DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING
O`RNI
Aliyev T., Ergasheva N., Akobirov Sh. – Navoiy viloyati XTXQTMOI
O`quvchilarning bilim saviyasi va malaka ko`nikmalarini chuqurlashtirish, darslarga
qatnashish intizomini yaxshilash va fanlarni yaxshi o`zlashtirishlari uchun yangi pedagogik
texnologiyalarning turli xil usullari ishlab chiqilmoqda.
Yangi pedagogik texnologiya asosida dars olib boradigan o`qituvchi tinib tinchimasligi, o`z
ustida muntazam ishlashi, yangi adabiyotlar, maqolalar va tajribalar bilan doimiy ravishda tanishib
borishi, izlanishi zarur bo`ladi. U o`quvchini faollashtiradigan usul va yo`llarni, o`qitish shakllarini
va vositalarini izlashi hamda shu asosida dars davomida o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatib
boradi.
Bugungi kundagi zamonaviy dars usullaridan asosiysi innovatsion va interaktiv usullardir. Bu
usullarning afzalligi shundaki, o`quvchini mustaqil fikrlashga, muammoni o`zaro muloqotda va bahs-
munozarada hamjihatlikda hal etishga o`rgatadi.
Misol tariqasida “Kimyokentga sayohat” bekatlararo sayohat usulini “Kimyoning asosiy
tushunchalari va qonunlari mavzusiga qo`llab ko`ramiz”.
*1-bekat- Barchasi kimyo haqida;
*2-bekat- Tezkor savollar;
*3-bekat- Kataklar ortidagi ma’lumotlar;
*4-bekat- Test aqlni charxlaydi;
*5-bekat- Har yon kimyo;
*6-bekat- Masalalar yechish;
1-bekat: Barchasi kimyo haqida…… bu bekatda guruhlar kimyoviy moddalar va ularning ishlatilish
sohalari haqida bilgan ma’lumotlarini keltirishadi. Qaysi guruh ko`proq ma’lumot keltirsa, bekat
g`olibi hisoblanadi.
2-bekat:
Tezkor savollar.
1.Kimyo fani nimani o`rganadi?
Moddalar,moddalarning xossalari va ularning bir-biriga aylanishini o`rganuvchi fandir.
2.Jismlar nimalardan tashkil topgan?(moddalar).
3.Fikrni davom ettiring. Tajriba davomida termometr sinib qolsa……………
Do'stlaringiz bilan baham: |