Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706 2
9-chizma. Tarmoqli tipdagi boshqaruvni tashkiliy tuzilishi Kor hona Х 1 Х 2 Х 3 BB 1 BB 2 BB 4 BB 3 110 ―Olti sigma‖ - boshqaruv texnologiyasi bo‗lib, sifatni yorrasiga boshqarish falsafasidan biri hisoblanadi. U korxonani uzoq muddatli maqsadlarga erishishi bo‗yicha kurashda (jami biznesning samaradorligini umumiy oshirish) agressiv qisqa muddatli maqsadlar (yaroqsiz mahsulot va mijozlarning qoniqmaslik darajasini kamaytirish)ni o‗z oldiga qo‗yishga asoslangan. ―Olti sigma‖ texnologiyasini joriy etayotgan komraniyalar, birinchi navbatda, mijozlarning qoniqish darajasi ko‗rsatkichini o‗lchashga, firmaning barcha bosqichlarida ish sifatini uzluksiz oshirib borishga mo‗ljal olishadi. Yagona maqsad – mukammal ishlab chiqarish, servis va ma‘muriy jarayonlarni joriy etishdir. Bu jarayonlarni joriy etish oqibatida firmaga 1 million dona mahsulotdan yoki boshqaruv sohasidagi hodisadan 3-4 ta defekt yoki shikoyat (da‘vo) kelib tushadi, xolos. ―O‗z vaqtida‖ yoki ―kanbanlar‖ boshqaruv texnologiyasi biznes logistikasi va uni etkazib berish zanjirini ortimallashtirish imkoniyatini beradi. Bu rartiyalar bo‗yicha rotokli ishlab chiqarishdan ishchilarni yorrasiga sifatni nazorat qilishga jalb qilgan holda uzluksiz ritmga ega bo‗lgan ommaviy ishlab chiqarishga o‗tish bilan bog‗liqdir. ―O‗z vaqtida‖ boshqaruv texnologiyasi falsafasining asosiy qoidalari quyidagilardir: − material-ishlab chiqarish zaxiralarining har qanday qoldig‗i salbiy holatdir, chunki mazkur qoldiq ―jonsiz mol‖ (deyarli foydasiz) hisoblanadi va ularni omborda saqlash, o‗z navbatida, qo‗shimcha xarajatlar talab qiladi; − ishlab chiqarish qurilmalari buzilishi va to‗xtab qolishi deyarli bo‗lmasligi kerak; − yaroqsiz mahsulot aniqlanganda yoki butlovchi qismlar etishmaganda ishlab chiqarish to‗xtatilishi kerak. − ―Kanbanlar‖ ishlab chiqarish buyurtmalarining yaroncha kartasi hisob- lanadi. Ularning bir necha turlari mavjud: R-kanban (R-Kanban) - tovar rartiyalari sonini oshirish kerakligi haqida, S-kanban (S-Kanban) - bo‗lajak ish joyiga ko‗rroq 111 rartiya tovarlarni olib borish kerakligi haqida xabar beradi. Mazkur ishlab chiqarish buyurtmalari kartalariga nisbatan quyidagi qoidalar joriy qilinadi: − R - kanbanda ko‗rsatilganidan ko‗rroq hech narsa qilinmaydi; − bitta konteynerga aniq bitta R-kanban va bitta S-kanban to‗g‗ri kelishi kerak; − har bir konteyner standart o‗lchamda bo‗lishi kerak. − Mazkur texnologiyani joriy etish ishlab chiqarishning har bir bosqichida zaxiralar qoldig‗ini nazorat qilish, qurilma buzilishi natijasida ishlab chiqarishda to‗xtashlar bo‗lishi va agar biron-bir ish joyida to‗xtash yuz bergan bo‗lsa, butun ishlab chiqarish jarayonini to‗xtab qolishining oldini olishni talab etadi. ―Cheklanishlar nazariyasi‖ (TOS) zamonaviy korxonalarning asosiy muam- molaridan biri bo‗lgan ishlab chiqarish quvvatini bir maromda band bo‗lmasligi va oqibatda ulardan samarali foydalanmaslik muammosini hal qiladi. Ba‘zi bir ishlab chiqarish quvvatlari haddan tashqari band bo‗ladi, boshqalari esa etarli darajada band bo‗lmaydi va bu holat oqibatda ortiqcha xarajatlar sarflanishiga yoki ko‗zlangan foydaga erishilmasligiga olib keladi. Mazkur texnologiyani joriy etishdan asosiy maqsad xuddi shunday salbiy holatni aniqlash va bartaraf etish hamda yakunda ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanilishiga erishishdan iborat. Albatta, buning uchun mazkur jarayonni nazorat qilishga imkon beruvchi ko‗rsatkichlar va ularning maqsadli ahamiyatini aniqlab olish kerak. ―Ko‗rsatkichlarning balanslashgan tizimi‖ (BSC yoki balanced scorecards) 1996 yilda rrofessor R. Kaplan va D. Nortonlar tomonidan ishlab chiqilgan. U boshqaruv hisobini odatiy va an‘anaviy tasavvurlar doirasidan chiqishiga olib keldi. Uning asosiy vazifasi korxonaning ko‗r miqdordagi maqsadlarini izohlash va bir-biriga bog‗lashdan iborat. BSC kontsertsiyasi firmaning missiyasi, strategiyasi va ularning ko‗rsatkichlarini maqsadlar tizimiga o‗tkazadi. Ularning ko‗rsatkichlari quyidagi 4 ta proektsiyada tashkil qilinadi va ko‗rib chiqiladi: − moliya; − iste‘molchilar; − ichki biznes-jarayonlar; 112 − malaka oshirish va lavozimni o‗stirib borish (10-chizma). Alohida olingan kompaniya uchun BSC kontsеptsiyasining tехnologik tuzilishi quyidagi bir nеcha muhim elеmеntlarni o‘z ichiga oladi: − stratеgik maqsadlar bilan mantiqan bog‗langan stratеgik vazifalar kartasi; Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling