Ўзбекистон республикаси халқ
Download 0,82 Mb.
|
PedAmaliyot metodichka2 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18. Darslarni kuzatish sxemasi
I. Dars mavzusi va turi _____________________________________
II. Dars maqsadi: a) ta’limiy ________________________________________________ b) tarbiyaviy ________________________________________________ v) rivojlantiruvchi ________________________________________________ III. Dars jihozlanishi. Darsning borishi. 1. Darsni tashkil qilish (1-2 daq). 2. O‘rganilgan bilimlarni xotiralash va uy vazifani tekshirish (7-13 daq). 3. Yangi mavzu bayoni (8-12 daq). 4. Yangi bilimlarni mustahkamlash (15-20 daq). 5. Uyga vazifa berish (2-3 daq). Dars reja ishlanmasini tuzuvchi amaliyotchi: Reja-konspekti kelishildi: Fan o‘qitiuvchisi: Uslubchi: Eslatma: Yuqorida aralash dars turining namunaviy tuzilishi berilgan. Amaliyotchi darsning to‘liq rejasi va konspektiga ega bo‘lishi kerak. 18. Darslarni kuzatish sxemasi1. Umumiy ma’lumotlar: sinf, dars mavzusi, darsning vaqti (nechanchi soat, qaysi smena).2. Darsning boshlanishi: sinfning holati, sinfda shu dars jihozlarini joylashtirilishi, o‘quvchilar va o‘qituvchilarning sinfga o‘z vaqtida kirishi, salomlashishi, sinfda tartib-intizom o‘rnatilishi, davomatni tekshirish, o‘quvchilarni dars boshlanishiga jalb qilinishi, tashkiliy ishlarga ketgan vaqt.3. Darsning asosiy qismi: dars asosiy qismining elementlari (qanday boshlanib, nima bilan tugallanganligi): uy vazifasi bajarilishini tekshirish, o‘tgan mavzu materiallari bo‘yicha so‘rash (o‘qituvchi savollarining tavsifi va berish izchiligi, uning o‘quvchilar javobi hamda ko‘nikmalari sifatini aniqlay olish mahorati, o‘quvchilar javobining to‘g‘riligi, aniqligi, to‘liqligi, so‘rash paytida o‘quvchilar intizomining ahvoli, so‘rashda ko‘rgazmali qurollardan va o‘qitishning boshqa vositalardan foydalanish saviyasi, so‘rashda ketgan vaqt; agar darsning asosiy qismi yangi materialni o‘rganish bilan boshlangan bo‘lsa, unda avvalgi dars bo‘yicha o‘quvchilar bilimini tekshirish qanday ta’minlanganligi; o‘quvchilar yangi bilimlarni qabul qilib olishga qanday tayyorlanganligi, dars mavzusini o‘rganishga o‘tish, yangi mavzusining mazmuni)shakllantirilgan va rivojlantirilgan matematik tushunchalar) va uning ilmiyligi, tushunarligi ekanligi, to‘liqligi, ilgari o‘zlashtirilgan bilimlar va boshqa fanlar bilan bog‘lanishi, yangi mavzuni o‘rganishda qo‘llanilgan o‘qitishi metodlari, ularning o‘rganilayotgan o‘quv materiali mazmuniga hamda shu sinfda o‘qiyotgan o‘quvchilarning yosh hususiyatiga muvofiqligi, darsda ko‘rgazmali qurollar, laboratoriya jihozlari, tarqatma materiallar, texnika vositalari kabilardan foydalanishi, dars davomida muammoli vaziyat tug‘dirilishi, tarbiyalovchi ta’lim prinsipini amalga oshirishda o‘rganilayotgan o‘quv materiallari mazmunidan foydalanishi; yangi mavzuni o‘tish paytida o‘quvchilarning bilish faoliyati va faolligi ; dars mavzusini o‘rganishga ketgan vaqt ; o‘tilgan o‘quv materialini mustahkamlanishi (savol-javoblar, qiyin masalalarni o‘qituvchi tomonidan takror tushuntirilishi ;bilimni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilarning amaliy mustaqil ishlarini tashkil qilinishi ), mustahkamlash paytida o‘quvchilarning faollik darajasi mustahkamlash natijalari, mustahkamlashga sarflangan vaqt; uy vazifasining berilishi (vazifaning mazmuni, berilish tartibi, uni bajarish bo‘yicha berilgan yo‘l- yo‘riqlarning tavsifi, uy vazifasini o‘quvchilar tomonidan tushunib olinishi va kundalik daftarlariga yozib olinishi ), uy vazifasini berishga ketgan vaqt.4. Darsning oxiri: darsning yakunlanishi, o‘z vaqtida darsning tamom bo‘lishi, dars oxiriga etmaganligi tufayli o‘quvchilar tanafusga chiqmasdan to‘xtatib qolingan paytida o‘quvchilarning xulq atvori.Download 0,82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling