Ўзбекистон республикаси халқ
Darslarni kuzatish va tahlil qilish
Download 0,82 Mb.
|
PedAmaliyot metodichka2 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20. Informatika darslarini tahlil qilish sxemasi
19. Darslarni kuzatish va tahlil qilish
Aralash darsni kuzatish va tahlil qilishning pedagogik namunasi 1. Darsning mavzusi; 2. Darsning maqsadi (ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi) uning umumiy dars tizimida tutgan o‘rni; 3. Dars tuzilishi; 4. Darsning didaktik xususiyatlari; 5. Dars bosqichlari; 6. Darsni tashkil qilish: amaliyotchining (o‘qituvchining) va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligi; ish rejasi, dars jihozlarining mavjudligi yoki yo‘qligi; dars xonasining holati; o‘quvchilarning darsga psixologik jihatdan moslashishi; sinfdagilarning tartibi; o‘quvchilar diqqati; o‘quvchilarning ishlashga tayyorligi; dars maqsad va vazifalarining aytilishi; o‘quvchilarni darsga qiziqtirish uchun foydalaniladigan usullar; 7. O‘tilganlarni takrorlash va o‘quvchilarning malakaviy ko‘nikmalarini tekshirish: takrorlash maqsadi, o‘rni, hajmi, metodi va turlari; o‘quvchilarning bilish darajasini rivojlantirish usullari; savollarning berilishi; javoblarni to‘liqtirish va xulosalash; o‘yin shaklida beriladigan misollarni qo‘llash va h.; 8. Yangi mavzu bayoni: - yangi mavzuni o‘rganishning maqsad va vazifalarini o‘quvchilarga etkazish; yangi mavzu mazmuni uning davlat ta’limi me’yorlari, o‘quv dasturiga mos kelishi; foydalanilgan o‘qitish metodlari va uning didaktik asoslari, o‘quvchilarda mavjud bilimlarga tayanish, muammoli, asoslangan savollarning o‘rtaga tashlanishi, ko‘rgazmali va texnik vositalardan foydalanish; yangi mavzuni tushuntirish paytida o‘qitish tamoyillarining hisobga olinishi; darsda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishi: o‘quvchilarning mustaqil ishlashlarini tashkil etishi; darslik, qo‘llanmalardan, gazeta va jurnallardan va hokazolardan foydalanish, jadval, sxema va diogrammalar tuzish; 9. Uy vazifasining bajarilishishi nazorat qilish shakllari: - uy vazifasi qay vaqtda tekshirildi, tekshirishning maqsadga muvofiqligi; o‘quvchilar javobi to‘liq, aniq chuqur va mushohadali javob berishi; eng asosiysi, ajratib olish va echimini topish malakasi, nutq madaniyati va hokazolar; bilimni baholashning odilona bo‘lishi; o‘tilganlarni takrorlash shakllari.; YAngi mavzuni o‘tilganlar, o‘quvchilarning hayotiy tajribasi bilan bog‘liq ravishda, mahalliy manba va misollardan foydalanishi, mohirligi, material hajmi, uning dasturi va darsliklarga muvofiqligi; materialning ilmiyligi, uning g‘oyaviy yo‘nalishi, loyiq rag‘batni amalga oshirishi, dasturiy o‘qitish elementlari, muammoli vaziyatlar yaratish, bilimning mustahkamligi, bolalarning yosh xususiyatlariga mos kelishi, amaliy malakalar, ko‘nikmalar bilan jihozlanishi; o‘quvchilarda dunyoga ilmiy dunyoqarashni, umuminsoniy va milliy fazilatlarni rivojlantirish; 10. Yangi bilimni mustahkamlash shakllari: - uy vazifasi qachon berildi, uning hajmi, yangi berilgan topshiriqlar; 11. O‘quvchilarning darsga qatnashishi (faolligi, ijodiy yondashuvchi va h.); 12. Amaliyotchining darsdagi ahloqiy madaniyati; sinf jamoasi bilan ishlashish mohirligi; hamkorlik pedagogikasini qo‘llashi; nutq madaniyati, yuz ifodasi, o‘zini erkin his qilish va h.; 13. Amaliyotchining (o‘qituvchining) darsdagi yutuqlari o‘quvchilar tomonidan olingan yangi bilim, malaka va ko‘nikmalar sifatida; dars turini, tuzilishini, metodlarini tanlashning maqsadga muvofiqligi; 14. Darsning qiziqarli o‘tishi, dars borishining o‘ziga xos xususiyatlari; dars jarayonini demokratiyalashtirish; darsni baholash, asosiy yutuq va kamchiliklar. 20. Informatika darslarini tahlil qilish sxemasi1. O‘qituvchining dars o‘tishga tayyorgarligi: dars uchun sinf xonasi va barcha jihozlarning tayyorlab qo‘yilganligi; o‘qituvchi va o‘quvchilarning dars boshlashga tayyorgarlik holati.2. Dars strukturasi: darsning struktura qismalri va ularni amalga oshirilish izchilligi; dars strukturasini uning ta’lim-tarbiya vazifalari va mazmuniga muvofiqligi; darsning har bir qismi uchun vaqtdan unumli foydalanish.3. Darsning mazmuni: o‘rganilgan o‘quv materiallarini mazmunini datsur talabi va darslikka muvofiqligi (shakllantirilga va rivojlantirilgan matematik tushunchalar); o‘quv materiallarining ilmiyligi va amaliyot bilan bog‘lanishi, ularni nilgari o‘zlashtirilgan bilimlar va boshqa o‘quv predmetlari bilan bog‘lanishi.4. O‘qitish metodlari va usullari: darsga qanday metod va metodik usullar qo‘llanildi? Ularning o‘quv materiallari mazmuninga, o‘quvchilarning yosh hususiyatlari va o‘qitishning boshqa sharoitlariga (ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar kabilarga) muvofiqligi.5. O‘qituvchining faoliyati: darsga o‘qituvchining rahbarlik rolini ta’minlanishi, mo‘ljallangan vazifalarni amalga oshirishda o‘qituvchillarning astoydilligi, talabchanligi, shaxsiy namunasi, dars davomida o‘qituvchining reja-konspektga bog‘lanishi, mutsaqilligi, o‘ziga ishonishi, o‘ylab ish tutishi, xozirjavobligi; o‘qituvchining nutqi (to‘g‘ri, aniq va ifodali gapirishi), ovozining kuchlanish darajasi, mimikasi, sinfda o‘zini tutishi, harakati, darsda ijobiy tajribalardan foydalanishi, o‘qituvchining o‘zini va sinfni boshqara olishi, sinfda intizomni saqlash maqsadida ko‘rgan tadbirlarning samaradorligi o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan bog‘lanishi pedagogik muomalasi.6. O‘quvchilarning faoliyati: dars davomida o‘quvchilarning ishga moyillik kayfiyati, diqqati va qabul qilishi; darsda, tashkil qilingan ishlarda o‘quvchilarning ishtiroki va faollik ko‘rsatish darajasi; darsga o‘quvchilarning qiziqishi va ularning idrok etish faolligi; sinfda intizomning holati, intizom buzilishining sabablari va boshqalar.7. Ta’limning tarbiyaviylik prinsipini amalga oshirish: darsda o‘quv materiallarining mazmuniga qarab qanday tarbiyaviy vazifalar amalga oshirildi va qaysi yo‘llar bilan.8. Dars to‘g‘risida xulosa va takliflar:dars rejasi va vazifalarning bajarilish saviyasi, darsning qanday izchillikda borganligi va mantiqiy tugallanganligi, o‘qituvchiga beriladigan tavsiyalar.Download 0,82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling