitobga to‘plab, «al-Adab al-mufrad» nomli asarini yozdi. Kitob 644 bobdan iborat bo‘lib, ularda 1322 hadis jamlangan. Bu asarda boshqa muhaddislar kitoblarida uchramaydigan bir qancha hadislar ham berilgan. Asarning yana bir 68
qimmatli tomoni shuki, undagi hadislarni yozib olgan hadis rivoyatchilari (isnodlar) boshqa muhaddislar isnodlariga nisbatan ancha ishonchli kishshgar bo‘lgan. «Al-Adab al-mufrad» qo‘lyozmalari Sharq va G‘arbning juda ko‘p kitobxonalarida mavjud. U 1898 yili Hindistonda. 1930 yili Qohirada. 1970 va 1980 yillari O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi tashabbusi bilan ikki marta arab tilida nashr etildi. Uning 600 hadisdan iborat 267 bobi taniqli islomshunos olim Shamsuddin Boboxonov tomonidan o‘zbek tiliga ag‘darilib, 1990 yili «O‘zbekiston» nashriyotida chop etildi. Tarjimada ba‘zi hadis-larga izohlar ham berilgan. «Al-Adab al-mufrad»ning 1-24 boblari ota-onaga xizmat qilish, ularning hurmatini joyiga qo‘yish, ayniqsa, qarigan chog‘ida ularni e‘zozlab parvarish qilish, diliga ozor bermaslik, ularning haqqini ado etish masalalariga bag‘ishlangan. Ba‘zi misollar keltiramiz. Muslim ibn Xayyila (raziyallohu anhu) aytdilar-ki, rasulullohdan «Ey rasululloh, men yaxshiligimni kimga qilsam bo‘ladi?» deb so‘radim. «Onangga»— dedilar. «Men shu savolni uch marta qaytarsam ham rasululloh «Onangga» deyaverdilar. To‘rtinchi marta so‘ra-ganimda: «Otangga va yaqin bo‘lgan qarindoshlaringga» dedilar. Abu Hurayra (raziyallohu anhu) aytadilar: rasululloh; «Bolaning otasi birovlarning quli bo‘lsa uni hojasidan sotib olib, ozod qilmaguncha uning haqqini ado qilgan bo‘lmaydi» - deydilar. Abu Bakr (raziyallohu anhu) aytadilar: rasululloh: «Men sizlarga gunohlarning eng kattasini aytib beraymi? - deb uch marta so‘radilar. Sahobalar «Ey rasululloh, aytib bering», - deyishdi. «Alloh taologa shirk keltirish va ota-onaga oq bo‘lish», dedilar. Hadislardan anchasi qarindosh-urug‘larga yaxshilik qilish, ular bilan bordi- keddi qilib turish, holidan xabar olish va ularga rahm-shafqatli bo‘lish haqidagi hadislardir. Bakr ibn al-Horis Ansoriy (raziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi. U
69
kishi rasulullohdan «Yo rasululloh, men yaxshiligimni kimga qilishim kerak?» - deb so‘radilar. Rasululloh (s.a.v.); «Onangga, otangga, opa singillaringga, aka- ukalaringga va yaqin kishilaringga. Bu ish zaruriy burch va uzilmasligi kerak bo‘lgan qarindoshliqdir», - dedilar. Keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, nomi o‘zi bilan «Adab durdonasi» adab axloqning durdonasidir. 1200 yildan buyon Islom olamida insonlarda yaxshi oliyjanob xislatlarni tarbiyalash, ularni to‘g‘ri yo‘lga solish, xizmat qilib, odamlarni pok iymonli, e‘tiqodli, insofli bo‘lishga yo‘llab, yomon illatlardan saqlab kelayotgan bebaho asar hozirgi bizning za-monamizda ham o‘z qimmatini yo‘qotmay hayotimizning hamma talablariga to‘la javob beradi. 3. «At-Tarix as-sag‘ir» (Kichik tarix). 4. «At-Tarix al-avsat» (O‘rtacha tarix). 5. «At-Tarix al-kabir» (Katta tarix). 6. «At-Tafsir al-kabir» (Katta tafsir). Ammo bunday bebaho durdonalardan Sho‘ro davrida xalqimiz butunlay bebahra bo‘lib kelgani achinarli holdir. Mustaqillik tufayli dinimiz, iymon e‘tiqodimiz qayta tiklandi. Imom Buxoriyning to‘rt qismdan iborat «Jome‘ as- sahih» asari o‘zbek tiliga to‘la tarjima qilinib nashr etildi. U zoti sharif haqida o‘nlab risolalar, yuzlab maqolalar chop etildi. Olimning Xartangdagi Sho‘ro davrida tashlandiq holga aylantirilib, jamoa xo‘jaligi ombori, atrofida qarovsiz chakalakzor bo‘lgan tabarruk maqbara va masjidi misli ko‘rilmagan darajada ta‘mirlanib, yoniga o‘sha davr uslubida yangi masjid, minora va arklar barpo etildi. Bularning hammasiga Prezidentimiz I.A.Karimov bevosita rahbarlik qildilar. Inshoot kerakli mablag‘ va qurilish materiallari bilan uzluksiz ta‘-minlab turildi. 1974 yilda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi tashabbusi bilan Respublikamizda butun Islom dunyosi vakillari ishtirokida Imom al-Buxoriy tavalludining 1200 yilligi nishonlangan edi. 1998 yidda Respublika Vazirlar Mahkamasi qarori bilan buyuk alloma Imom Buxoriy tavalludining 1225
70
yilligi juda keng miqyosda nishonlandi. Imom al-Buxoriy jamg‘armasi tashkil etildi. «Imom al-Buxoriy soboqlari» jurnali ta‘sis qilindi. Toshkentdagi oliy diniy maktabga uning nomi berildi. Faqat mustaqillik tufayligina o‘zbek xalqining buyuk farzandi, iftixori, shon-sharafi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Imom al-Buxoriy butun dunyoga qaytadan nom taratib, o‘z shu‘lasi bilan Islom ahlini nurafshon etmoqda. Muslim ibn al-Hajjoj (821-875). Imom AbulHusayn Muslim ibn al-Hajjoj ibn Muslim. Asli nishopurlik. Bu ham «as-Sahih» asarini va boshqa hadis haqidagi bir qancha qiymatli asarlarni yozgan. U ham hadis to‘plash uchun Hijoz (Makka, Madina kabi shaharlar), Iroq, Shom (Suriya), Misr, va boshqa mamlakatlarni kezgan. Juda ko‘p olimlardan dars olgan. Nishopurda Imom Buxoriy bilan uchrashgan, undan dars olgan. Muslim Nishopurda vafot etgan va Nasrobod degan joyga dafn etilgan. Muslimning asarlari ko‘p bo‘lib, ulardan eng muhimlari 11 ta: 1.
«Al-Jome assahih». 2. «Al-Musnad al-kabir ala-r-rijol» (Erkaklar uchun eng katta ko‘rsatgich). 3. «Kitob al-asmo‘ va-lkunya» (Ism va kunyalar haqida kitob) kabilar.
Abu Iso Muhammad ibn Iyso ibn Savra at-Termiziy. Mashhur muhaddislardan biri, bir necha asarlar muallifi. Abu Isoning buvasi marvlik bo‘lgan. Keyin Termizga ko‘chib kelgan va bu yerda Abu Iso Termiziy tug‘ilgan. Yoshligidan ilm va hadisga qiziqib, Hijoz, Iroq, Xuroson va boshqa joylarda o‘qigan, Islom obidalari bilan tanishgan. Juda ko‘p hadis imomlari va bilimdonlaridan hadis tinglagan, yozib olgan va ko‘rgan. Umri oxirida kasalga yo‘liqib, bir necha vaqt ko‘r bo‘lib qolgan. Keyin Termizda hijriy hisob bilan 279 yili 70 yoshida vafot etgan. U juda ko‘p ustozlaridan dars olgan. Bulardan eng mashhurlari Imom Buxoriy, Muslim ibn Hajjoj, Abu Dovud, Qutayba ibn Sa‘id kabilarni ko‘rsatish mumkin.
71
Undan juda ko‘p Islom olimlari dars olganlar. Ulardan Takhul ibn al Fazl, Muhammad ibn Mahmud Anbar, Hammod ibn Shokir, Haysam ibn Kulayb ash- Shoshiy (Toshkandiy), Ahmad ibn Yusuf an-Nasafiy (qarshilik). Abu Iso Termiziy asarlari: «Kitob al-jome‘» (Hadislar majmuasi kitobi). 2. «Kitob ilol» (Illatlar kitobi). 3. «Kitobi tarix». 4. «Kitob ash-shamoil an-nabaviyya» (Payg‘ambarlik alomatlari kitobi) va boshqalar. Bu asar «Kitob shamoil» nomi bilan ham yuritiladi. Buning 1510 va 1533 yillari ko‘chirilgan ikkita qadimiy qo‘lyozmasi va XVII asrda ko‘chirilgan bitta qo‘lyozmasi UzRFA Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda (SVR, IV № 2976, 2979). Bular ichida eng mashhuri «al-Jome» asaridir. Bu oltita mashhur hadis to‘plamlaridan biridir. Bu kitob «Jome Termiziy», «Sunani Termiziy» nomlari bilan ham yuritiladi. Unga juda ko‘p olimlar sharh yozganlar.
Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling