Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта


DARSLARDA MULTIMEDIA MAHSULOTLARIDAN FOYDALANISHNING


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet102/159
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817026
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   159
Bog'liq
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism

DARSLARDA MULTIMEDIA MAHSULOTLARIDAN FOYDALANISHNING 
AHAMIYATI 
Salimova Y. – BVXTXQT va MOI MO`HM koordinatori yordamchisi 
Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi 
erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi 
I.A. Karimov 
Hozirgi zamon o`quvchi –yoshlar ta’limini zamonaviy axborot kommunikatsion 
texnologiyalarsiz tasavvur etish qiyin. Zamonaviy axborot komunikatsiya texnologiyalari va
internetning beqiyos imkoniyatlari shu qadar takomillashib bormoqdaki, biz hatto tasavvurimizga 
sig`maydigan har qanday vazifani ham mana shu texnologiyalar bemalol bajarib kelmoqda. 
Prezidentimizning “Kompyterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot komunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish to`g`risida” 2002-yil 30-maydagi PF-3080-sonli Farmoni zamonaviy 
axborot komunikatsiya texnologiyalari va internet berayotgan qulayliklarni bevosita ta’lim 
jarayoniga tadbiq qilish ishlarni jadallashtirdi. Har bir o`qituvchi avvalo o`z darsida axborot 
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanadigan, internet bilan bemalol ishlay oladigan, elektron 
kutubxona va undagi ma’lumotlardan ta’lim-tarbiya sohasida qo`llay oladigan bo`lishdi. Endi ular 
qaysi sahifada ko`rsatilgan ma’lumotlar ta’lim sohasiga mos tushishi, Pespublika bo`ylab faoliyat 
ko`rsatayotgan ta’lim portallari haqida yetarlicha ma’lumotga egadirlar. 
Zamonaviy o`qituvchi bu bilim ko`nikmalari bilan o`quvchiga o`rnak bo`ladi, u o`zi 
kiradigan ta’lim sohasiga oid saytlar haqida o`quvchilarga ma’lumot beradi, o`quvchiga aynan uning 
kelajagi uchun kerak bo`ladigan bilimni bera oladigan sahifani kirib ko`rishni tavsiya qiladi, 
internetdan olingan ma’lumotlar bilan darslikdagi ma’lumotlarni solishtirib o`quvchilari bilan fikr 
almashadi. 
Fan olg`a siljigan sayin axborot kommunikatsiya texnologiyasi sohasi ham beto`xtov 
yangilanib bormoqda. Ta’lim sohasida foydalanish uchun multimediali maxsulotlar yaratilmoqda. 
Multimedia vositalari asosida o`quvchilarga ta’lim berishni yo`lga qo`yish hozirgi kunning dolzarb 
masalalaridandir. Multimedia bugungi kunda gurkirrab rivojlanayotgan zamonaviy axborot 
texnologiya vositasi. Multimedia – bu dasturiy va texnikaviy vositalar asosida audio, video, matn, 
grafika va animastiya (ob’ektlarning fazodagi harakati) effektlari asosida o`quv materiallarini 
o`quvchilarga etkazib berishning mujassamlangan holdagi ko`rinishidir. 
Ta’lim oluvchilarning ongliligi va faolligini oshirish uchun darsni shunday tashkil etish 
nazarda tutiladiki, bunda o`quvchilar ilmiy bilimlarni amalda qollab, ongli va faol egallab oladigan, 
ijodiy tashabbuskorligi va o`quv faoliyatida mustaqilligi, tafakkuri, nutqi rivojlanadigan bo`lsin. 
Darslarda multimedia vositalaridan foydalanish, xuddi shunday talablarga javob beradi. Multimedia 
vositalaridan fanlarni o`qitish jarayonida foydalanish ta’lim sifatini va samarasini oshirishning eng 
qulay usullaridan biri hisoblanadi.. Multimedia vositalari o`quvchiga yakka tartibda yo`dashish 


125 
imkonini beradi va o`qituvchining bevosita ishtirokisiz ham o`quvchi materialni o`zlastirish mumkin 
bo`ladi. 
Respublikamizdagi websahifalarda bir qancha multimedia mahsulotlari mavjud. 
Sahifalardagi multimedia mahsulotlarini o`rganib, hatto yuklab ham olishimiz mumkin. 
Shu qatorda uzedu.uz - O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi saytini alohida tilga 
olish lozim. Chunki ushbu saytda davlatimizda ta’lim-tarbiya sohasida erishilayotgan yutuqlar
o`qituvchlar uchun barcha fanlardan DTS, o`quv rejalar, o`quv qo`llanmalar, faoliyat ko`rsatayotgan 
ta’lim muassasalari, chop etilgan darsliklar bilan birga bir necha fanlarga oid multimedia
mahsulotlari bilan ham tanishishimiz mumkin. Sahifadagi multimedia mahsulotidan dars vaqtida 
ishlatish dars samaradorligini oshiradi. Masalan: ona tili va adabiyot fani o`qituvchilari 
www.uzedu.uz saytiga kirib taqdim etilgan multimedia mahsulotlaridan darslarida foydalanishlari 
mumkin. Adabiyot fanidan “Rangli doira” testi (A.Qodiriy hayoti va ijodi bo`yicha), “Tezyurar” 
o`yini ( Maqollarni aniqlash), Ona tili fanida foydalanish uchun “Quvnoq alifbo” (Alfavit tartibini 
aniqlash ) kabi multimediya mahsulotlari saytda joylashtirilgan. O`qituvchilar ushbu multimediali 
mahsulotlar bilan tanishib, ishlatish ko`rsatmalarini bilib olishlari lozim. So`ngra o`quvchilarga 
tavsiya beradilar, yoki dars soatining o`zida o`quvchilar bilan internetda to`g`ridan – to`g`ri 
ishlashga imkon tug`iladi. Bunda o`quvcnilar multimedia mahsuloti topshirig`ni o`zlari bajaradilar 
va bu o`quvcnilarni o`z ustida mustaqil ishlashga, fikrlashga, izlanishga undaydi. 
Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari, multimedia vositalari 
yordamida olib borilgan dars o`quvchining darsga bo`lgan qiziqishini va bilim olish saviyasini 
oshiradi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling