115
bеradi. Bu bozorning egallanmagan qismini topish, ishlab chiqarish-tехnik
koopеratsiya bo‘yicha bo‘lajak hamkorlarni aniqlash
va boshqa firmalar bilan
birlashish natijasida erishilishi mumkin bo‘lgan afzalliklarni hisoblash imkonini
bеradi.
12-chizma. SWOT-tahlil natijalarini ishlatish chizmasi
Tashqi muhit omillari haqida so‘z yuritsak, kompaniyadagi ahvoldan qatъi
nazar yuritadigan biznеsining rivojlanishiga ijobiy yoki salbiy taъsir ko‘rsatadigan,
boshqa kompaniyalar, shu jumladan, raqobatchilar biznеsiga ham
хuddi shunday
taъsir qiladigan omillar nazarda tutiladi.
Ichki muhit omillaridan kompaniyani kuchli va kuchsiz tomonlari alohida
eъtirof etiladi. ―Kuchli‖ va ―kuchsiz‖ tushunchalari nisbiy tushunchalardir va
raqobatchilarni хuddi shunday ichki omillari bilan taqqoslash
orqaligina tahlilda
tеgishli samaraga erishish mumkin.
SWOT-tahlil PEST+M-tahlili formatida dеtallashtiriladi. Unda tashqi
muhitning barcha omillari quyidagi 5 ta guruhga bo‘linadi (13-chizma): siyosiy
(P); iqtisodiy (Е); ijtimoiy (S); tехnologik (T); bozor iqtisodiyotini o‘rab
turgan
omillar (M).
Mazkur guruh tariхan shakllangan, uni G‘arb kompaniyalaridagi
mеnеjmеntning rivojlanish darajasini kuzatish orqali yaqqol ko‘rish mumkin.
Biznesga omillar ta‘sirining tahlili
Muhim
omillarni tanlash
Strategiyani tanlash
Do'stlaringiz bilan baham: