Ўзбекистон Республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги
Download 0.58 Mb.
|
Sardor Q tayyor
Hazmlanuvchi protein
Hayvonlar tanasida hazmlanib va saqlanib qolgan protein miqdoriga hazmlanuvchi protein deyiladi. Uning miqdori hayvon organizmiga kirgan umumiy proteindan axlat bilan chiqqan proteinni ajratish yo‘li bilan aniqlanadi, ya’ni ratsiondagi iste’mol qilingan proteindan axlat tarkibidagi protein ajratilgandan keyin qolgani hazmlanuvchi protein hisoblanadi. hazmlanuvchi protein (XP) ning ozuqa va ratsiondagi proteindan ahlatdagi protein ayirib tashlangandan so‘ng qolgan qismi gramm bilan o‘lchanadi; XP – ozuqadagi xom protein – axlat proteini. 1 kg ozuqada, shu jumladan, beda pichanida– 101 g, sudan o‘ti pichanida – 74 g, turli xashaklarda – 56 g, bedaning ko‘k o‘tida – 38 g, no‘xatda – 28 g, hashaki no‘xatda 33g, soyada – 35 g, makkajo‘xorida 11...15 g, oq jo‘xorida – 14 g, sudan o‘tida – 18 g, beda pichan unida – 89 g, beda o‘ti unida – 119 g, beda senajida – 71 g va makkajo‘xori silosida – 14 g hazmlanuvchi protein bor. Oqsil Har qanday tirik organizm – o‘simlik hayvonot va bakteriyalar tarkibiy qismining asosi oqsildan iborat. Oqsil – ginokisloatlardan tashkil topgan yuqori molekulali azotli birikmadir. Turli ozuqalarda 0 dan 90 foizgacha oqsil mavjud bo‘lib, bu hazmlanuvchi proteindan 20% kamdir. Kaloriya Kaloriya (lotincha, issiqlik so‘zidan) – issiqlik miqdorini o‘lchash birligi. Kichik kaloriya – 1 g toza suvni 10S isitishga ketgan issiqlik miqdoridir. Katta kaloriya (kkal) 1000 kichik kaloriyaga teng. Joul (dj) Xalqaro termoximiya komissiyasi qarori binoan hozirgi davrda issiqlikni o‘lchash birligi sifatida jouldan foydalanish tavsiya etilgan. 1 joul 0,2388 kkalga teng. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling