Ўзбекистон Республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


Download 0.58 Mb.
bet3/16
Sana05.01.2022
Hajmi0.58 Mb.
#215501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Sardor Q tayyor

Ferma bosh rejasi

Ferma bosh rejasi bu loyihada hamma asosiy va yordamchi xona va qurilmalarni joylashtirish va loyihalangan fermada samarali foydalanish uchun texnologik jarayonlarni, transportlar, omborlar, energetika, sanitariya-texnologik qurilmalari bilan birlashtirish, joy rel’yefi, shamol yo‘nalishi bilan bog‘lashni bir butunga yig‘ish.



    1. Ferma uchun joy tanlash va rejalashtirishga qo‘yilgan talablar

Yangi ferma uchun joy tanlashda maydon o‘lchamlari va konfiguratsiyani belgilovchi tugatilgan bosh reja loyihasi bo‘lishi kerak. Yo‘l, yaylov, suv manbai, aholi yashash joyi yaqinligi va boshqalar hisobga olinishi kerak. Yer osti suvlari eng katta ko‘tarilishi davrida pol yuzidan 1 m dan oshmasligi kerak. Yana hudud rel’efi va aholi yashash, kommunal qurilmalar joylarini hududga nisbatan shamol urish tomonida bo‘lishini hisobga olish kerak. Uning o‘lchamlari fermani keyinroq kengaytirish imkonini ta’minlashi kerak.

Xonalarni joylashtirishda shamolning ko‘pchilik yo‘nalishiga nisbatan yon (torets) tomoni yoki bir burchagi bilan joylashtiriladi. Qurilishlar oraliqlari, masofa havoning tabiiy harakatida ferma hududining shamollatilishini ta’minlashi kerak. Loyihalashda qurilishning ixcham va arzonligiga harakat qilish kerak, lekin shu bilan birga xonalar oralig‘idagi ruxsat etilgan sanitariya-veterinariya va yong‘inga qarshi oraliqlarni saqlash kerak. Veterinariya xonasi, yonilg‘i, mineral o‘g‘it omborlari va boshqa sanitariya va yong‘inga xavfli ob’yektlarni fermadan 300 m dan kam bo‘lmagan masofada shamolning yo‘nalishi tomonidan va hudud rel’yefidan pastroq tomonda joylashtiriladi.

Asosiy ishlab chiqarish qurilmalari odatda parallel bir yoki bir nechta qatorda joylashtiriladi. Shu bilan birga talab etiladigan zooveterinariya va yong‘inga qarshi oraliq masofalar hisobga olinadi. Hamma holatlar masofani katta miqdor bo‘yicha tanlaydi.

Ozuqa sexi, ozuqa omborlari va boshqa qurilishlar oralig‘idagi zooveterinariya masofalari yong‘inga qarshi oraliqlar bilan teng deb yuritiladi.

Xonalar va ferma qurilmalarini bog‘lovchi yo‘llar qattiq to‘shamaga ega bo‘lishi kerak. Ferma hududi perimetri bo‘yicha va qurilishdan bo‘sh maydonlarni ko‘kalamzorlashtirish kerak.




Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling