Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта


TA’LIM TIZIMINI MODERNIZATSIYALASHTIRISHNING NAZARIY ASOSI


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet63/159
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817026
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   159
Bog'liq
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism

TA’LIM TIZIMINI MODERNIZATSIYALASHTIRISHNING NAZARIY ASOSI 
Toshpulatova SH. – Navoiy davlat Pedagogika instituti Fizika va astranomiya o’qitish metodikasi 
kafedrasi 
Toshtemirov O., Abduxalimova F. – Navoiy Madaniyat va san’at kolleji o’qituvchisi 
Ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiya sohalarining mavjud taraqqiyoti
zamonaviy jamiyat qiyofasini belgilab bermoqda. Zamonaviy jamiyatning eng muhim xarakterli
jihati uning barcha sohalarida globallashuvning ko’zga tashlanayotganligidir. Gloaballashuv o’z- 
o’zidan tezkor harakatlanish, zarur axborotlarni zudlik bilan qo’lga kiritish, ularni qayta ishlash
va amaliyotga samarali tatbiq qilishni taqozo etadi. Bu tarzda harakatlanish imkoniyatiga o’z
sohasining bilimdoni bo’lgan, kasbiy malakalarni yuqori darajada egallay olgan, boy tajriba va
mahoratga ega kadrlargina ega bo’ladilar. Shunday ekan, oliy ta’lim muassasalar(OTM)ida
kadrlarni tayyorlash jarayonida davrning mazkur talabini inobatga olish maqsadga muvofiqdir.
Malakali kadrlarni tayyorlashda esa ushbu jarayonning asosiy ishtirokchilari bo’lgan – OTM 
Олма, 
нок, 
анор 
лимон 
узум 
фой- 
дали 
табиий 
вита- 
мин 
Сабзи 
Картошка 
Шолгом 
Пиёз 
Помидор 
бодринг 


78 
pedagoglarining kasbiy kompetentlik hamda kreativ qobiliyatga egaliklari alohida dolzarblik
kasb etadi. OTM pedagoglarining kasbiy kompetentligi, kreativ qobiliyatga egaligi mehnat
bozorida yuzaga kelgan kuchli raqobatga bardoshli kadrlarni tayyorlashda inson omilining ustuvor
o’rin tutishini tasdiqlaydi. Shunday ekan, OTMning pedagoglari kasbiy faoliyatni tashkil etishda 
kompetentlik sifatlari va kreativlik qobiliyatini izchil o’zlashtirib borishga alohida e’tibor
qaratishlari zarur. Pedagoglarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida
“Pedagogik kom petentlik va kreativlik asoslari” moduli o’qitilishining yo’lga qo’yilishi esa
OTM pedagoglarining kasbiy kompetentlik, shuningdek, kreativlik mohiyati, pedagogik
kompetentlik hamda kreativlik sifatlari har bir pedagogning o’zida pedagogik kompetentlik
sifatlarini samarali rivojlantirib borish tamoyillari, yo’llari, metodlari, bosqichlari va natijani
tahlil qilish malakalarini puxta o’zlashtirishga xizmat qiladi. Innovatsion ta’limning asosiy maqsadi 
ta’lim oluvchilarda kelajakkka mas’uliyat hissini va o’z-o’ziga ishonchni shakllantirishdir.
Yangilikni joriy qilish esa birmuncha mushkul vazifa hisoblanadi. Bu borada bizga innovator 
o’qituvchilar, ya`ni yangilik kiritishga mas`ul o’qituvchilarimiz katta yordam beradi. Demak, 
innovator o’qituvchi deganda fanning turli sohalariga yangilik olib kiruvchi insonlarni tushunamiz. 
Bunday o’qituvchilirimiz ilm-fanning rivojlanishiga o’zlarining beqiyos hissalarini qo’shadilar. Ular 
joriy qilayotgan yangilik fanning shu sohasini rivojlanishida juda katta foyda beradi. Innovator 
o’qituvchi zimmasiga hm bir necha mas`uliyatlar yuklanadi, ya`ni joriy hilinayotgan yangilik 
nechog’lik samara beradi yoki bu yangilikni olib kirib qanday yutuqqa erishish mumkin. Shu kabi 
savollarga yangilikdan olingan natija ijobiy javob berishi mumkin. Shundagina o’qituvchi o’zi 
ko’zlagan maqsadga erishadi. Bu esa innovator o’qituvchining ish faoliyatini rivojlanishigi kata 
yordam beradi.Innovatsionlik pedagogik jarayonni ifodalab, nafaqat uning didaktik qurilmasiga, 
balki o’qituvchining ijtimoiy, mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham taalluqlidir. O’qituvchi 
faoliyatidagi kreativlikning bir necha bosqichlarini belgilash mumkin: 
Birinchi bosqichda tayyor metodik tavsiyanomalar tuzukkina ko’chiriladi; ikkinchi bosqichda 
mavjud tizimga ayrim moslamalar (modifikatsiyalar), metodik usullar kiritiladi; uchinchi bosqichda 
g’oyani amalga oshirish mazmuni, metodlari, shakli to’la ishlab chiqiladi; to’rtinchi bosqichda 
o’qitish va tarbiyalashning o’z betakror konsepsiyasi va metodikasi yaratiladi. 
O’qituvchining innovatsiya faoliyati tuzilmasidagi eng muhim komponent bu refleksiyadir. 
Refleksiya o’qituvchining o’z ongi va faoliyatini belgilash va tahlil qila olish, o’z fikri va 
harakatlariga tashqaridan nazar solish deb qaraladi.(V.A. Slastenin). 
Oliy ta’lim muassasalari o’quv jarayoniga innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida ta’lim 
sifatini yanada takomillashtirish mumkin, agarda: 
- innovatsion ta’lim texnologiyalari sharoitida Oliy ta’lim o’qituvchisining metodik
tayyorgarligini shakllantirish, muayyan pedagogik shart - sharoitlarga asoslangan holda amalga 
oshirilsa; 
- innovatsion ta’lim texnologiyalariga asosan mazmunan yangilangan o’quv dasturi, didaktik
va tarqatma materiallar, metodik tavsiyalar bilan ta’minlansa; 
- Oliy ta’lim muassasalari o’qituvchisini metodik tayyorgarligining tarkibiy qismlari e’tiborga
olingan holda ularni shakllantirishga oid bilim, ko’nikma va malakalarning egallanishi, ta’lim-
tarbiya jarayonining ajralmas qismiga aylantirilsa; 
- Oliy ta’lim muassasalari o’quv jarayoni aniq shakl, usul va vositalar yordamida amalga 
oshirilsa, bilim, malaka va ko’nikmalarning shakllanganlik darajasini belgilovchi mezonlar ishlab 
chiqilsa, talabalarning metodik tayyorgarligini shakllantirish darajasi ortadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling