Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта
TARIX FANIDAN MUAMMOLI TA’LIM MASHG’LOTLARINI TASHKIL ETISH
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism
TARIX FANIDAN MUAMMOLI TA’LIM MASHG’LOTLARINI TASHKIL ETISH
Haydarov, Yu. – BVXTXQT va MOI “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi mudiri tarix fanlari nomzodi, dotsent, Jumaqulov N., katta o’qituvchi Mamlakatimizda yuksak bilimli va intellectual rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalash voyaga yetkazish muhim vazifaga aylandi.Buning uchun har bir o’qituvchi o’z fanini o’qitishning eng samarali usuli zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni puxta bilishi va bu boradagi yangiliklarni uzluksiz o’rganib boorish orqali o’z kasbiy mahoratini muntazam oshirib borishi talab qilinadi. Ta’lim-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish kelgusi taraqiyotimizning asosi ekanligi ma’lum. Bu haqda Prezidentimizning quyidagi so’zlari ibratlidir.”Biz ta’lim-tarbiya sohasidagi keng ko’lamli islohotlarimizni albatta, oxiriga yetkazishimiz, bunday ta’lim dargohlarini nafaqat qurish, ta’mirlash va jihozlash, balki farzandlarimizni zamon talablari asosida kamol toptirish uchun eng yuksak malakali o’qituvchi va domlolarni jalb etish, ularning bilim va tajribasini muntazam oshirib borishga eng muhim, g’oyat mas’uliyatli vazifa deb qarashimiz zarur”. Talim muassalarida ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini yanada oshirishda muammoli ta’lim mashg’ulotlarining o’rni va roli kattadir. Ma’lumki, muammoli ta’lim texnologiyalari o’quvchini faollashtirishga asoslangan. Muammoli ta’lim texnologiyalardan foydalanish o’quvchilarning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini o’stirishda jiddiy ahamiyatga ega. Muammoli ta’limning bosh maqsadi o’quvchilarning muammoni to’liq tushunib yetishiga erishish va ularni hal qilishga o’rgatishdan iborat. Tarix fanidan o’qituvchilar darslar jarayonida muammolari vaziyatlar hosil qilishni va ularni yechish usullarini oldindan belgillab olishlari zaur bo’ladi.Muammmoli vaziyat yaratishda tarix fani o’qituvchisi quyidagi usullardan foydalanishi mumkin: O’qituvchi o’quvchilarga dars mavzusi bilan bogliq ziddiyatli holatni tushuntiradi va uni yechish yo’lini topishni taklif etadi; Bir masalaga oid turli nuqtai nazarlarni bayon qiladi; Muammoni yechishga oid ma’lumotlar yetarli bo’lmagan mavzularni tanlaydi va ularni o'quvchilar muhokamasiga qo'yadi; Masalan, IX sinfda “O’zbekiston tarixi”dan “Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosati” bo’limiga kiruvchi “Turkiston general-gubernatorligining siyosiy- ma’muriy boshqaruv tizimi” mavzusi bo’yicha o’qituvchi o’quvchilarga Turkistonda o’rnatilgan boshqaruvning mustamlakachilik tartiblari mazmun-mohiyatini tushuntiradi.Boshqaruv tartiblarining mustamlakachilik xususiyatlarini to’la tavsiflab beradi.So’ngra boshqaruv tartibidagi o’ziga xosliklarini aniqlashni taklif etadi.Bu muammolarning yechimini topish uchun o’quvchilar quyidagi masalalarga javob topishi kerak: General-gubernatorlik boshqaruv devoni vakolatlarini tavsiflab berishi; Viloyat boshqaruvi va qishloq boshqaruv tizimini atroflicha tahlil qilish; Uyezd boshqaruv tizimining mazmun mohiyatini yoritish. O’quvchilar muammoning yechimini topganlaridan so’ng o’qituvchi ularning fikrini to’ldiradi va xulosalaydi. Bir masalaga oid turli nuqtai nazarlar mavjud bo’lgan mavzular bo’yicha muammolali mashg’lotlarni tashkil etishda umumiy o’rta ta’lim maktablarining VII sinfida o’qitiladigan “Jahon 97 tarixi”dan “Saljuqiylarva Usmonli turklar davlatlari” mavzusi yorqin misol bo’la oladi.Bu mavzu o’quvchilar o’rganishi uchun bir qadar murakkab bo’lishi bilan birga, mavzuga oid tarixiy voqea va hodisalarga turlicha qarashlar mavjud. O’qituvchi mavzu bo’yicha muammoli vaziyatni tashkil etar ekan, Saljuqiylar davlatining vujudga kelishidagi tarixiy shart-sharoitlar, ijtimoiy tuzumi, Usmonlilar davlatining tashkil topishi, Bolqon yarim orolidagi istilolar haqida so’zlar ekan, o’quvchilarni Usmonli turklar g’alabalari omillarini topishga undaydi.Usmonli turklar davlati tashkil topishi va o’zga mamlakatlar bilan munosabatlari masalasida turli nuqtai nazarlar borligini, ayrim tarixchilar Usmonli turklar olib borgan istilochilik urushlarining ijobiy tomonlarini ko’rsatsalar, ikkinchi guruh olimlar ular olib borgan istilochilik urushlarini qoralaydilar.”Siz bu masalada qanday fikrdasiz?”-deya murojaat qiladi. O’quvchilar Usmonli turklar olib borgan urushlarining og’ir oqibatlarini birma-bir sanab beradilar. Ma’lumki,Usmonli turklar XIV asrning o’rtalaridan asirga olingan eng sog’lom va baquvvat xristian bolalaridan sultonning shaxsiy gvardiyasi(jangchilari) tayyorlangan.Yillar o’tib bolalar o’z tili va dinini unutib, sultonning sodiq yanicharlariga aylangan.Oilasi, mol-mulki bo’lmagan yanicharlar sulton uchun jonini ham ayamagan. O’quvchilarning Usmonli turklar davlatining bunday siyosatiga o’z munosabatlarini bayon etishni talab etadi.O’quvchilar yanicharlarlarning urushlar va jangu-jadallar uchun tayyorlanganini, albatta, ma’qullamaydilar.Obodonchilik, bunyodkorlik, xalq faravonligi yo’lida fidoyilik ko’rsatish, faqat ezgu ishlarni amalga oshirish insoniyatga foyda keltirishini bayon qiladilar. Muammoni yechishga oid ma’lumotlar yetarli bo’lmagan mavzularni tanlashda VII sinf “O’zbekiston tarixi”dan “Etnik jarayonlar va o’zbek xalqining shakllanishi” mavzusiga e’tibor qaratish mumkin.Darslikda etnik jarayon va o’zbek xalqining tashkil topishi masalalarida ma’lumotlar keltirilayotgan bo’lsada, masalani yechimini topishga oid ma’lumotlar yetarli emas. Muammoning yechimini topish uchun qo’shimcha manbalarga murojaat etishga to’g’ri keladi.Bunda mamlakatimiz prezidenti Islom Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asari dasuramal bo’lib xizmat qiladi. Bu asarda o’zbek xalqining shakllanish jarayonlari batafsil yoritilgan. Tarix fanidan muammoli ta’lim mashg’ulotlarini tashkil etishda muammoli vaziyatni quyidagicha hal etish mumkin: O’qituvchi muammoni qo’yishi va o’zi yechishi mumkin; O’qituvchi muammoni qo’yishi va uning yechimini o’quvchilar bilan birgalikda topishi mumkin; O’quvchilarning o’zlari muammoni qo’yadilar va uning yechimini topadilar. Tarix fanidan qo’yilgan muammoli masalani yechishda quyidagi usullar qo’llaniladi: Mavjud muammoni turli nuqtai nazardan o’rganish, tahlil qilish; Muammoli masalani atroflicha solishtirish, umumlashtirish; Muammoli tarixiy voqea va hodisaga oid faktlarni aniqlash hamda qiyoslash; Muammoli vaziyatga bog’liq xulosalar chiqarish kabi usullardan foydalanish mumkin. Tarix fanidan muammoli ta’limni qo’llashdan ko’zlangan maqsad-tarixiy voqea va hodisalar haqidagi bilimlarni o’quvchilarga tayyor holda berish emas, ular tomonidan dars mavzusiga tegishli muammolar bo’yicha o’quv-tadqiqotlarini bajarish asosida o’zlashtirilishini ta’minlashdan iborat. O’quvchilar o’rganishi uchun quyiladigan muammo o’quvchilarning bilim darajalariga hamda intelektual imkoniyatlariga mos bo’lishi shart. Tarix fanidan mavjud bo’lgan muammoli vaziyatni yechish uchun beriladigan topshiriqlar yangi bilimlarni o’zlashtirishga yoki muammoni aniqlab, yaqqol ifodalab berishga yoki amaliy topshiriqni bajarishga yo’naltirilgan bo’ladi. O’quvchilarning tarixiy voqea va hadisaga oid muammoli vaziyatni tusunishlari esa uning kelib chiqish sabablari hamda nimalarga, qanchalik darajada bog’likligini idrok qila olishlari natijasida hosil bo’ladi.Bunday tushuna olish o’ navbatida o’quvchilarga mustaqil ravishda muammoni ifodalay olish imkoniyatini beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling