Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/67
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#197979
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   67
Bog'liq
oquvchilarda tarixiy bilimlarni shakllantirish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari

“Munozara” metodi. 

  

Bu  metod  yordamida  o’quvchilarga  muayyan  muammo  bo’yicha  to’liq 



axborotlar  yetkaziladi,  munozara  uchun tanlangan  mavzuni o’quvchilar ayovsiz 

“shturm”  qiladilar  va  pirovard  natijada  muammoga  tegishli  ma’lumotlarni 

atroflicha o’rganadilar. 

Munozarani o’tkazish metodikasi. 

1.  Munozara  olib  boruvchi  -  boshlovchi  (o’qituvchi,  jurnalist,  boshliq  va 

hokazo) mavzuni oldindan tanlaydi va ishtirokchilarni taklif etadi. 

2. Boshlovchi ishtirokchilarga “aqliy hujum” topshirig’ini beradi va uning 

qoidalarini tushuntiradi: 

-  “hujum”dan  maqsad  -  muammo  yechimiga  oid  variantlarni  mumkin 

qadar ko’proq taklif etish; 

-  o’z  aql-idrokingizni  markazlashtirishga  harakat  qiling  va  diqqatni 

muammo  yechimiga  qaratgan  holda  fikrlar  bildiring.  Bildirilgan  g’oyalar 

umumiy fikrga zid bo’lsada, hech biri rad etilmaydi; 

- boshqa ishtirokchilar g’oyalarini ham rivojlantiring; 

-  taklif  etilganlarni  baholashga  urinmang,  bu  ish  bilan  siz  keyinroq 

shug’ullanasiz. 

3.  Boshlovchi  kotibini  tayinlaydi  va  u  yuzaga  kelgan  barcha  g’oyalarni 

yozib  boradi.  Muhokama  vaqtida  so’zga  chiquvchilar  tartibi  o’rnatiladi, 

munozaraga  barcha  ishtirokchilar  jalb  etiladi  va  ularga  o’z  fikrlarini  ifodalash 

uchun  imkoniyatlar  berildi.  Agar  biror  bir  kishi  tomonidan  “aqliy  hujum”ni 

o’tkazish  qoidalari  buzilsa,  boshlovchi  zudlik  bilan  muhokamaga  aralashadi. 

Birinchi bosqich yangi g’oyalar paydo bo’lguncha davom etaveradi. 

4.  Boshlovchi  ishtirokchilarning  tanqidiy  tafakkuri  “charxlanishi”  uchun 

qisqacha  tanaffus  e’lon  qiladi.  Keyin  ikkinchi  bosqich  boshlanadi.  “Aqliy 

hujum”  ishtirokchilari  guruhlanadi  va  birinchi  bosqichda  bildirgan  g’oyalarini 

mustahkamlaydilar. g’oyalar guruh bo’yicha birlashtirilib, mualliflar ularni tahlil 



 

 

42 



42 

qilishga  kirishdilar  va  natijada  o’rtaga  qo’yilgan  muammoning  yechimiga 

tegishli bo’lgan fikrlargina ajratib olinadi. 

5. Boshlovchi munozaraga yakun yasaydi. 

 


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling